Sitologiya va


­ §. 7­ laboratoriya mashg‘uloti. G‘o‘za



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

52­ §. 7­ laboratoriya mashg‘uloti. G‘o‘za, 
pomidor, nomozshomgulning chatishtirish 
natijasini gerbariy asosida o‘rganish
Ishning maqsadi:
o‘quvchilarga irsiylanishga oid bilimlarni ger-
bariylar asosida mustahkamlash.
Kerakli jihozlar:
g‘o‘za, pomidor, nomozshomgulning har xil nav-
laridan tayyorlangan gerbariylar, g‘o‘zaning oq, qo‘ng‘ir, mallarang, 
novvotrang tolalari, pomidorning turli shakl va rangdagi mevalari.
Ishning borishi:
o‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi. har bir guruh 
alohida o‘simliklar ustida ishlab, ish natijalarini e’lon qilib, himoya 
qiladi.
1. Pomidor o‘simligining har xil navlari gerbariylarini 
o‘rganib chiqing. Dominant, retsessiv belgilarini
aniqlang, poya, barg, meva shakllarini o‘rganib chiqing 
va taqqoslang.
2. G‘o‘za o‘simligini har xil navlaridan tayyorlangan 
gerbariylarni o‘rganib chiqing. Dominant, retsessiv, oraliq
belgilarini aniqlang. Тola ranglarini turlicha bo‘lish
sababini o‘rganing.
3. Nomozshomgul o‘simligini qizil, oq, pushti gulli navlarini
gerbariylar asosida o‘rganing. Poya, barg, gul tuzilishini
taqqoslang.
Ish natijalari asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring.
http:eduportal.uz


143
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
o‘simlik turi
Dominant 
belgi
Retsessiv 
belgi
oraliq holda
hosil bo‘ladigan
belgi
G‘o‘za
Pomidor
Namozshomgul
53­ §. Noallel genlarning o‘zaro ta’siri 
G.Mendel kashf etgan irsiyat qonunlari organizmlarning har 
qaysi belgisi faqat bir gen ta’sirida irsiylanishiga oid holatlarni o‘zi-
da aks ettiradi.
organizmlarning boshqa ko‘p turlari, navlari va zotlaridagi 
belgilarning irsiylanishini o‘rganish natijasida genlar faoliyatidagi 
yangi qonuniyatlar ochildi. organizmdagi aksariyat belgilarning ir-
siylanishi bittagina genga emas, balki bir necha allel bo‘lmagan 
genlar faoliyatiga bog‘liq ekanligi isbotlandi.
Belgilarning bir necha juft allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro 
ta’sir etib irsiylanishi quyidagi xillarda bo‘lishi mumkin:
– genlarning komplementar ta’siri (komplementar);
– genlarning epistatik (epistaz);
– polimer ta’siri (polimer).
Genlarning komplementar ta’siri turli allelga mansub genlar 
ba’zi belgilarning rivojlanishiga bir muncha mustaqil ta’sir etishi 
bilan birga, ko‘pincha turli shaklda o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Natija-
da organizmda biron belgining rivojlanishi bir necha gen nazora-
ti ostida bo‘ladi. Misol uchun, tovuqning toji har xil zotlarida turli 
shaklda bo‘ladi. Bu narsa ikki juft genning o‘zaro ta’siri natijasida 
genlarning alohida kombinatsiyasi tufayli tojlar to‘rt xil variantda: 
ya’ni oddiy (aabb), no‘xatsimon (aaBB yoki aaBb), gulsimon toj 
(AAbb, Aabb) yong‘oqsimon toj (AABB, AaBB, AABb yoki AaBb)
lar shakl da namoyon bo‘ladi (51- rasm).
http:eduportal.uz


144
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Genotipda allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’siri natijasi-
da organizmda yangi belgining rivojlanishiga olib kelishi genlar-
ning 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin