Sitologiya va



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

komplementar
, ya’ni to‘ldiruvchi ta’siri deb ataladi. Genlar-
ning bunday ta’siri genotipi har xil bo‘lgan xushbo‘y hidli, oq gulli 
no‘xatni o‘zaro chatishtirishda ham aniq namoyon bo‘ladi. olingan 
birinchi bo‘g‘in duragaylar qizil rangda bo‘ladi.
Birinchi bo‘g‘in duragaylar o‘zaro chatishtirilganda ikkinchi 
bo‘g‘in o‘simliklarda ajralish: 9:7 nisbatda, ya’ni bir fenotipik sinf 
(9/16) qizil, ikkinchisi (7/16) oq bo‘ladi, demak natijaviy nisbat 9:7. 
ota-ona o‘simliklarning genotipi – AAbb va aaBB bo‘lib, ular ning 
har biri bittadan dominant (A yoki B) genga ega. Bu dominant 
genlar alohida-alohida holda gulga qizil rang bera olmaydi, shu-
ning uchun ota-ona no‘xat o‘simliklarining guli oq bo‘ladi. kom-
plementar irsiylanishda fenotip jihatdan ajralish F
2
da 9:3:3:1, 9:7, 
9:3:4, 9:6:1 nisbatlarda bo‘ladi. 
Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri.
Fenotipda bir dominant 
genning allel bo‘lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishi 
epistaz
deb ataladi. Bu qonuniyatning mohiyatini tovuq zotlarida 
pat rangining irsiylanishi misolida ko‘rib chiqaylik. Patlari oq rang-
dagi ikkita tovuq zotlarining fenotipi bir xil bo‘lsa ham, ularning 
bu belgi bo‘yicha genotiplari har xilligi aniqlandi. Buni tekshirish 
uchun har ikkalasiga ham oq patli tovuq zotlari chatishtirildi. F
1
da 
hamma duragaylarning pati oq rangli chiqdi. F
1
duragay avlodi-
 A
 
B
D
E
Xo‘rozlarda tojining 
shakllari:
 
51­ rasm.
A oddiy (aabb); 
B no‘xatsimon (aaBB yoki aaBb); 
D yong‘oqsimon (AABB yoki AaBb); 
E gulsimon (AAbb yoki Aabb).
http:eduportal.uz


145
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
dagi xo‘roz va tovuqlarni o‘zaro chatishtirib olingan ikkinchi av-
lodda patning rangi bo‘yicha ikkita fenotipik guruhga ajralish ku-
zatildi. ularning 13/16 qismi oq patli, 3/16 qismi esa rangli patli 
tovuq-xo‘rozlar ekanligi aniqlandi.
Shunday qilib, ikkita oq patli tovuq zotlarini chatishtirib olin-
gan duragaylarning ikkinchi avlodida yangi belgi (patning rangli 
bo‘lishi)ga ega bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Тovuq zotlari
-
da IICC, IiCC, IiCc, iicc, IIcc, licc genotiplar patning oq bo‘lishi-
ni ta’minlaydi. iiCC, iiCc genotiplar esa patning rangli bo‘lishini 
ta’min etadi. Тovuq zotlarida patning oq yoki rangli bo‘lishi ikki juft 
allel bo‘lmagan genlarga bog‘liq. ularning birinchi jufti Cc genidir. 
Bu genning dominant alleli (CC) va (Cc) holatda patning rangli 
bo‘lishini ta’minlaydi. Bu genning (cc) holati patning oq bo‘lishiga 
zamin yaratadi. unga allel bo‘lmagan ikkinchi juft gen I-i esa, C-c 
genning faoliyatini boshqaradi. Bu gen 
ingibitor gen
deb atala-
di va II, Ii holatlarida patga rang beruvchi (C) genining faoliyatini 
to‘xtatadi. Natijada C geni genotipda bo‘lsa ham, patning rangli 
bo‘lishini fenotipda namoyon eta olmaydi va pat rangi oqligicha 
qoladi. Shunday qilib, allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro epistaz 
ta’siridagi irsiylanish jarayonida ham duragay avlodlarda, ota-ona 
organizmida bo‘lmagan yangi belgilar paydo bo‘ladi.
Genlarning dominant epistaz ta’sirida F
2
avlodida 13:3, 
12:3:1; retsessiv epistazda esa 9:3:4 nisbatda ajralish ro‘y beradi.
1. Genlarning o‘zaro ta’sir etishi qanday xillarga bo‘linadi?
2. Genlarning komplementar ta’siri nima? Misollar bilan
tushuntiring. 
3. epistaz nima? Misollar keltiring.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin