Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


  III-BOB. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida auditni tashkil etish va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/23
tarix13.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#175244
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
 


49 
III-BOB. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarida auditni tashkil etish va 
uni o’tkazish masalalari. 
3.1.Xizmat korsatuvchi korxonalarida auditni tashkil etishning 
ahamiyati. 
O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o’tishi tadbirkorlikning 
rivojlanishi, tashkilot va korxonalarning yangi tashkiliy-huquqiy shakllari 
vujudga kelishi va mulkchilikning turli shakllari mavjudligi moliyaviy nazorat 
mehanizmiga tubdan ta’sir ko’rsatadi. 
Albatta 
mustaqillika 
erishganimizdan 
so’ng 
mamlakatimizda 
korxonalarning yangi tashkiliy-huquqiy shakllari vujudga keldi xizmat 
ko’rsatuvchi korxonalarning yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi. Bu o’z navbatida 
yangi tashkil etilgan korxonalarda auditni tashkil etishni talab etadi. 
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasining ayrim xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalari (avtotransport tashkilotlari) aksionerlik jamiyatlariga aylantirilgan 
va ularning nizom jamg’armasida davlat ulushi salmoqli hissaga ega. Majburiy 
auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, korxona, tashkilot va firmalar o’zlarining 
tashabbuslari bilan auditorlik tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlari 
mumkin. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad biznes va buxgalteriya hisobini 
to’g’ri yuritilishini o’ziga xos ekspertizadan o’tkazish hamda soliq to’lovlarini 
eng muvofiq holga keltirish va hisobda mavjud bo’lgan kamchilik va 
nuqsonlarni bartaraf etishdir. 
Xizmat korsatuvchi korxonalarda auditning ahamiyatini quyida: 

moliyaviy natijalar va moliyaviy hisobotlar auditini tashkil etish; 

korxonalar daromadlari xisobini auditini tashkil etish; 

korxonalar xarajatlari auditini tashkil etish orqali yoritib o’tamiz. 
Moliyaviy natijalar auditining ahamiyatli tomoni shundaki korxona 
bevosita faoliyati davomida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish va kelajakda 
bunday xatolarga yo’l qo’ymaslik imkoniga ega bo’ladi. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditning yana bir muhim jihatlaridan 
biri bu daromadlar. Bu tekshiruv orqali xizmat ko’rsatuvchi korxonalar 


50 
o’zlarining daromadlari kelib tushishi bo’yicha kelgusi rejalar tuzish imkoniga 
ega bo’ladilar. 
Moliyaviy hisobotlarda, odatda, daromadlar alohida bandlar bilan ajratilgan 
holda belgilanadi. Chet el tajribasida ular foyda va zararlar to’g’risidagi 
hisobotda, bizning respublikamizda esa – moliyaviy natijalar to’g’risidagi 
hisobotda aks ettiriladi. 
Korxonalar o’z faoliyatidan kelib chiqib, daromadni turli usullar bilan 
aniqlaydilar. Masalan, savdo korxonalari daromadni sotish operatsiyasi bilan 
belgilaydilar. Yuk tashuvchi avtotransport korxonalari daromadlari ular 
tomonidan korxonalarga, tashkilotlarga va aholiga, belgilangan ta’riflarga 
asosan, amalga oshirilgan turli xil avtomobil tashuvlari, ishlar va xizmatlar 
natijasi maxsuli hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida mijozlarga 
ko’rsatilgan xizmatlar va sotilgan taomlardan kelib tushgan summa bo’yicha 
hisobga olinadi. 
Xarajatlar hisobi auditida esa korxona qanday kerakli va ortiqcha xarajatlar 
qilinayotganligini bilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalarda xarajatlar hisobi auditining maqsadi xarajatlar haqiqatga ya’ni 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan yoki asoslanmaganligini 
tekshirishdir. 
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda auditni o’tkazish jarayonida 
qo’llaniladigan tartib-qoidalar moddiy, moliyaviy mablag’larning mavjudligini 
baholash va moliyaviy axborotlarni ochishga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilarni 
tekshirishga asosalanadi. 
-tekshirilayotgan balansning ishonchliligi va xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalarida sodir bo’layotgan muomalalarni hujjatlarda qayd etilganligini ; 
-buxgalteriya hisobi schyotlarida ko’rsatilgan aktivlar (majburiyatlar)ning 
haqiqatda mavjudligi va to’g’ri baholanganligini; 
-balans, moliyaviy natijalar, pul oqimlari, xususiy kapital to’g’risidagi 
moliyaviy hisobot shakllari, tushuntirish xati kabilar me’yoriy hujjatlarga 
muvofiq tuzilganligini. 


51 
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, bozor 
munosabatlari sharoitida xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning iqtisodiy 
samaradorligini oshirish ularda audit o’tkazish usullarini to’g’ri tanlashga 
bevosita bog’liq. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Biz davlatning 
nazoratchilik va boshqaruvchi funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar 
xo’jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatini aralashuvini 
cheklashni iqtisodiyotni erkinlashtirish yo’lidagi asosiy vazifalarini biri deb 
bilamiz»
6
deb ta’kidlagan. 
Nazorat bozor iqtisodiyotining asosiy elemetlaridan biri bo’lib qolmoqda. 
Davlat, boshqaruv nazorati tizimi bilan bir qatorda, boshqaruv tizimining barcha 
pog’onalarini kerakli bo’lgan ma’lumot bilan ta’minlash imkoniyatini 
yaratuvchi mustaqil nazorat tizimi ham mavjud. Shuning bilan birga, mustaqil 
nazorat o’z faoliyatini shartnomaviy, tijorat asosida amalga oshirayotgan 
auditorlik tashkilotlari tomonidan o’tkazilishi ijobiy holdir. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki bosqichlarida davlat tasarrufida 
bo’lmagan korxona va tashkilotlar xech qanday tashqi nazorat turlariga muhtoj 
emas, chunki ular o’z mulkining egalari bo’lganliklari uchun tashqi nazorat 
idoralarini jalb qilmagan holda samarali ichki nazoratni tashkil etish 
imkoniyatiga ega deb hisoblangan. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida 
jamlangan tajriba, vaqt ushbu fikr o’zini oqlmaganligini ko’rsatdi. 
Bizning fikrimizcha, aynan iqtisodiyotni boshqarish tarkibi o’zgarganligi, 
ayrim vazirlik, idoralar va ular bilan bog’liq bo’lgan idoraviy nazorat tizimining 
tugatilishi O’zbekiston Respublikasida audit rivojlanishining birinchi, tashqi 
omillardan biri bo’lib hisoblanadi. 
Aksariyat davlatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham, ko’p tarzdagi 
mulkchilikka ega bo’lgan iqtisodiyot shakllanishni o’ziga xos hususiyatlariga 
ega ya’ni nodavlat sektorning tashkil etilishi davlat mulkini davlat tasarrufidan 
chiqarish xususiylashtirish yo’li bilan amalga oshirilgan. 
6
,,
Soliq solish va buxgalteriya hisobi’’№4(82),2013. Jurnal.


52 
Ma’lumki to’liq va haqiqiy ma’lumot, boshqarish imkoniyatini yaratadi, 
uning mavjud bo’lmasligi esa nazoratsizlik va tartibsizlikka olib keladi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida kerakli bo’lgan moliyaviy ma’lumotlar majmuini, 
faqatgina ushbu ma’lumotlar haqiqiy bo’lganda, to’liq barpo etish mumkin. 
Faqat haqiqiy ma’lumot davlatga o’z iqtisodiy-ijtimoiy siyosatini ishlab chiqish 
uchun foyda keltirish mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, 
foydalanuvchilarning keng doirasi uchun tayyorlangan moliyaviy ma’lumotlar 
haqiqiyligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruvdan o’tkazish va 
tasdiqlash yo’li bilan erishish mumkin. 
Qaysi mamlakat bo’lmasin, audit uning moliyaviy-iqtisodiy tizimining, 
uning mazmuni va funksiyalarini aks etuvchi elementi hisoblanadi. Shuning 
uchun, turli mamlakatlarda «audit» termini turlicha izohlanadi. Mutaxasislikka 
oid adabiyotda ham audit mazmuni amaliy tadbirkorlik faoliyati ko’rinishida 
turlicha yoritiladi. Berilgan ta’riflarning tahlili shuni ko’rsatadiki, ushbu muhim 
masalani yoritish va ta’riflashda turli fikrlar bildirilgan. Ayrim hollarda audit 
mazmuni juda qisqa holda ta’riflanib, faqat asosiy mohiyati yoritilgan bo’lsa, 
ba’zilar tomonidan auditning boshqa funksiyalariga ham murakkab va aniq 
bo’lmagan ta’rif berilgan. A.Azlarov va B.Xamroev auditga quyidagicha ta’rif 
beradilar: «Audit deganda korxona va tashkilotlarning moliyaviy hisobotini 
mustaqil tekshirish va u haqida fikr bildirish tushuniladi.» 
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi 
Qonuniga muvofiq respublikaning aksariyat xo’jalik yurituvchi iqtisodiy 
sub’ektlar har yilgi majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishlari lozim. Bunday 
sub’ektlarga aksionerlik jamiyatlar hamda o’z nizom jamg’armasida davlat 
ulushiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ham kiradi. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida xizmat ko’rsatuvchi 
korxonalarida tashqi audit xizmatini tashkil qilish hamda uni o’tkazishning 
takomillashgan usullaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega. 


53 
Xizmat ko’rsatish korxonalarida auditorlik tekshiruvining uslubiy asoslari 
quyidagilardan iborat bo’lishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: 
-savdo, umumiy ovqatlanish, avtotransport korxonalarida audit xizmatini 
rejalashtirish hamda ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan audit dasturini tuzish; 
-barcha yuqoridagi korxonalarda auditorlik tekshiruvi usullaridan samarali 
foydalanish yo’nalishlarini ishlab chiqish; 
-auditorlik tekshiruvini kompyuterlashtirish yo’nalishlarini belgilash; 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin