3-chizma.Moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning
umumiy konsepsiyasi.
5
,,Auditorlik faoliyati to’g’risida’’gi qonun 9-modda.
Audit o’tkazish
konsepsiyasi
Auditorlik qoidalari
Auditorlik faoliyati
standartlari
Ahloqiy
me’yorlar
Manfaatlar
to’qnashuvi
ehtimoli
Mustaqillik
Malakaviy
majburiyatlar
Rejalashtirish va
nazorat
Auditorlik
faoliyatining bir
xilligi
Yuqori malakaviy
tayyorgarlik
Mustaqillik
Yuqori malakali
tayyorgarlik
(professionallik)
Ishonchlilik
Ichki nazorat va uning
ishonchliligi
Ishchi nazorat
tizimi tuzilishi bilan
tanishish
Auditor malakasi
O’tgan hisobot davrida
ma’lumotlarning
kelgusida ishonchliligi
To’liq,muhim va
ishonchli ma’lumotlar
23
Bu chizmadan ko’rinib turibdiki, unda moliyaviy hisobotni auditorlik
tekshiruvidan o’tkazishning umumiy konsepsiyasi audit o’tkazish konsepsiyasi,
auditorlik qoidalari va auditorlik faoliyati standartlari kabilarga ajratilib
ko’rsatiladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda xizmat ko’rsatish korxonalarida
auditorlik tekshiruvining asosiy vazifasini quyidagi taribda belgilash mumkin:
xizmat ko’rsatish korxonasida amaldagi qonunchilik hujjatlariga
rioya etilishini tekshirish;
savdo muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks
ettirilganligini tekshirish;
xizmat ko’rsatish korxonasida amalga oshirilgan hisob-kitoblarning
aniqligini tahlil qilish;
moddiy-moliyaviy resurslardan oqilona foydalanilishini tekshiruvdan
o’tkazish;
ulgurji va chakana savdo korxonalarini moliyaviy hisobot shakllarida
aks ettirilganligini aks ettirish.
Bozor munosabatlarida xizmat ko’rsatish korxonalarida tashqi auditorlik
tekshiruvini tashkil etishning asosiy maqsadi amalga oshirilgan savdo va
xizmatlar muomalalarini mavjud me’yoriy hujjatlarga mosligini va ularda
moliyaviy hisobotning tuzilish tartibini to’g’riligini aniqlashdan iborat.
Moliyaviy hisobotni tashqi auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda quyidagi
konsepsiyaga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, mazkur Qonunga muvofiq, quyidagi xo’jalik sub’ektlari bir
yilda bir marotaba majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishlari shart.
aksiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kreditorlik tashkilotlari;
sug’urta tashkilotlari;
24
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning
ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy
fondlar;
ustav kapitalida davlatga tegishli ulushi bo’lgan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar.
Auditorlik tashkilotlari buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish va yuritish,
moliyaviy hisobotni tuzish, korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil etish,
buxgalteriya va soliq hisobotlariga oid maslahatlar berish, soliq va boshqa
majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitob va deklaratsiyalarni tuzish kabi
professional xizmatlarni ham ko’rsatadilar.
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda tashqi auditorlik tekshiruvini
o’tkazishda auditorlik standartlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Do’stmuratov R.D.ning ta’kidlashicha, «auditorlik faoliyati milliy
standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o’zlarining professional
faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo’lgan yagona asosiy
tamoyillardir» (2.48., 44b.).
Umuman olganda, auditorlik standartlari audit o’tkazish tartib-qoidalari va
ketma-ketligini ifodalaydi. Ularni ichki audit, tashqi audit, xalqaro audit, milliy
audit va auditorlik firmasining audit standartllariga bo’lish mumkin.
Auditorlik faoliyatining xalqaro va milliy standartlarini tadqiq etgan holda
xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda tashqi auditorlik tekshiruvini tashkil etishda
quyidagi talablarga asoslanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Respublikamizda qabul qilingan auditorlik faoliyatining milliy standartlari
xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, 20 tani tashkil
etadi. Ularda auditni rejalashtirish qoidalari, mijozning xo’jalik faoliyati bilan
tanishish tartibi, auditorlik xatarini belgilash, auditorlik tekshiruvi o’tkazishning
xususiyatlari, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasiga qo’yiladigan talablar
va boshqalar ifodalagan. Shunga qaramasdan, respublikamizda auditorlik
tekshiruvini rejalashtirish, tashkil etish va o’tkazish uslubini ishlab chiqish
borasida ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, Norbekov.D.E.ning
25
aytishicha, «auditorlik tashkilotlarining faoliyatini kengaytirish auditorlik
kompaniyalari orqali amalga oshiriladi. Bu kompaniyalarda tarmoq harakteridan
kelib chiqqan holda auditorlarni tayyorlash davr talabi bo’lib qolmoqda».
Biz ushbu muallifning fiklarini qo’llab-quvatlaymiz. Haqiqatdan ham ilmiy
tadqiqotlarning tasdiqlashicha, hozirgi kunda respublikamizda xizmat ko’rsatish
korxonalarining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni
auditorlik tekshiruvidan o’tkazish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu
borada savdo sohasida etarlicha bilim va amaliy tajribaga ega auditorlarni
tayyorlash zarur.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida respublikamiz xizmat
ko’rsatish korxonalarida kompleks auditni tashkil etish tartibini belgilash, uning
tarkibini aniqlash dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Xizmat ko’rsatish korxonalarida kompleks auditorlik tekshiruvini o’tkazish
ularda ularda qo’llaniladigan audit shakllariga bevosita bog’liq. Audit
shakllariga tasdiqlovchi, maqsadli va auditning tavakkalchilikka asoslangan
shakllarini kiritish mumkin.
Auditning tasdiqlovchi shaklida sodir bo’lgan savdo muomalalari va savdo
jarayonlari tekshiriladi. Auditning bunday shaklida ichki, tashqi, moliyaviy va
iqtisodiy samaradorlik auditi turlari keng foydalaniladi.
Auditning maqsadli yoki yo’naltirilgan shakli ma’lum maqsad va
vazifalarga qaratilgan bo’ladi. Xizmat ko’rsatish korxonalari o’z rivojlanish
yo’nalishlarini belgilamoqchi yoki investitsiyalarni ma’lum shaklda (xom-
ashyo, tovar, pul) jalb qilmoqchi bo’lsa auditning mazkur shaklidan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Xizmat ko’rsatish korxonalari shuningdek, savdo korxonalari o’z
faoliyatlarini tavakkalchilik asosida yuritadilar. Ammo, tavakkalchilik har doim
ham ijobiy samara beravermaydi. Shunday paytlarda tavakkalga asoslangan
audit shaklini qo’llash zaruriyati tug’iladi. Ushbu audit shakli tadbirkorlikni
rivojlantirish hamda ko’proq foyda olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish
imkonini beradi.
26
Tovarlar muomalarini tekshirishda auditorlar tanlama audit usulidan keng
foydalanishlari lozim. Tanlash hajmiga auditorlik dalillarining etarliligi, o’z
vaqtidaliligi va ishonchliligini ta’minlash muammosi bevosita bog’liq. Bunda
auditorlar qanday tadbirlarni tanlashni va ularni qachon bajarishni aniqlab
olgach, tanlovdagi birliklar miqdori, ularning hajmi, asosiy belgilari kabilarni
aniqlaydi.
Auditorlar tanlovning turli ussullaridan foydalanadilar. Ularning orasida
asosiylari sifat miqdoriy tanlov usullaridir. Tanlab kuzatishning mazkur usullari
asosida statistik tanlov tashkil etiladi.
Auditor yordamchisining tanlov natijasida olgan axborotlari auditor uchun
ham foydalidir. Bu axborotlar unga korxonaning moliyaviy holatini baholashda
yordam
beradi.
Bundan
tashqari buxgalteriya yozuvlarini noto’g’ri
rasmiylashtirilganligi to’g’risida to’plangan auditorlik dalillari auditorga
korxonaga
taqdim
etiladigan
maxsus
xatda
ichki
nazorat
tizimini
mustahkamlashga doir tavsiyalar berishga ko’maklashadi.
Xizmat ko’rsatish korxonasi bilan auditorlik firmasi o’rtasidagi huquqiy-
iqisodiy munosabatlar ular o’rtasida tuziladigan shartnomalar orqali tartibga
solib boriladi. Auditorlik shartnomasi audit o’tkazishga asos hisoblanib, xizmat
ko’rsatish korxonasi va auditorlik firmasining huquq va majburiyatlarini
ifodalovchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Auditorlik shartnomasi qanchalik to’g’ri
va asosli tuzilgan bo’lsa, uning samarasi shunchalik yuqori bo’ladi.
Mazkur muomalalarga asosan xizmat ko’rsatish korxonalarining ma’lum
faoliyati auditorlik tekshiruvidan o’tadi. Bunday tekshiruvnig ob’ektlari bo’lib
xizmat ko’rsatish muomalalari, sotish muomalalari, debitorlik va kreditorlik
qarzlari bo’yicha hisob- kitoblar, pul-valyuta muomalalari, bank muomalalari,
byudjet bilan hisoblashishlar va boshqalar bo’lishi mumkin. Auditorlik
xizmatini ko’rsatishga mo’ljallangan auditorlik shartnomalariga asosan
mijozlarga har oyda yoki har chorakda xizmat ko’rsatiladi. Bunday xizmatlar
xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning hisob siyosatini belgilash, joriy hisobni
27
yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish, soliqlarni to’g’ri hisoblash kabi muomalalar
bo’lishi mumkin.
Auditorlik shartnomasini tuzishda ma’lum ketma –ketlikka rioya qilish
lozim. Tekshiruvdan avval xizmat ko’rsatuvchi korxonaning faoliyati atroflicha
o’rganiladi, auditning maqsadi, vazifalari va ob’ekti aniqlanadi.
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda kompleks auditorlik tekshiruvining
samaradorligini ta’minlash uni to’g’ri rejalashtirishni talab etadi. Audit rejasini
tuzish korxona faoliyatini tekshirishga rozilik berish va shartnoma tuzishdan
oldin tuziladi. Audit rejasi ixcham tuzilgan va tushunarli bo’lishi kerak.
Hozirgi kunda xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda kompleks auditorlik
tekshiruvini tashkil etish va rejalashtirish bosqichlarini ishlab chiqish dolzarb
masala hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 3-sonli «Auditni
rejalashtirish» nomli milliy standartning 1.1.-bandida auditni rejalashtirishning
quyidagi bosqichlari belgilab qo’yilgan:
dastlabki rejalashtirish;
auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
auditning umumiy dasturini tayyorlash va tuzish (1.16., 103 b.).
O’razov K.B.ning ta’kidlashicha, «auditni tashkil etishni shartli ravishda
quyidagi to’rtta bosqichga bo’lish mumkin:
auditni boshlashga qadar bo’lgan bosqich;
auditorlik tekshiruvini o’tkazish bosqichi;
auditorlik tekshiruvi natijalarini jamlash va rasmiylashtirish
bosqichi;
auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etish bosqichi;
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda audit yuqoridagi tartibda tashkil etilsa
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
|