Boshlang'ich Sinf Matematika Darslarida Murakkab Masala Yechishning Innovatsion Usullari Xamroyeva Oyista Rajabovna



Yüklə 110,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü110,25 Kb.
#175512
  1   2   3   4   5


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org June 10
th
2022 
211 
Boshlang'ich Sinf Matematika Darslarida Murakkab Masala Yechishning 
Innovatsion Usullari 
Xamroyeva Oyista Rajabovna
Navoiy viloyati Navoiy shahar 15-sonli kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashgan davlat umumiy o'rta 
ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qtuvchisi 
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang’ich sinf matematika darslarida murakkab masala yechishning 
innovatsion usullari haqida metodik tavsiyalar berib borilgan 
Kalit so’zlar:
jamiyat taraqqiyoti, geologiya, matematika, innovatsion usulllar 
Yosh avlodni tarbiyalashda davlatimiz tomonidan ularning bilim olishiga qaratilayotgan katta e’tibor 
zamirida jamiyat taraqqiyoti uchun yetuk shaxsni tarbiyalash masalasi,uchinchi uyg’onish davri 
ishtirokchilari maktab o’quvchilarini “Ta’limda Uchinchi Renessans” ishtirokchisi sifatida ta’lim usullarini, 
metodlarini kengaytirgan holda, chuqur, puxta yetkazish hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Oliy Majlisga va O`zbekiston xalqiga Murojaatnomasida: “Joriy yilda ilk bor matematika, kimyo-biologiya 
va geologiya fanlarini ta`lim va ilmning ustuvor yo`nalishi sifatida belgilab, ularni kompleks rivojlantirish 
choralar ko`rildi” ta`kidlalanganidek matematika fanlariga keng e`tibor qaratish maqsadida boshlang’ich 
sinflarda matematika darslarida murakkab masalalarni yechishda innovatsion usullardan foydalanish 
tavsiyasini havola etmoqchiman.
O`z ustimda ishlash jarayonida mutaxassisligimga oid metodik qo`llanmalar, ilmiy adabiyotlarni 
o`qib o`rgandim, yosh o`qituvchilarning darslariga kirib darslarni tahlil qildim, ya’ni ularga kerakli bo`lgan 
maslahatlarimni berib, tajribam sirlari bilan fikr almashdim. 
Maktabda o`tkaziladigan barcha yig`ilishlar va pedagogik kengashlarda qatnashib, ta`lim 
to`g`risidagi yangiliklar, qaror, farmonlar bilan tanishib bordim.Darslardan tashqari vaqtda to`garaklar va 
qo`shimcha darslar tashkil qilib, o`quvchilar bilan o`quv ishlarini olib bordim. Bundan tashqari, bo`sh
o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan alohida ishladim. Ularning darsga qiziqishlari uchun turli motivatsion
o`yinlar va didaktik materiallardan foydalandim. Darsda barcha o`quvchilarning birdek qatnashishlari uchun 
qo`limdan kelganicha harakat qilaman. Bilimga chanqoq, iqtidorli o`quvchilarni olimpiadaga tayyorlab 
bormoqdaman. O`quvchilarim tadbirlarda qiziqib faol qatnashadilar.Ko’p yillik tajribamga tayangan 
holda yosh o’qituvchilarga imkon qadar tajribam sirlari bilan o’z metodik tavsiyamni havola etmoqchiman. 
Ushbu metodik tavsiya boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib,unda boshlang‘ich 
sinf matematika darslarida masalaning o’rni, qisqa shart yo’llari, masalani yechish usullari va mohiyati 
xususida yillar davomida tajribaga tayangan holda foydalanish mukin bo’lgan namunalar berilgan. 
Boshlang’ich sinflarda o’quvchini 1-sinfga qabul qilgan dastlabki kundan boshlab,matematika 
darslarida hisoblash malakalari singdirib boriladi. Masalalar oddiy va murakkab bo’lgani barchaga ayon.Har 
qanday masala turli bo’lishidan qa’tiy nazar 5 etapga rioya qilish lozim. Albatta 1-sinf boshida rasmli 
masalalarni ham to’g’ri mulohaza qilinishi kerak. Bunday mulohazalar bolalar bog’chasidagi matematik 
mashg’ulotlardan boshlanishi shart deb o’ylayman. Sababi bolaga maktabgacha tarbiya yoshidan to’g’ri 
matematik tasavvur hosil qilinsa, 1-sinfga qadam tashlaganda esa rasmli masalalar borasida bosqichma –
bosqich tushunchalar alohida bosqichlar asosida olib borilsa, --maqsadga muvofiq deb bilamiz.
Murakkab masala borasida so’z borganda ham 1-bosqich bo’yicha masala avval ichda, so’ngra
ovoz chiqarib o’qiladi.Tasavvur degan tushuncha o’quvchiga singdiriladi. 
Masalan, 2-sinf matematika kitobining 181- betidagi masalaga qaraylik. 



Yüklə 110,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin