35
Savdo korxonalari davlatimizning soliq qonunchiligiga ko'ra, maqomi va
yuritayotgan faoliyat turlari bo‘yicha har xil soliqlar, majburiy ajratmalar,
to‘lovlar, ushlanmalar va yig'imlarni to’laydilar. Chunonchi, chakana savdo’
umumiy ovqatlanish. ulgurji savdo korxonalari (ulgurji
savdo korxonalari
uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-
kontoralari va ularning hududiy bazalaridan tashqari), joylashgan joyi va
aholisining soniga qarab, belgilangan stavkalarda soliqqa tortiladigan bazadan
yagona soliq to‘lovini to’laydilar.
Savdo korxonalarida majburiy ajratmalar
va ushlanmalarning hisobini
yuritish. Yagona soliq to’lovini to’lovchi savdo korxonalari davlatning maqsadli
fondlari (pensiya fondi, yo’l fondi,)ga majburiy ajratmalarni qilmaydilar. Yalpi
daromad solig’ini to’lovchi ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga
kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji bazakontoralari va ularning
hududiy bazalari esa ushbu majburiy ajratmalarni to’lovchilari bo’lib
hisoblanadi. 2009-yil 1-yanvardan boshlab ulgurji savdo korxonalari uyushmasi
tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va
ularning hududiy bazalari davlatning maqsadli fondlarining har biriga majburiy
ajratmalarni sof tovar aylanmasidan 1% miqdorida to’laydilar.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibini
quyidagicha ko’rsatish mumkin:
-umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini
hisobini tashkil
etish;
-umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini
hujjatlashtirish
va ular bo’yicha hisobot tuzish;
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hisobini tashkil
etish. Umumiy ovqatlanish korxonalari omborlarida tovar-moddiy boyliklarning
hisobi 2910 “Ombordagi tovarlar”da hisobga olinadi. Umumovqatlanish
korxonalarida xuddi chakana savdo korxonalari
singari har bir sotilgan
tovarlarning, ovqatning tannarxini sotish paytida aniqlab bo’lmaydi. Sotilgan
tovarlarning tannarxini aniqlash uchun oy oxirida sotilgan va qoldiq tovarlariga
36
to‘g‘ri keladigan savdo va umumiy ovqatlanish ustamalari hisob-kitobi tuziladi.
Ushbu hisob-kitob shakl va mazmuni jihatdan chakana savdo korxonalarida
tuziladigan hisob-kitob to‘liq o
’
xshaydi. Hisob-kitob asosida topilgan sotilgan
tovarlarga to’g’ri keluvchi savdo va umumiy ovqatlanish ustamasi summasi sof
tushumdan chegirilgach, qolgan summa sotish tannarxini beradi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish
va ular bo’yicha hisobot tuzish.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar
operatsiyalarini hujjatlashtirish va moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarini
tuzish ushbu korxonlarning ichki tuzilmalariga, ular bo‘yicha belgilangan
moddiy javobgarlikka va boshqa omillarga bog’liq.
Maxsus omborlar,
muzlatkich xonalari oshxonalari, savdo zallari va bufetlari bo‘lgan yirik umumiy
ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalarini hujjatlashtirish va moddiy
javobgar shaxslarning hisobotlarini tuzish ushbu bo‘linmalar bo‘yicha alohida-
alohida amalga oshiriladi. Kichik umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar
operatsiyalari korxona bo‘yicha umumiy holda amalga oshiriladi,
jumladan
barcha ichki almashuv operatsiyalari bitta moddiy javobgar shaxs tomonidan
turli hujjatlarsiz olib boriladi, masalan tovarlarni ombordan oshxonaga yoki
bufetga berilishi va shu kabi boshqa operatsiyalar.
Dostları ilə paylaş: