International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https
:
econferencezone.org June 10
th
2022
211
Boshlang'ich Sinf Matematika Darslarida Murakkab Masala Yechishning
Innovatsion Usullari
Xamroyeva Oyista Rajabovna
Navoiy viloyati Navoiy shahar 15-sonli kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashgan davlat umumiy o'rta
ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qtuvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang’ich sinf matematika darslarida murakkab masala yechishning
innovatsion usullari haqida metodik tavsiyalar berib borilgan
Kalit so’zlar:
jamiyat taraqqiyoti, geologiya, matematika, innovatsion usulllar
Yosh avlodni tarbiyalashda davlatimiz tomonidan ularning bilim olishiga qaratilayotgan katta e’tibor
zamirida jamiyat taraqqiyoti uchun yetuk shaxsni tarbiyalash masalasi,uchinchi uyg’onish davri
ishtirokchilari maktab o’quvchilarini “Ta’limda Uchinchi Renessans” ishtirokchisi sifatida ta’lim usullarini,
metodlarini kengaytirgan holda, chuqur, puxta yetkazish hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
Oliy Majlisga va O`zbekiston xalqiga Murojaatnomasida: “Joriy yilda ilk bor matematika, kimyo-biologiya
va geologiya fanlarini ta`lim va ilmning ustuvor yo`nalishi sifatida belgilab, ularni kompleks rivojlantirish
choralar ko`rildi” ta`kidlalanganidek matematika fanlariga keng e`tibor qaratish maqsadida boshlang’ich
sinflarda matematika darslarida murakkab masalalarni yechishda innovatsion usullardan foydalanish
tavsiyasini havola etmoqchiman.
O`z ustimda ishlash jarayonida mutaxassisligimga oid metodik qo`llanmalar, ilmiy adabiyotlarni
o`qib o`rgandim, yosh o`qituvchilarning darslariga kirib darslarni tahlil qildim, ya’ni ularga kerakli bo`lgan
maslahatlarimni berib, tajribam sirlari bilan fikr almashdim.
Maktabda o`tkaziladigan barcha yig`ilishlar va pedagogik kengashlarda qatnashib, ta`lim
to`g`risidagi yangiliklar, qaror, farmonlar bilan tanishib bordim.Darslardan tashqari vaqtda to`garaklar va
qo`shimcha darslar tashkil qilib, o`quvchilar bilan o`quv ishlarini olib bordim. Bundan tashqari, bo`sh
o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan alohida ishladim. Ularning darsga qiziqishlari uchun turli motivatsion
o`yinlar va didaktik materiallardan foydalandim. Darsda barcha o`quvchilarning birdek qatnashishlari uchun
qo`limdan kelganicha harakat qilaman. Bilimga chanqoq, iqtidorli o`quvchilarni olimpiadaga tayyorlab
bormoqdaman. O`quvchilarim tadbirlarda qiziqib faol qatnashadilar.Ko’p yillik tajribamga tayangan
holda yosh o’qituvchilarga imkon qadar tajribam sirlari bilan o’z metodik tavsiyamni havola etmoqchiman.
Ushbu metodik tavsiya boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib,unda boshlang‘ich
sinf matematika darslarida masalaning o’rni, qisqa shart yo’llari, masalani yechish usullari va mohiyati
xususida yillar davomida tajribaga tayangan holda foydalanish mukin bo’lgan namunalar berilgan.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchini 1-sinfga qabul qilgan dastlabki kundan boshlab,matematika
darslarida hisoblash malakalari singdirib boriladi. Masalalar oddiy va murakkab bo’lgani barchaga ayon.Har
qanday masala turli bo’lishidan qa’tiy nazar 5 etapga rioya qilish lozim. Albatta 1-sinf boshida rasmli
masalalarni ham to’g’ri mulohaza qilinishi kerak. Bunday mulohazalar bolalar bog’chasidagi matematik
mashg’ulotlardan boshlanishi shart deb o’ylayman. Sababi bolaga maktabgacha tarbiya yoshidan to’g’ri
matematik tasavvur hosil qilinsa, 1-sinfga qadam tashlaganda esa rasmli masalalar borasida bosqichma –
bosqich tushunchalar alohida bosqichlar asosida olib borilsa, --maqsadga muvofiq deb bilamiz.
Murakkab masala borasida so’z borganda ham 1-bosqich bo’yicha masala avval ichda, so’ngra
ovoz chiqarib o’qiladi.Tasavvur degan tushuncha o’quvchiga singdiriladi.
Masalan, 2-sinf matematika kitobining 181- betidagi masalaga qaraylik.
Dostları ilə paylaş: |