Boshlang'ich Sinf Matematika Darslarida Murakkab Masala Yechishning Innovatsion Usullari Xamroyeva Oyista Rajabovna


International Conference on Developments in Education



Yüklə 110,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü110,25 Kb.
#175512
1   2   3   4   5
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org June 10
th
2022 
212 
1-bosqichda masala avval ichda, so’ng ovoz chiqarib o’qilsa, 
2-bosqich esa mulohaza bosqichi. Bir mahalla bilan ikkinchi mahalla orasidagi masofa 270km , ikkinchi 
mahalla bilan uchinchisi orasi esa undan 20km ortiq. Birinchi mahalla bilan uchinchi mahalla orasi necha 
kilometr. Bunda masaladagi aniq va noaniq fikrlar aniqlanadi. Masalan o’quvchilarga murojaat uchun
shunday savollar beriladi:
O’qituvchi: Masalada nima haqida gap boryapti?
1-o’quvchi: Mahalla haqida.O’qituvchi:Nechta mahalla haqida?
2- o’quvchi: 3ta.
O’qituvchi: Unda sinf o’quvchilarini mahalla guruhlariga ajratamiz.
O’qituvchi: 1-mahallani,, Bunyodkor”,2-mahallani ,,Binokor”, 3-mahallani,, Lochin” deb nomlab olamiz.
O’qituvchi: Masalada nima aniq?
3- o’quvchi 3ta mahalla borligi.
O’qituvchi:Yana nima aniq?
4-o’quvchi Birinchi mahalla Bunyodkor mahallasidan Binokor mahallasigacha bo’lgan masofa aniq.
O’qituvchi: Qancha ekan?
5-o’quvchi 270km . O’qituvchi:Ancha uzoq ,ammo ko’ngil yaqin, mahallalar o’rtasida yurtboshimiz
chiqargan 5ta tashabbuslari borasida musobaqa o’tkazsak ,yana yaqin bo’ladi.
O’qituvchi:Xo’sh ,nima yana aniq?
6-o’quvchi : Ikkinchi mahalla bilan ,uchinchi mahalla orasidagi ortiq bo’lgan 20 klometr.O’qituvchi: Masala 
bizdan nimani so’rayapti?
7-o’quvchi 1-3-mahalla orasidagi masofani so’rayapti.O’qituvchi-Masalani savoliga birdaniga javob bera 
olamizmi?
8-o’quvchi:Yo’q.
O’qituvchi:Nega?
9-o’quvchi :Axir 2-mahalla bilan 3-mahalla orasi noaniq.
O’qituvchi:Biz ishni nimadan boshlaymiz?
3-bosqich.
1-o’quvchi:Qisqa shartdan.
O’qituvchi:Qisqa shartning qanday turlari bor?
2-o’quvchi:Qisqa yozuv.
3-o’quvchi:Jadval.
4-o’quvchi:Grafik usuli ham bor.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, kelinglar biz ularga ozroq to’xtalib o’tsak, qisqa yozuv usulini Bunyodkor 
mahallasi, jadval usulini Binokor mahallasi ,grafik usulini Lochin mahallasi tasvirlab bersin.
5-o’quvchi:20km ortiq ekan.
O’qituvchi:Ikkinchi va uchinchi,yoki” Binokor” va “Lochin” mahallalari orasini topsak bo’ladimi? 
O’quvchilar:Ha.
O’qituvchi:Qanday qilib?
6-o’quvchi:270kmga 20kmni qo’shamiz.270+20=290(km).
O’qituvchi:Endi masala savoliga javob topsak bo’ladimi?
7-o’quvchi:Ha, bo’ladi.
O’qituvchi:Qanday qilib?
5-bosqich 
8-o’quvchi:270+290=560(km)
O’qituvchi:Biz nimani topdik?



Yüklə 110,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin