267
asosida topishga asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va
topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog'liq
holda
yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e'tiqod va tasavvurlari,
olamni bilish va idrok etishga bo‘lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. To-
pishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o‘qish,
nimaga ishora
qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va
belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat
qilish kerak.
Topishmoq o‘quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Shu
sababli xalq og'zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo‘llanilgan.
1—2-sinf „O‘qish kitobi" da topishmoqlar ko‘proq,
har bir matn ostida
keltirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida
ham o‘zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf “O‘qish kitobi” da “Kitobga
mehr” matni ostida „Qat-qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama" topishmog'i
keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan.
Topishmoqlar bunday shaklda
berilganda ularning javobi oson topiladi. 1-4-sinf o‘qish darsliklarida
“Topishmoqlar” mavzusi ostida har xil topishmoqlar ham berilgan bo‘lib, ular
o‘quvchilarning
topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o‘stiradi. 2-sinf
“O‘qish” darsligida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib qo‘yilgan yoki
rasmlar orqali berilgan.
Osti tosh, usti tosh
O‘rtasida jonli bosh.
(Toshbaqa)
Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,
Doston o‘qir, g‘alvir to‘qir.
(O‘rgimchak
)
To‘rttir uning oyog‘I,
Temir mixli tuyog‘i.
Manzilga yetishtirar,
Toshdan qattiq tuyog‘i
. (ot)
Yorug‘i bor, dovrug‘i bor,