Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r
1. M aksim al suv sarfi deb nim aga aytiladi?
2. M aksim al suv sarflarining hosil b o 'lish iga qanday om illar ta ’sir
ko'rsatadi?
3. H isobli m aksim al suv sarflari nim aga m o'ljallab hisoblanadi?
4. G idrotexnika inshootlari nechta pishiqlik sinfiga bo'Iinadi?
5. Pishiqligi I- sin f b o'lgan gidrotexnika inshootlari qanday belgilari
bilan boshqa sinflardan farq qiladi?
6. Gidrometrik.ma’lumotlar yetarli bo'lmaganda maksimal suv
sarflari qanday hisoblanadi?
5 -qism . D A R Y O N IN G O Q IM H A J M IN I R O S T L A S H
5 .1 . Oqim hajmini rostlash vazifalari va turlari
Darslikning oldingi qism larida yer yuzida suv resurslari 
hududlar bo'ylab va vaqt ichida bir xil taqsimlanmaganligi bayon 
etilgan edi.
O'zbekiston Respublikasining suv boyligi Orol havzasi suv 
resurslarining bir qismi bo'lib, Markaziy Osiyoning katta daryo 
oqimlaridan tashkil topadi. Bu havzada Amudary^, Sirdaryo Orolga 
quyilib boradi. Zarafshon, Qashqadaryo, Tedjen, M urg'ob, C hu, 
Talas, Assa kabilar esa Orolga yetib borm ay xalq xo'jaligini suv 
bilan t a ’minlab turadi. Orol havzasi daryolarining suv resurs­
lari 126,9km3 ga(50% t a ’m inlanganlikda) teng. Respublika suv 
resurslarining asosiy qismini (98,1 k m 3) Sirdaryo va Am udaryo 
irmoqlari oqimi tashkil qilib, ular qo'shni davlatlar Qirg'iziston, 
Tojikiston va A fg 'o n isto n n in g tog'li jo y larid an boshlanadi. 
O'zbekiston Respublikasi hududida hosil bo'ladigan mahalliy oqim 
9,5 km3 ga teng.
Bular asosan Chirchiq, Ohangaron, Surxondaryo va Qashqa- 
daryolarning yillik oqim hajmini tashkil etadi. Mahalliy oqim 
1 1 - 2 0 4
161


maydon bo'yiab notekis taqsimlanib. noldan 1000 mm gacha 
o'zgaradi. Suv bilan yaxshi t a ’minlangan hududlarga Toshkent, 
Andijon va Surxondaryo viloyatlari kiradi. Shu bilan birgalikda 
ayrim viloyatlarda (Xorazm, Buxoro va Qoraqalpog'iston Respub- 
likasi) mahalliy oqim ning yetishmasligi seziladi.
O'zbekiston daryolarida ko'p suvli yoki suv toshqinining qisqa 
davrida yillik oqim ning 40-80% gacha miqdori oqib o'tad i va 
qolgan davrda minimal suv sarflari kuzatiladi.
Daryo oqim ining tabiiy rejimi suvdan foydalanish rejimiga 
ko'pincha to'g'ri kelmaydi.
Aholini, sanoatni va qishloq xo'jaligini uzluksiz va kafolatli 
suv bilan ta'm inlash maqsadida suv resurslaridan to'liq va unumli 
foydalanish uchun daryo oqimi rejimiga t a ’sir ko'rsatish, ya’ni 
uni rostlash zaruriyati paydo bo'ladi.
D a r y o o q i m i h a j m i n i r o s t l a s h deganda suvga 
bo'lgan talabga muvofiq ham da suv toshqinining oldini olish 
maqsadida oqim hajmining vaqt oralig'ida qayta taqsimlanishi 
tushuniladi. (G O ST 19185-73. Gidrotexnika. Osnovnie ponyatiya). 
Oqim hajmini rostlash maxsus suv havzalari — suv omborlari, 
yordamida amalga oshiriladi. Suv omborlarining barpo etilishi 
ko'pgina m uhim suv xo'jaligidagi vazifalarni: suv t a ’minoti, suv 
bostirish va sug'orish, baliq xo'jaligi, suv energiyasidan foydala­
nish, kema qatnovi va yog'och oqizish sharoitlarini yaxshilash, 
suv toshqini va selga qarshi kurash, suv resurslaridan mukammal 
foydalanish ham da ularni muhofaza qilishni amalga oshirish im- 
konini beradi. Suv om bori tom o n id a n oqim hajmining rost- 
lanishi suvdan foydalanishni oshirish bilan birga suv toshqini 
tufayli qisqa muddatli suv bosishiga qarshi kurashishda ham qo'lla- 
nilishi m um kin. Daryo suvining toshishini oldini olish uchun 
ko'pincha daryo qirg'og'i bo'yiab maxsus tuproqdan qilingan 
dam balar quriladi. Bunday dambalarni Am udaryo va Sirdaryo- 
ning quyi oqimidagi qirg'oqlar bo'yiab uchratish mumkin. A mmo 
suv toshqini tufayli daryo qirg'oqlarining suv bosishi qisqa muddatli 
maksimal suv sarflariga sabab bo'lsada, ularning oqim hajmi 
unchalik katta bo'lmaydi. Shuning uchun daryo o'z anida to'g'on 
qurib suv om bori barpo qilish iqtisodiy jih a td a n maqsadga 
muvoftqdir. T o 'g 'o n g a yaqinlashib kelayotgan suv toshqini suv 
omborini to'ldiradi va so'ngta yig'ilgan suv daryoning quyi oqimi 
bo'yicha uzoq muddat davomida asta-sekin oqiziladi. Shunday qilib, 
oqim hajmini rostlash vazifalarini quyidagicha ifodalasa bo'ladi:
162
.♦
/


1. Suvdan foydalanuvchilar talabiga k o'ra va suvdan to'liq 
foydalanish maqsadida oqim hajmining qayta taqsimlanishi.
2. Suv bosishi va suvning boshqa zararli ta ’sirining oldini olish 
uchun maksimal suv sarflari miqdorini kamaytirish maqsadida 
ularni vaqt oralig'ida qayta taqsimlash.
Birinchi vazifani bajaruvchi suv omborlarini ba’zida z a x i r a 1 i 
suv om borlari deb atashsa, ikkinchi vazifani bajaruvchilarni 
u s h l a b t u r u v c h i suv om borlari deb atashadi. A m m o bu 
suv omborlarini ikki turga bo'lish shartli hisoblanadi, chunki 
ular bir-birining xizmatini qisman bo'lsada bajaradi.
Z a x ira li suv o m b o r l a r i d a n G E S ish in i t a ’m i n la s h d a ,
ekinlarni su g 'o rish d a , sa n o a t va m aishiy suv t a ’m in o tid a , suv 
taqchil paytida kema qatnovi va yog'och oqizish kabi maqsadlarda 
foydalaniladi. U shlab tu ru v ch i suv o m b o rla rid a g i k atta suv 
toshqinlaridan yig'ilgan suvlardan har turli xo'jalik maqsadlarida 
foydalanilishi mu mk i n (m a sa la n , Y a p o n iy a d a G E S ishini 
t a ’m inlashda, Rossiyadagi Kuban daryosi havzasida esa sholini 
sug'orishda).
H ar qanday suv om bori qurilishi natijasida daryoning quyi 
oqimidagi gidrograf o'zgaradi. Suv ombori tufayli o'zgargan oqim 
t a r t i b g a s o l i n g a n o q i m h a j m i deb ataladi. Agar tartibga 
solingan oqim hajmi daryoning quyi oqim ida joylashgan boshqa 
suv ombori tufayli o'zgarsa, u q a y t a t a r t i b g a s o l i n g a n
o q i m h a j m i deb ataladi.
Oqim hajmini rostlashda suv om borlaridan tashqari yana 
daryolarni halqalash usuli qo'llaniladi.
Daryolarni halqalash deganda har turli to'y inish turidagi 
daryolarni kanallar yordam ida o 'z a ro tutashtirish tushuniladi. 
Buning natijasida suv yetishmaslik davrida sersuv daryodan kamsuv 
daryoga ortiqcha suvlar oqiziladi. Misol u c h u n m uzlik -q o r 
suvlaridan to'yinuvchi daryoning qor suvljfri bilan to'yinuvchi 
daryo bilan kanallar yordamida birlashtirilishi ikkinchi daryoning 
bahorgi suv toshqini hisobiga birinchi daryoning bahorgi suv 
taqchilligini ko'paytirish va aksincha, birinchi daryoning yozgi 
suv to'la davri hisobiga ikkinchi daryoning yozgi kamsuv davridagi 
suv sarfi taqchilligini kamaytirish imkonini beradi. Aslida halqa- 
lanish usuli k am d an -k am uchraydi. K o 'p hollarda suv yig'adi- 
gan kanal sug'orish uchun mo'ljallangan bo'lib, unga quyiladigan 
barcha suv manbalarini birlashtiradi. Xalq hashari yo'li bilan 
1940- yili Farg'ona vodiysidagi Katta Farg'ona Kanali(KFK) bunga 
misol bo'ladi. Bu kanalning uzunligi 270 kilometrga teng bo'lib, 
ikki qismdan iborat. Yuqori qismi 1-trakt deb atalib, Norin daryo-
163


sini Qoradaryo bilan birlashtiradi. Quyi qismi 2-trakt deb ataladi. 
U KFKning Qoradaryodagi Kuyganyorto'g'onidan boshlabg'arb 
tomonga Xo'jand shahrigacha Turkiston-Oloytog' tizmasi etagidan 
o 'tk a z ilg a n . B unda K F K y o ‘l - y o ‘lakay Aravon, Isfayram, 
S hohim ardon, So'x, Isfara, X o ‘jabaqirgan daryolarining quyi 
oqimini birlashtiradi. Bu daryolarning barchasi muzlik-qor suvlari 
to'yinishiga ega bo'lib, ularning sersuv davri iyun-iyul oylariga 
to'g'ri keladi. Qoradaryo qor bilan to'yinish turiga taalluqli bo'lib, 
sersuv davri may oyiga to'g'ri kelsa, Norin daryosi esa qor-muzlik 
to'yinish turiga mansub bo'lib, sersuv davri iyun oyida kuzatiladi. 
KFK quyidagicha ishlaydi: may oyida tegishli yerlar Qoradaryo 
suvi bilan sug'orilsa, iyun oyida Qoradaryoning sersuv davri tugagan 
paytida, unga KFK ning 1-trakti bo'y icha Norin daryosi' suvi 
oqiziladi.
Iyul oyida Aravon, Isfayram va boshqa daryolarning sersuv 
davri boshlanadi va ularning suvidan keng ko'lamda foydalaniladi. 
K F K dan tashqari bunday kanallar O'zbekiston Respublikasida 
k o 'p lab uchraydi. U larga T osh k an a l (C h irc h iq daryosidan 
Ohangaron daryosi havzasiga), Isfayramni Shohimardon daryosi 
bilan birlashtiruvchi kanai, S o 'x -S h o h im a rd o n kanali, Eski 
A n h o r kanali (Z a ra f sh o n d a n Q ashqadaryoga) D u s h a n b e — 
Qoratog' kanali (Kafirnigondan Surxondaryoga) va boshqalar 
misol bo'la oladi.
Daryo oqimini kerakli tomonga oqizishga Amudaryo suvining 
Turkmanistonning kamsuv daryolari havzalariga berish maqsadida 
Qoraqum kanalining barpo etilishini misol qilib keltirish mumkin. 
Tashlama traktlar toshqin suv oqimining ayrim qismini daryodan 
tashqariga tashlash uchun mo'ljallangan. Bunga Sirdaryo toshqin 
suvining Ornasoy tabiiy chuqurligiga tashlanishi misol bo'ladi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin