Boshlang'ich Sinf Matematika Darslarida Murakkab Masala Yechishning Innovatsion Usullari Xamroyeva Oyista Rajabovna


International Conference on Developments in Education



Yüklə 110,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü110,25 Kb.
#175512
1   2   3   4   5
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org June 10
th
2022 
213 
9-o’quvchi:Birinchi va uchinchi mahalla orasidagi masofani.
O’qituvchi:Yoki?
10-o’quvchi”:Bunyodkor” va” Lochin” mahallalari orasidagi masofani topdik.
O’qituvchi:Bunda yana mahallalarga murojaat qilamiz .Biz masalani qisqa shartini turlicha talqinda
o’rgandik. Endi esa masalani turli usulda yechishga harakat qilamiz.,,Eng chaqqon mahalla “ konkursini 
boshlaymiz.1-bo’lib ,,Bunyodkor” mahallasi masalani yechishning usullaridan ko’rsatishni boshlaydi , 
qolganlar, daftarlariga 2-bo’lib ,,Binokor” mahallasi, 3-bo’lib ,,Lochin”guruhi masala yechimlarining 
usullaridan ko’rsatib berishadi.
1)270+20=290(km)2 va 3-mahalla orasidagi masofa.
2)270+290=560(km)1 va 3 mahalla orasidagi masofa.
Javob: 560km birinchi va uchinchi mahalla orasi.
2)270+(270+20)=560(km) 1 va 3 mahalla orasidagi masofa.
.Javob:560km birinchiva uchinchi mahalla orasi.
3) (270+20)+270=560(km) .
Javob:560km birinchi va uchinchi mahalla orasi.
4)20+270=290(km)2 va 3orasidagi masofa.
2)290+270=560(km)
Javob:560 km.
5)x-270+20=290 km
x-290=270km
x=290+270 km
x=560km
6)(20+270)+270=560(km )
Javob:560 km
O’qituvchi:Mahalla haqidagi murakkab masalani turli usullarda yechishga harakat qildik. O’sib 
kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda biz ustozlarning qo’ygan har bir qadamimiz o’quvchilar uchun 
qo’yilgan poydevordir. Mana shu poydevor hech qachon bo’sh yoki sayoz bo’lmasin. Biz bunday 
masalalarni yechishda, “Mental arifmetika ” hisoblash texnikasiga ham murojaat qilishimiz mumkin. 
Chunki fanlar bilan bog’liqlik, o’sib kelayotgan yosh avlodning fikrini charxlaydi. Diqqatini jamlab, 
qobiliyatini mustahkamlaydi. Tasviriy xotirasini yaxshilaydi. O’quvchini ijodiy fikrlashi ortadi. O’quvchida 
tinglash va kuzatuvchanlik, izlanish mahoratini o’stiradi. Uning dunyoqarashini kengaytiradi. Masalani 
yechganda turlicha qisqa shart va turli usullardan foydalanishiga undaydi. Biz o’qituvchilar o’z tajribamiz 
misolida olib borgan bu metodlarimizni o’sib kelayotgan yosh shogirdlarimiz bilan birgalikda olib borsak 
,avlodimiz davomchilarini ishonchli qo’llarga topshira olamiz. Sababi,,Ustoz –shogird” mexanizmi azal-
azaldan bizgacha yetib kelmoqda.Har bir boshlang’ich sinf o’qituvchis imkon qadar masala etapiga rioya 
qilib masalani yechtirishga harakat qilsa, albatta maqsadga muvofiq bo’ladi.Uchinchi renessansga turtki 
bo’lishi mumkin.Bundan tashqari masala o’qilishida boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish 
savodxonligini puxta qilsak,bunda xalqaro tadqiqotlarga ya’ni PIRLS dasturini ham qo’llashimiz 
mumkin.Bu esa o’quvchilarimiz 4-sinf bo’lganlarida matematika darslarida TIMSS xalqaro dasturga 
o’tishimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi.Sababi ko’p yillik tajribaga tayangan holda o’z 
fikrlarimni bildirdim.Masala usullaridan foydalanish ,poydevorni mustahkamlash ,murakkab masalalarni
to’g’ri mulohaza yuritish orqali,ularning tafakkur gulshanini serqirra bo’lishiga olib keladi.Bu borada 
sizlarga quyida masala usullariga
yana namuna sifatida to’xtalmoqchiman. Murakkab masalalardan namunalarni boshlangich sinf 
o’qituvchilariga tavsiya etmoqchiman.
Do’kondan 42 qop shakardan 5 qop oshxonaga va 4 qop bolalar bog’chasiga jo’natildi. Do’konda necha 
qop shakar qoldi?



Yüklə 110,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin