Mbaza. Uz barcha fanlardan imtihon javoblar va savollari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
6 sinf tarix 2021 imtihon javoblari

Milodiy I asr 
– xristianlik 
vujudga kelgan sana hisoblanadi.
 
 
6-BILET  
1. Salavkiylar davlati haqida ma’lumot bering.
Mil. avv. 323-yil 
Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U barpo etgan 
davlat 
uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketdi. Bu davlatlar 
Alek sandr ning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarildi. Uzoq 
davom etgan o‘zaro urushlardan keyin, 
mil. avv. 312-yilda kichik 
Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri 
Salavka 
Bobil 
(Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi. Salavka davlatining tarkibiga 
Mesopotamiya, Eron, Parfi ya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona kirar 
edi. 
Salavk o‘z davlati tarkibiga kirgan O‘rta O siyoni alohida viloyatlar – 
satrapliklarga ajratdi. Ularning har biriga boshliq sat rap hu kmronlik 
qilar edi. Davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan sobiq 
lashkarboshilardan tayinlangan 
strateglar 
shug‘ullanar edi. Salavk o‘z 
o’g’li Antioxni Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, 
So’g’diyonaga noib etib tayinladi. Antiox ulkan davlat boshida turib, uni 
20 yilga yaqin boshqardi. 
 
2. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi.
Zardushtiylik paydo bo’lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik 
davri endi paydo bo’layotgan davr edi. U urug’-qabilachilik tuzumi 
emirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo’linayotgan 
davr bo’lgan. Bu din eng avval O’rta Osiyo, so’ng Eron, Ozarbayjonda 
qaror topgan edi. Butun O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
beshigi Xorazm vohasi va u erda yashagan turkiy elatlar bo’lgan, shulardan 
o’zbek elati tashkil topgan. Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos 
bo’lgan din sifatida undan oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo 
bo’lgan yakka xudolik dini bo’lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda 
davom etib, so’ng o’rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida 
shakllanib, yaqin va o’rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha 
saqlanib kelmoqda. 
Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy 
Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e’lon qilingan 
jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga 
nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat 
tarixida har bir kishi uqidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va 
jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh 
qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr 
yuritildi. Keyingi asrlarda bu g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa 
dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan 
davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq echilgan masalalar emas. 
Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli 
ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas 
kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni 
«Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, 
donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni 
«Eng yaxshi din» deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha 
ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga 
ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo’shilib, zardushtiylikning 
ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki 
«Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, 
Zoroatsr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida 
Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar 
mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs 
deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 
1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. 
Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida 
yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan 
ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh 
qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini 
boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G’arb nazariyasi» 
bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va 
zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng 
tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi 
sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlaviy 
tilida bo’lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch 
buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar 
davrlarida, ya’ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketma-ket aynan 
Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan. Ikkinchisi, «Sharq 
nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk 
tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar ikkinchi 
nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi 
Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning 
Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy 
manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» 
«Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», deyiladi. 
«Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to’g’ri 
keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» 
sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, 
«dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin 
esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va 
muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» 
Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi. 
 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin