286
marhumning ismi-sharifi, o‘limining
sanasi bitilgan, xolos.
Bunday toshlarni Samarqand viloyatining Chelek tumanidagi
eski qabristonlarda uchratamiz.
Yodgorliklar orasida qabr-sandiq ham ayricha o‘rin tutadi.
Bu yerlarda qabr-sandiqlar, asosan, taxtadan ishlangan.
Shuning uchun ham ular o‘ralgan, usti yopiq joylar, ko‘pincha,
maqbaralardagi qabrlarga qo‘yilgan. Odatda, qabr-sandiq
o‘zining
ishlanishi,
bezaklari
jihatidan
qabrtoshlardan
qolishmaydi. Tabiiyki, bunday yodgorliklar ulug‘ kishilarning
qabriga qo‘yilgan. Afsuski, kunimizgacha bunday yodgorliklar
juda oz saqlangan. Xuddi shunday qabr-sandiq Kitob
tumanidagi Sulton Said Ahmad (Hazrati Bashir) maqbarasida
bor. Uni ayni turdagi san’at yodgorliklarining go‘zal
namunalaridan biri deb sanash mumkin.
Yodgorlik yaxshi
saqlangan. Faqat u ayni chog‘da go‘r ustidan chetga olib
qo‘yilibdi. Bu yerlik qariyalarning so‘ziga qaraganda, qabr-
sandiq avval go‘r ustida turgan. Keyinchalik qabrga yangi
marmar o‘rnatilgach, chetga olib qo‘yilgan. Aftidan, mazkur
qabr-sandiq 300-330 yillar burun yasalgan.
Islom davri qabrtoshlarida matnga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Bu davr qabrtoshlaridagi matn o‘z tuzilishi, matn tanlash
prinsipiga ko‘ra O‘rta Osiyo
xalqlari tomonidan ancha burun,
boshqa diniy e’tiqodlar davrida yaratilgan epigrafik matnlardan
farq qiladi. Muslim xotirasiga o‘rnatilgan qabrtosh islom
madaniyatining muhim yodgorligidir. Bu davr toshlaridagi
matn butkul islomiy ruhda. Tabiiyki, yodnoma matni toshning
tuzilishi,
kimga
atalayotganiga
qarab
tanlangan.
Yodgorliklarda marhumga oid tarixiy ma’lumotlardan tashqari
islom e’tiqodidagi tushunchalar, Qur’oni karim oyatlari joy
olgan. Chunonchi, e’tiborli kishilar sharafiga bitilgan yodnoma
basmala bilan boshlanadi. Bundan
tashqari toshga Ollohning
ismi-sifatlari (asmau-l-husna) bitilgan. Ularning soni turlicha:
o‘ta e’tiborli yodgorliklarda 99 ta, boshqalarida 66 yoki 33 ta
keltiriladi. Toshga ba’zan Allah, Muhammad so‘zlari ham
287
bitilgan. Shuningdek, matnda Qur’oni karimdan oyatlar ham
keltirilgan.
Matn ichida marsiyalar, ba’zan sharq klassiklarining teran
falsafiy baytlari ham joy olgan. Va, eng asosiysi, matnda
marhum to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida yer egallaydi.
Sandiqbichimli qabrtoshlarda bunday ma’lumotlar toshning
bosh va oyoq ko‘ndalangiga bitilgan. Bosh tomonda ushbu
marqad kimga tegishli ekanligi ta’kidlansa, oyoq tomonda
o‘limining ta’rixi beriladi.
Tosh qanchalik soddalashgan sari undagi matn ham
oddiylashib, qisqara boradi. Ayrim toshlarda basmala,
o‘likning ismi-sharifi va o‘limining sanasi qayd etilgan, xolos.
Islom davrida yaratilgan qabrtoshlar uch tilli: arabcha,
forsiy hamda turkiy. Yodgorliklarda basmala, asmau-l-husna,
Qur’oni karimdan olingan oyatlar arabcha shaklda keltirilgan.
Marsiya va she’rlar, ko‘pincha, forsiyda keladi. Marhumga
tegishli qaydlar, o‘limining ta’rixi XIV–XVI
asrlarda,
ko‘pincha, arab tilida bo‘lib, bular bilan oldinma-ketin
forschada ham yozila boshlaydi. Keyingi davrlarda marhum
to‘g‘risidagi qaydlar turkiyda beriladigan bo‘ldi.
Qabrtoshlarning bezaklari ham e’tiborga molik. Toshlarga
ko‘pincha mehrob tasviri tushirilgan. Ba’zi toshlarning
bezaklari boy, ta’rifiga so‘z ojiz. Hatto qirralariga ishlangan
ustunchalar ham naqshinkor. Ustunchalar ishlanishiga ko‘ra
uch xil: morpech (kulala ilon), kungirador hamda bezaksiz
ustun shaklida.
Yana bir jihati, toshlarning yuziga romashka
gul, yulduzchalar o‘yib tushirilgan. Bu shakl, aftidan, shamdon
vazifasini bajargan ko‘rinadi.
Yana
toshlarga
islom
tushunchasidagi
abadiyat
belgisi(svastika)ni tushirish ham mumkin bo‘lgan.
Yozuv toshlarga o‘yib yoki bo‘rtma shaklda bitilgan. Xat
uslubi ko‘pda suls, sulsi nasx, shuningdek, nasx va nasta’liqda.
Ba’zi toshlarda Allah, Muhammad so‘zlari hamda matndagi
muhim o‘rinlar ramkalarga olinib, kufiyda ham yozilar edi.
288
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r:
Lurfan yozma uslublar tarixini, ularning kelib chiqishini so‘zlab
bering.
Lutfan badiiy matnlar uslubi va uning belgilarini ochiqlab
bering.
“Sutra uslubi” va uning belgilarini ta’riflang.
O‘tmishdan qolgan rasmiy yozmalarning muhim qirralarini
ochib bering.
Qadimgi turk monumental matnlari qanday uslubda bitilgan?
O‘rnaklar bilan tushuntiring.
Turli xil matnlardan olib, ularning uslubini tahlil qiling.
Turkiy yozma yodgorliklarda tarix qanday ko‘rinishda berilgan?
O‘zingiz bilgan-o‘qigan matnlardan o‘rnaklar keltiring.
O‘zbekistonning turli o‘lkalarida o‘zingiz ko‘rgan-bilgan eski
qabrtoshlardagi yozuvlar to‘g‘risida o‘z bilgingizcha ma’lumot
yig‘ing. Imkon tug‘ilsa, o‘sha yerlarga o‘qituvchingiz bilan epigrafik
ekspeditsiya uyushtiring.
Dostları ilə paylaş: