146
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
nizmlarning miqdoriy belgilarida uchraydi. Masalan,
hayvonlarning
vazni, o‘sishi, o‘simliklarning bo‘yi, tovuqlarning tuxum qilishi, qo-
ramol sutining miqdori va yog‘liligi, o‘simliklar
tarkibidagi vitamin-
lar miqdori va boshqalar. Miqdor belgilarning rivojlanish darajasi
unga ta’sir etuvchi polimer genlar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Polimer irsiylanishni dastavval shved olimi Nilson ele o‘rgan-
di. u bug‘doyning qizil (A
1
A
1
A
2
A
2
) va oq (a
1
a
1
a
2
a
2
) navlarini o‘zaro
chatishtirib, F
1
o‘simliklarni oldi (52- rasm).
F
1
da donlarning rangi pushti bo‘ldi. F
1
o‘zaro chatishtirilib, F
2
dagi o‘simliklarning don rangiga qarab beshta guruhga ajratildi.
ularning miqdoriy nisbati quyidagicha:
bitta qizil, to‘rtta och qizil
rangli, oltita pushti, to‘rtta
och pushti rangli, bitta oq donli o‘sim-
liklar olindi.
Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ xillarga bo‘li-
nadi. Nokumulyativ polimeriya ko‘proq sifat belgilarni irsiylanishi
dominant genlar soniga bog‘liq bo‘lmagan holda namoyon bo‘ladi.
Miqdor belgilarning irsiylanishi kumulyativ polimeriya orqali amalga
oshadi. kumulyativ polimeriyada duragaylarda belgining har xil da-
rajada rivojlanishi dominant genlarning soniga bog‘liq bo‘ladi. ku-
mulyativ polimeriyada fenotip jihatdan nisbat F
2
da 1:4:6:4:1, noku-
mulyativ polimeriyada esa 15:1 nisbatda bo‘ladi.
Polimer irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganishning ahamiya-
ti juda katta. organizmlardagi, xususan, madaniy o‘simlik va uy
hayvonlarining inson uchun foydali miqdoriy
belgilari polimer gen-
lar ta’sirida irsiylanadi va rivojlanadi. Masalan, uy hayvonlarining
og‘irligi, sut miqdori va yog‘liligi, lavlagi ildizmevasidagi shakar-
ning miqdori, g‘alladoshlarda
boshoqning uzunligi, makkajo‘xori
so‘tasining uzunligi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: