International Conference on Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey https :
econferencezone.org June 10 th 2022 213
9-o’quvchi:Birinchi va uchinchi mahalla orasidagi masofani.
O’qituvchi:Yoki?
10-o’quvchi”:Bunyodkor” va” Lochin” mahallalari orasidagi masofani topdik.
O’qituvchi:Bunda yana mahallalarga murojaat qilamiz .Biz masalani qisqa shartini turlicha talqinda
o’rgandik. Endi esa masalani turli usulda yechishga harakat qilamiz.,,Eng chaqqon mahalla “ konkursini
boshlaymiz.1-bo’lib ,,Bunyodkor” mahallasi masalani yechishning usullaridan ko’rsatishni boshlaydi ,
qolganlar, daftarlariga 2-bo’lib ,,Binokor” mahallasi, 3-bo’lib ,,Lochin”guruhi masala yechimlarining
usullaridan ko’rsatib berishadi.
1)270+20=290(km)2 va 3-mahalla orasidagi masofa.
2)270+290=560(km)1 va 3 mahalla orasidagi masofa.
Javob: 560km birinchi va uchinchi mahalla orasi.
2)270+(270+20)=560(km) 1 va 3 mahalla orasidagi masofa.
.Javob:560km birinchiva uchinchi mahalla orasi.
3) (270+20)+270=560(km) .
Javob:560km birinchi va uchinchi mahalla orasi.
4)20+270=290(km)2 va 3orasidagi masofa.
2)290+270=560(km)
Javob:560 km.
5)x-270+20=290 km
x-290=270km
x=290+270 km
x=560km
6)(20+270)+270=560(km )
Javob:560 km
O’qituvchi:Mahalla haqidagi murakkab masalani turli usullarda yechishga harakat qildik. O’sib
kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda biz ustozlarning qo’ygan har bir qadamimiz o’quvchilar uchun
qo’yilgan poydevordir. Mana shu poydevor hech qachon bo’sh yoki sayoz bo’lmasin. Biz bunday
masalalarni yechishda, “Mental arifmetika ” hisoblash texnikasiga ham murojaat qilishimiz mumkin.
Chunki fanlar bilan bog’liqlik, o’sib kelayotgan yosh avlodning fikrini charxlaydi. Diqqatini jamlab,
qobiliyatini mustahkamlaydi. Tasviriy xotirasini yaxshilaydi. O’quvchini ijodiy fikrlashi ortadi. O’quvchida
tinglash va kuzatuvchanlik, izlanish mahoratini o’stiradi. Uning dunyoqarashini kengaytiradi. Masalani
yechganda turlicha qisqa shart va turli usullardan foydalanishiga undaydi. Biz o’qituvchilar o’z tajribamiz
misolida olib borgan bu metodlarimizni o’sib kelayotgan yosh shogirdlarimiz bilan birgalikda olib borsak
,avlodimiz davomchilarini ishonchli qo’llarga topshira olamiz. Sababi,,Ustoz –shogird” mexanizmi azal-
azaldan bizgacha yetib kelmoqda.Har bir boshlang’ich sinf o’qituvchis imkon qadar masala etapiga rioya
qilib masalani yechtirishga harakat qilsa, albatta maqsadga muvofiq bo’ladi.Uchinchi renessansga turtki
bo’lishi mumkin.Bundan tashqari masala o’qilishida boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish
savodxonligini puxta qilsak,bunda xalqaro tadqiqotlarga ya’ni PIRLS dasturini ham qo’llashimiz
mumkin.Bu esa o’quvchilarimiz 4-sinf bo’lganlarida matematika darslarida TIMSS xalqaro dasturga
o’tishimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi.Sababi ko’p yillik tajribaga tayangan holda o’z
fikrlarimni bildirdim.Masala usullaridan foydalanish ,poydevorni mustahkamlash ,murakkab masalalarni
to’g’ri mulohaza yuritish orqali,ularning tafakkur gulshanini serqirra bo’lishiga olib keladi.Bu borada
sizlarga quyida masala usullariga
yana namuna sifatida to’xtalmoqchiman. Murakkab masalalardan namunalarni boshlangich sinf
o’qituvchilariga tavsiya etmoqchiman.
Do’kondan 42 qop shakardan 5 qop oshxonaga va 4 qop bolalar bog’chasiga jo’natildi. Do’konda necha
qop shakar qoldi?