21
1.2.Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda audit tekshiruvini tashkil
etishning o’ziga xos xususiyatlari.
Respublikamizda xizmat ko’rsatuvchi korxonalar moliyaviy barqarorligini
oshirish, sodir bo’lgan xo’jalik muomalalarini amaldagi me’yoriy
hujjatlar
talablariga muvofiqligini ta’minlash ular amaliyotida auditorlik xizmatidan
unumli foydalanishni taqozo etadi.
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditorlik ichki va tashqi ko’rinishda
bo’lishi mumkin. Ichki audit korxona rahbariyatiga bo’ysinuvchi
va xodimlar
shtatida hisobga olinadigan shaxsalar tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy
maqsadi savdo korxonasida aktivlarning but saqlanishini, xodimlarning o’z
vazifalarini to’g’ri bajarishni tekshirish hisob siyosatiga rioya etilishini
ta’minlaydigan usul chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Tashqi audit esa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi, maxsus
litsenziyaga ega bo’lgan mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkaziladi.
Shuningdek, xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda
tashqi audit xizmatini
tashkil etish va samaradorligini oshirish uning me’yoriy-huquqiy asoslarini
takomillashtirishga bevosita bog’liq. Mazkur korxonalarda auditorlik
tekshiruvini o’tkazishning huquqiy asoslarini tashkil etuvchi me’yoriy hujjatlar
quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
auditni tashkil qilish;
auditorlik tekshiruvini o’tkazish;
audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish;
auditorlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash;
Mamlakatimizda auditorlik faoliyatini huquqiy asoslarini O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi,
yangi
tahrirdagi
«Buxgalteriya hisobi
to’g’risida»gi, «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunlar, «Maxsulot (ish va
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risida»gi NIZOM 2003-yil 25-dekabrdagi
567-sonli qarori asosidagi o’zgartirishlar bilan va boshqa me’yoriy hujjatlar
tashkil qiladi. Bu me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish mamlakatimizda
22
auditorlik firmalarining mavqeini oshirish va audit xizmati bozorini
rivojlantirishga imkon yaratadi.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
auditorlik firmasi huquq va majburiyatlarini, shuningdek auditorlik tekshiruvini
o’tkazish tartibini ifodalaydi. Jumladan bu qonunning 9-moddasiga ko’ra,
«auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa
moliyaviy axborotlarning
to’g’riligi va qonun hujjatlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida xo’jalik
yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy
axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir»
5
.
Dostları ilə paylaş: