Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


-jadval  Avtotransport tashkilotlarida avtomobil tashuvlar tannarxida



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix13.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#175244
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
4-jadval 
Avtotransport tashkilotlarida avtomobil tashuvlar tannarxida 
xarajarlar tarkibi, foizda.
№ 
Kalkulyatsiya moddalari 
Solishtirma 
miqdori, % 

Avtomobil yonilg’isi 
41,6 

Xaydovchilarning asosiy va qo’shimcha ish xaqi 
16 

Avtomobollarga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash 
13,7 

Avtomobil shinalari 
11,4 

Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar 
6,4 

Ishlab chiqarish bo’yicha ustama xarajatlari (umumishlab 
chiqarish xarajatlari) 
5,6 

Harakatlanuvchi tarkib bo’yicha amortizatsiya ajratmalari 
4,4 

Moylash va boshqa ishlatish materiallari 
Jami 
100,0 


40 
Avtomobil yoqilg’ilarining hisobini tashkil etish avtotransport korxonalari 
ishlab chiqarish zaxiralari tarkibida yoqilg’i-moylash materiallari alohida o’rin 
tutadi. Shuningdek, ATVlar yordamida bajarilgan ish (ko’rsatilgan xizmat)lar 
tannarxida yoqilg’i va moylash materiallari xarajatlarining hissasi 45-55 foizni 
tashkil qiladi. 
Shu bois ham, avtotransport korxonalarida yoqilg’i-moylash materiallarini 
tejab-tergab sarflash, ularning noratsional chiqimlariga yo’l qo’ymaslik 
avtotransport xizmatlari tannarxini kamaytirishning muhim omillaridan biri 
hisoblanadi. 
Avtotransport korxonalarida hisob tizimi avtomobil yoqilg’ilari va yog’lash 
materiallarini turgan joylari hamda turlari bo’yicha aks ettirish talablariga javob 
berishi lozim. Buning uchun buxgalteriya hisobi ishchi schyotlar rejasida 
quyidagi maxsus schyotlarni ochish maqsadga muvofiq: 
1030 «Ombordagi yoqilg’i» 
1030 «Haydovchilar javobgarligidagi yoqilg’i». 
Avtomobil uchun ehtiyot qismlarining hisobini yuritish. Avtomobillar 
uchun juda ko’p ehtiyot qismlar ishlatiladi. Ularni turli belgilari, masalan, 
nomlari, markalari, modeli, turgan joyi, kelib tushish manbalari, ishchi holati, 
yaroqlilik darajasi, xizmat muddatlarida hamda boshqa jihatlari bo’yicha 
tasniflash mumkin. Ehtiyot qismlarining ushbu belgilari bo’yicha tavsifi, odatda, 
avtotransport korxonalarida qo’llaniladigan «Ehtiyot qismlar klassifikatori»da 
keltiriladi. 
Turgan joyiga ko’ra ehtiyot qismlar ombordagi va foydalanishdagi ehtiyot 
qismlarga bo’linadi. 
Ombordagi ehtiyot qismlari, o’z navbatida, yaroqlilik darajasiga ko’ra 
quyidagi guruhlarga ajratiladi: 

yangi ehtiyot qismlar; 

oldin foydalanishda bo’lgan, lekin yaroqli holdagi ehtiyot qismlar; 

foydalanishga yaroqsiz ehtiyot qismlar.
Savdo korxonalarining buxgalteriya hisobi vazifalariga quyidagilar kiradi: 


41 
-tovar aylanmasining miqdorini hujjatli asosga ega bo’lishligini ta’minlash, 
uni hisob registrlari va hisobotlarda to’g’ri aks ettirish; 
-tuzilgan shartnomalarni bajarilayotganligini, tovarlarni kirim chiqimiga 
tegishli bo’lgan boshlang’ich hujjatlarni to’g’ri va o’z vaqtida 
rasmiylashtirilganligini ta’minlash; 
-tovarlarning sotish, baholarini to’g’ri shakllanganligini nazorat qilish; 
-tovarlarni xaridorlarga yetkazishgacha bajarilgan transpartirovka, saqlash, 
o’rash, qadooqlash, saralash va shu kabi qo’shimcha jarayonlar majmuasini 
hujjatlarda o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirish, ularga sarflangan mablag’larni aniq 
summasini ifodalash; 
-tovar-pul munosabatlari orqali pul mablag’larini to’plash. 
-savdo korxonalarida yuz beradigan tovar-pul operatsiyalarini o’z vaqtida, 
to’g’ri rasmiylashtirish, guruhlash va jamlanishini ta’minlash; 
-amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining qonuniyligi va tovar moddiy 
boyliklar butligini ta’minlash; 
-tovar-moddiy 
boyliklarning 
saqlanish 
joylarida 
ombor 
hisobini 
belgilangan usul va shakllarda, shuningdek, hisob registrlari hisoblangan kitob, 
kartochka yoki qaydnomalarni o’z vaqtida va to’g’ri yuritilishini ta’minash; 
-barcha moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan qat’i nazoratni olib 
borish, moddiy javobgar shaxslar bilan tuzilgan moddiy javobgarlik to’g’risidagi 
shartnomalar shartlariga to’liq amal qilinayotganligi to’g’risida rahbariyatga 
haqqoniy axborotlarni berib borish; 
-tovar –moddiy boyliklar bo’yicha baho siyosatini to’gri shakllantirish va 
ushbu siyosatni to’g’ri amalga oshirilishi ustidan doimiy nazoratni olib borish; 
-savdo shaxobchalari va omborlardagi tovar-moddiy boyliklarni real 
holatini belgilangan muddatlarda inventarizatsiyasini o’tkazib turish; 
Savdo korxonalari bir-birlaridan tovar operatsiyalarini tegishli hujjatlar 
bilan rasmiylashtirish bo

yicha ham farq qiladi. Jumladan, ulgurji savdo 
korxonalaridagi tovar operatsiyalarining xarakterli xususiyatlaridan biri 
shundaki, bironta tovar-moddiy boylikning kirim va chiqimi bu tegishli 


42 
hujjatlarni rasmiylashtirmasdan turib amalga oshirilmaydi. Chakana savdo va 
umumiy ovqatlanish konxonalarida, aksincha, har bir tovar operatsiyasini 
hujjatlashtirib bo‘lmaydi. Omborlardan tovarlar faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar 
asosida sotiladi, chakana savdo va umumiy ovqatlanishda esa tovarlar asosan 
naqd pulga, ayrim hollarda kichik ulgurji shaklda naqdsiz sotilishi mumkin. 
Ulgurji savdo konxonalarida tovar operatsiyalarining yuqorida tavsiflangan 
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tovar-moddiy boyliklar 
Hisobini uzluksiz tizimini qo‘llash zarurati va shart-sharoitlari mavjud. 
Ushbu tizimning mohiyati shundaki tovar-moddiy boyliklarning barcha kirim va 
chiqimining hisobi aniq boshlang’ich hujjatlar asosida yuritiladi. Jumladan, 
tovarlarning sotilishi xaridor bilan tuzilgan shartnomalarda ko’rsatilgan
baholarda ularni sotilganligiga guvohlik beruvchi schot-fakturalar asosida 
hisobga olib boriladi. Sotilgan tovarlarning tannarxi ularning kirim hujjatlarida 
ko‘rsatilgan baholari bo‘yicha aniq hujjatlar asosida topiladi va hisobga olinadi. 
Bu,o‘z navbatida, sotishdan olingan daromadlarni har bir tovar bo‘yicha hujjatli 
asosda topish imkonini beradi. 
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida har bir tovarning 
sotilishini qat’iy hujjatlashtirish imkoni mavjud bo‘lmasligi ularda TMBlar 
hisobining davriy tizimini qo‘llashni taqozo etadi. 
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri 
tovar-moddiy boyliklarning holati va harakati bo‘yicha sintetik va tahliliy 
hisobni yuritish hisoblanadi. 


43 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin