148
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Buning sababi, junning sariqliligini ta’min
etuvchi gen dominant
gomozigotali holatida organizmning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Quyidagi tajribaning natijasi buning isboti bo‘ladi. Tajriba-
da sariq, genotipli (Aa) ota-ona sichqonlar o‘zaro chatishtirilgan.
ular
ning avlodida sariq va qora rangli sichqonlar hosil bo‘ldi.
Lekin ularning miqdoriy nisbati odatdagicha 3:1 emas, balki 2:1
holatida bo‘ldi. Buning sababi, dominant gomozigotali (AA) sich-
qonlar embrional rivojlanish davridayoq nobud bo‘ladi. Demak,
gomozigota dominant gen letal xususiyatga ega, ya’ni organizm-
ning nobud bo‘lishiga olib keladi. Turli-tuman o‘simliklar, hay-
vonlar, mikroorganizmlar irsiyatini o‘rganish bo‘yicha genetikada
hozir to‘plangan g‘oyat katta materiallar genlarning ko‘p tomonla-
ma ta’sir ko‘rsa tishidan dalolat beradi. Genlarning o‘zaro
hamda
ko‘p tomonlama ta’sir etishi xususida keltirilgan ma’lumot va ku-
zatuvlar organizm irsiy asosi – genotip tabiati to‘g‘risidagi
bilim-
larni chuqurlashtirishga imkon beradi. Duragaylar avlodidagi ajra-
lish ma’lumoti genotip bir-biridan ajraladigan va mustaqil ravish-
da nasldan-naslga o‘tib boradigan – genlardan tarkib topadi, deb
ta’kidlashga imkon beradi. Shu bilan birga genotip yaxlit sistema
bo‘ladi va uni ayrim genlarni shunchaki mexanik yig‘indisi
deb qa-
rash mumkin emas.
organizm belgilarining rivojlanib borishi ko‘pgina genlarning
o‘zaro ta’siriga bog‘liq bo‘ladi, har bir gen esa ko‘p tomonlama
ta’sir etadi va organizmning bir emas, balki ko‘pgina belglarining
rivojlanishiga ta’sir qiladi.
1. Genlarning polimer irsiylanishini birinchi bo‘lib
qaysi olim
o‘rgangan?
2. Genlarning polimer irsiylanishida fenotip va genotip
jihatdan nisbat qanday bo‘ladi?
3. Genlarning ko‘p tomonlama ta’sirining
mohiyati nimadan
iborat?
4. Genlarning o‘zaro ta’sirining Mendel qonunlaridan qanday
farqli tomonlari mavjud?
http:eduportal.uz
149
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Dostları ilə paylaş: