55 §. 2 amaliy mashg‘ulot. Noallel genlar ning o‘zaro ta’siriga doir masalalar yechish 1. Tovuqning yong‘oqsimon tojli formalari oddiy tojli xo‘roz bilan
chatishtirilganda quyidagicha natija olingan:
а) tovuq, xo‘rozlarning 50 % yong‘oqsimon, 50 % gulsimon tojli;
b) hamma tovuq va xo‘rozlar yong‘oqsimon tojli; d) tovuq va xo‘roz-
larning 50 % yong‘oqsimon, 50 % no‘xatsimon tojli; e) tovuq va
xo‘roz larning 25 % gulsimon, 25 % no‘xatsimon, 25 % yong‘oqsi-
mon, 25 % oddiy tojli bo‘lgan. Chatishtirishda qatnashgan tovuq va
xo‘roz lar va
F
1
durgaylarning genotipini aniqlang.
2. Xushbo‘y no‘xat o‘simligi gultojibarglarining qizil bo‘lishi ikki
allel bo‘lmagan dominant gen ta’sirida ro‘y beradi. Digeterozigota qi-
zil gulli xushbo‘y no‘xat ikkita allel bo‘lmagan gen bo‘yicha gomozi-
gota bo‘lgan oq gulli retsessiv xushbo‘y no‘xat bilan chatishtirilgan.
hosil bo‘lgan
F
1
ning genotipi va fenotipini aniqlang.
3. Tovuqlar patining rangli bo‘lishi С geniga bog‘liq. Bu genning
retsessivi с esa rang hosil qilmaydi. Boshqa xromosomada joylash
-
gan I gen С gen ustidan dominantlik qilgani sababli pat oq rangli
bo‘ladi. i geni esa С geniga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Quyidagicha genotipli tovuq va xo‘rozlar chatishtirilsa,
F
1
da
tovuqlarning pati qanday rangda bo‘ladi?
IiCc Х iicc; IICC X IiСс,
4. G‘o‘zaning malla va yashil tolali liniyalari chatishtirildi.
F
1
da
malla tolali duragaylar yetishdi.
F
1
duragay o‘z-o‘zidan changlanganda
F
2
dа asosan malla, qisman yashil tola va juda oz miqdorda oq tolali
o‘simliklar hosil bo‘lgan. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin?
5. Makkajo‘xorining so‘tasi 20 va 8 cm uzunlikda bo‘lgan ikkita
navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so‘tani 5 cm, retsessiv
gen 2 cm uzunligini namoyon etsa, u holda: a)
F
1
da so‘taning uzun-
ligi qancha bo‘ladi? b) 3 ta dominant genli formalar
F
2
dagi 960 ta
o‘simlikdan necha qismini tashkil etadi?
http:eduportal.uz