Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


Gidrologik tadqiqot usullari



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

1.2. Gidrologik tadqiqot usullari
H o z irg i z a m o n g id ro lo g iy a s i g i d r o lo g i k j a r a y o n l a r i n i
o'rganishda bir-birini to'ldiriladigan bir necha usullarga ega.
Gidrologiyada m uhim o ‘rinni dala sharoitida olib boriladigan 
tadqiqot usullari egallaydi. Bu usul q a dim dan tabiat qonunlarini 
o'rganishda qoMlanilib, hozirgi kunda h am o ‘z aham iyatini 
yo ‘qotgani yo‘q.
D a l a t a d q i q o t l a r i ilmiy safar va m uqim (statsionar) 
turga bo'linadi. Bulardan birinchisiga qisqa muddatli (okeanda, 
muzlikda, daryoda, ko'lda) ilmiy safarlar uyushtirish kiradi. 
Ikkinchisiga esa suv manbalarining ayrim joylarida, masalan, 
maxsus gidrologik stansiya va postlardagi ko ‘p yillik kuzatishlar 
kiradi.
G idrologik t a d q iq o tla rd a o d a td a ilmiy safar va m uqim
usullardan foydalaniladi. Keyingi vaqtda fan v f texnika rivojlanishi 
bilan yangi usullar, chu n o n c h i, lokatorlar yordam ida uzoqdan 
turib o ‘lchash, aerokosmik kuzatish va suratga olish 
( s ’y o m k a ) ,
a v t o m a t i k y o z i b t u r u v c h i t i z i ml a r va b o s h q a r i s h l a r
qo'llanilm oqda.
Gidrologiya keng koMamda e k s p e r i m e n t a l t a d q i ­
q o t l a r usullaridan foydalanadi. Tajribalar laboratoriyada va 
tabiiy sharoitda olib boriladi. Har turli gidrologik tavsiflar orasi- 
dagi o ‘zaro bogManishlar va ularga t a ’sir etuvchi tabiiy omillar 
(masalan, joyning balandligi, yog‘inlar, sham olning tezligi), 
shu bilan birgalikda m a ’lum gidrologik hodisaning paydo boMish


ehtimolini o'rganishda e m p i r i k v a s t a t i s t i k usullar qo'lla- 
niiadi.
Va nihoyat, ko‘p hollarda tadqiqotlarni yakunlash va tahlil 
qilishda n a z a r i y usullar keng q o ‘llaniladi. Bu usullar bir 
to m o n d a n , fizik qonunlarga, ikkinchi to m o n d a n , gidrologik 
tavsiflarning joy-vaqt oralig'ida o ‘zgarib turishining geografik 
qonuniyatlariga asoslanadi.
Keyingi vaqtda bu usullar ichida m a t e m a t i k m o d e l -
l a s h , s i s t e m a l i t a h l i l vagidrologik-geografik um u m - 
lashtirish usullari birinchi o ‘rinni egalladi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin