O’QITUVCHINING PEDAGOGIK ODOB – AXLOQI, NAZOKATI HAQIDA
TUSHUNCHA.
■
Odob deganda rasm – taomil, xulq – odatlar yigindisi, ijtimoiy – iktisodiy to’zum takozosi bilan
turmush sharoitining aloxida tarzi, an‘analari asosida odamlar o’rtasida paydo bo’lgan
muomala munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi.
■
Demak, o’qituvchi odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, talablari, mezonlarini
ta‘lim – tarbiya jarayonida oydinlashtirib, muallimning o’quvchilar, o’z kasbdoshlari, ota –
onalar, maktab raxbarlari bilan muomala – munosabatlarida ifodalanadigan axloqiy
xususiyatdir
.
■
O’qituvchi odobining moxiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muxim bo’lgan
axloqiy sifatlarda ifodalanadi.
■
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, inson turmushining barcha soxalarida kishining
xulqi, xatti – harakatlarini tartibga solib bashqarib turuvchi, Vatanga, mexnatga, mulkka,
odamlarga munosabatini bildiruvchi (yunaltiruvchi) qonun – koidalar, yul – yuriklar, mezonlar,
pand – nasixatlar yigindisidan iboratdir. Axloq umuminsoniy va milliy harakterga ega bo’lib,
kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallari,
orzu – umidlari to’g’risidagi tasavvurlari, tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o’z ichiga oladi.
O’QITUVCHI ODOBINING ASOSIY SIFATLARI:
■
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy
axloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi. Ularni pedagogik
faoliyat bilan bog’liq tarzda bir kadar oydinlashtiradi.
Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, adolat, yaxshilik
qilish, burch, kadr – kimmat, mas‘uliyat, vijdon, xalollik,
rostguylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi
odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda taxlil qilinadi.
■
O’qituvchilik sha‘ni, qadr – qimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati,
o’qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo’lish, o’qituvchining
ma‘naviy kiyofasi, xalolligi, pokligi, rostguyligi o’qituvchi axloq –
odobining asosiy tamoyillari xisoblanadi. Bu tamoyillarni puxta
o’zlashtirish bulajak o’qituvchi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
|