garib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o‘z munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o'quvchilar xatti-harakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlami oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy metodlami o‘z o‘mida qo‘llashi, o‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruwat va himmat, odamiylik va mehr-oqibat tuyg'ularini ko‘rsata olishi shart. Bu vazifalar o‘qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo‘lgan pedagogik nazokat deb atalmish faoiiyatning zarur shartidir.
PEDAGOGIK NAZOKATNING UZLUKSIZLlGlNI TA’MINLOVCHl OMILLAR: ■
pedagogik nazokat o'qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallashib, takomillashib boruvchi jarayon ■
pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo’lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi ■
o‘qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o’zgartirishi mumkin ■
o'qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi ■
pedagogik nazokatni o'qituvchi har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda o‘zi uchun eng qulay shaklga keltirilib, ma’lum bir muvozanatda saqlaydi ■
o’z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo‘yligi, axloqiy pokligi ■
pedagogik nazokat asosida o’qituvchbing mehribonligida tarbiyada talabchanlik va qattiqqo‘llik hislatlari mujassamlashgan bo'ladi ■
pedagogik nazokat asosida o'qituvchi pedagogik odob va axloq normalarini o'zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi