bitidi, bitidim
so‘zlari bilan
tugaydi. Masalan, “Qutadg‘u bilig” uyg‘ur yozuvli hirot
nusxasining oxirida asar ko‘chirib tugallangandan keyin
bitilgan ta’rix
Tügändi Qutadğu kitabï
deb boshlanadi. Yoki
Britaniya muzeyida Or.8193 soni ostida saqlanayotgan uyg‘ur
yozuvli qo‘lyozmadan o‘rin olgan “Muhabbatnoma”ning
oxiriga ta’rixdan avval
Tamām boldï Muhab(b)atnāma kitābï
deb yozib qo‘yilgan. Qo‘lyozmalarda asar tugaganligi ma’lum
qilingach, unga ba’zan
Qutluğ bolsun; Qutluğ bolsun, davlat
kelsün, mehnat ketsün
degan tilaklar ham qo‘shib qo‘yiladi.
Islom davri matnlarida sana, ko‘pincha,
tarix
degan
umumlashtiruvchi so‘z bilan birga qo‘llanadi va buning bilan
matnning bitilish sanasiga ishora qilinadi. Masalan:
tarix sekiz
yüz otuz beštä; tarix sekiz yüz qïrq üčtä
singari.
Islom davri matnlaridagi yil sanog‘i hijriyda. Masalan,
sekiz yüz qïrq üčtä
deyilganda hijriy “sakkiz yuz qirq uchinchi
275
yil” ko‘zda tutiladi. Undan keyin turkiy muchalyil oti
keltiriladi. Bunday matnlarda oy otlari ham musulmon taqvimi
asosida.
Tabiiyki,
keyin
oyning
nechanchi
kuni
ekanligi
ta’kidlanadi. Ba’zan bunga haftaning kuni ham qo‘shib
qo‘yiladi.
Shuning
singari
bir-ikki
o‘zgachaliklarni
aytmaganda, komponentlarning ketma-ketligi, jumla tuzilishida
islom davri matnchiligidagi sana bitish an’anasi o‘zidan
burungi davr matnchiligidan uncha farq qilmaydi. Islom davri
matnchiligi qadimgi turk an’ananasini saqlagan.
Badiiy matnlardagi ta’rix bitish tartibini “Qutadg‘u
bilig”ning
hirot
qo‘lyozmasidan
olingan
misol
bilan
dalillaymiz. Chunonchi, asar ko‘chirib tugallangan o‘rindagi
ta’rix shunday:
Tügändi Qutadğu kitabï tarix sekiz (yüz) qïrq
üč yïlta qoy yïl muhar(r)am aynïŋ törti Haruda
.
Yoki, ayni qo‘lyozmaning boshqa bir yerida berilgan ta’rix
quyidagicha:
Tarix sekiz yüz qïrq üčtä qoy yïl axiri muhar(r)am
aynïŋ tört yaŋïsï Haru šahrïnda bitildi
.
“Hibatu-l-haqoyiq” istanbul nusxasining oxiridagi ta’rix
esa shunday:
Tarix sekiz yüz seksän dörtdä toŋuz yïlï zulqada
ayïnïŋ on yetisidä šamba küni tamām boldï. Qutluğ bolsun,
davlat kelsün, mehnat ketsün tep Šayxzāda `Abdulrazzāq baxšï
Qustantaniyada bitidi
.
Uyg‘ur yozuvli “Muhabbatnoma”ning oxiriga bitilgan
ta’rix:
Qutluğ bolsun. Tarix sekiz yüz otuz beštä čïčqan yïl
rajap aynïŋ altïsïnda Yazd šahrïnda Mir Jalāl(id)din buyurğan
üčün bu faqir Mansur baxšï bit(i)di.
Uyg‘ur yozuvli “Tazkirayi avliyo” asarining yakuniga
shunday tarix bitilgan:
Emdi tazkirada bitilgän mašāyix
avliyālarnïŋ hikāyat sözläri tügätildi. Tarix sekiz yüz qïrqta at
yïl jumādul-āxira aynïŋ onïda Heruda Abu Malik baxšï bitidim.
Ana shunday ta’rix bitish an’anasini o‘rta asrlarning
yorliqlarida ham kuzatamiz. Masalan, Oltin O‘rda xoni
To‘xtamishning 1393 yili polyak qiroli Yag‘ayliga uyg‘ur
276
xatida yo‘llagan yorlig‘ining oxirida berilgan ta’rix shunday:
Taqağu yïl tarix yeti yüz toqsan beštä rajap ayïnïŋ sekiz yaŋïda
ordu Tanda erürdä bitiglädimiz
(Tovuq yili, ta’rix yetti yuz
to‘qson beshda, rajab oyining sakkizinchi kuni o‘rda Tanda
ekanligida yozdik).
Oltin O‘rda xoni Temur Qutlug‘ning 1397 yili uyg‘ur
yozuvida bitilib, satrma-satr arab xatida izohi keltirilgan
yorlig‘ida uning hijriy 800 yil (=1397) bars yili, sha’bon
oyining oltinchi kunida Uzu suvining yoqasida Mujavaranda
bitilganligi qayd etiladi:
Tarix sekiz yüzdä bars yïlï ša`ban
ayïnïŋ altïnčï künidä Üzü suyïnïŋ kanarïda Mujavaranda
erürdä bitildi.
Shohruhning Hirotning Chechakto‘ba mavzeidagi Talxan
ota mozorining mujovuri Ismoil nomiga bergan uyg‘ur yozuvli
suyurg‘alida qayd etilgan ta’rix:
Tarix sekiz yüz yigirmi bešidä
ud yïl muharram aynïŋ yigirmi ikisidä Bāğ-i Šaharda bitildi
(Ta’rix sakkiz yuz yigirma beshinchi, sigir yili, muharram
oyining yigirma ikkisida (=1422 yilning 16 yanvari) Bog‘i
shaharda bitildi).
Tilxatlarda ta’rixni keltirish shakli bulardan farq qiladi.
Ortig‘i bilan qaytarish evaziga olingan narsa yoki tushumidan
ulush olish sharti bilan ishlovga olingan yer uchun yozilgan
rasmiy hujjatlar (tilxatlar), odatda, o‘sha narsa nasiyaga
olingan sanani qayd etish bilan boshlanadi.
Muhim belgilaridan biri, tilxatlarda (odatda, uning oxirida)
tilxat berayotgan kishi, hatto xatni yozgan kotib, guvohlar ham
qayd etiladi. Biroq xatning yozilgan sanasi va bitilgan yeri
ko‘rsatilmaydi.
Shu o‘rinda Berlinda saqlanayotgan Turfondan topilgan
uyg‘ur yozuvli rasmiy hujjatlarning sanalarini ko‘rib chiqamiz:
U 5238 soni bilan saqlanayotgan hujjat shunday
boshlanadi:
Taqïğu yïl aram ay altï …
(Tovuq yili aram oyining
olti ...). Bu o‘rinda
aram ay // ram ay
– qadimgi uyg‘ur
taqvimining birinchi oyidir.
277
U 5329 soni bilan saqlanayotgan uch qatorli hujjat
Toŋuz
yïl üčünč ay bir
… (To‘ng‘iz yili, uchinchi oyining bir...) deb
boshlangan.
U 5316 soni bilan saqlanayotgan uch mesh may (
üč qap
süčük
) olinganligi haqidagi to‘rt qatordan iborat bo‘lgan hujjat
Ud yïl yitinč ay bir otuzqa
(Sigir yili yettinchi oyning yigirma
birida) deb boshlanadi.
U 5314 soni bilan saqlanayotgan besh qatorli hujjatning
boshlanishi shunday:
Tawšan yïl onunč ay tört yigirmikä
(Tovushqon yil o‘ninchi oyining o‘n to‘rtinchi kuni).
U 5301 soni bilan saqlanayotgan uch qatorli hujjatning
boshlanishi:
Ït yïl onunč ay biš yaŋïqa
(It yil o‘ninchi oyining
beshinchi kuni).
U 5291 soni bilan saqlanayotgan o‘n qatorli hujjat
Ït yïl bir
yigirminč ay tö[rt ..]
(It yil, o‘n birinchi oyning to‘rt ...) deb
boshlangan.
U 5284 soni bilan saqlanayotgan saqlanayotgan to‘rt qatorli
hujjatning boshlanishi:
Ud yïl č(a)xš(a)p(a)t ay iki otuzqa
(Sigir yil chaxshapat oyining yigirma ikkinchi kuni). Matnda
uchragan
čaxšapat ay
– ro‘za oyi, taqvimning o‘n ikkinchi
oyidir.
Bunday hujjatlarda keltiriluvchi ta’rix uchta komponentdan
tuzilgan bo‘ladi: yil, oy, kun. Yil, odatda, muchalyil otlari bilan
keltiriladi.
Islom davridan avval yaratilgan matnlarda oy ikki xil
tartibda berilgan: 1) oyning tartib ko‘rsatkichi aytiladi:
birinč
ay, ikinč ay, üčünč ay
singari. Bu tartib turkiy tillar tarixidagi
eng eski tartibdir; 2) oy qadimgi uyg‘ur taqvimi (budda
taqvimi, moniylik davrida ham turklar ana shu taqvimdan
foydalangan) asosida keltiriladi. Bu taqvimga ko‘ra har qaysi
oyning o‘z oti bo‘lgan. Masalan:
aram ay // ram ay
[ r`m
] – qadimgi uyg‘ur taqvimining birinchi oyi. Yoki:
čaxšapat ay
[ siksapada
] – ro‘za oyi, taqvimning o‘n
278
ikkinchi oyidir. Ushbu tartib turklar buddizm va moniylikni
qabul qilganlaridan keyin ommalashdi.
Qadimgi turklarda kunlarning oti yo‘q, ular o‘z tartibi bilan
aytiladi. Faqat oyning birinchi kunlari (odatda, birinchi o‘n
kunlik) tilga olinganda unga
yaŋï
so‘zi qo‘shib aytiladi.
yaŋï
–
“oyning birinchi kuni” degan ma’noni anglatadi. Masalan,
biš
yaŋïqa
deyilganda “yangi oyning beshinchisida, oyning
beshinchi kunida” deb tushuniladi.
Islom davridan boshlab hafta kunlari ham ommalashdi.
Shuning uchun islom davri matnlarida oy kunlaridan keyin
hafta kunlari ham qo‘shib qo‘yilgan.
Demak, turkiy tillar tarixidagi sanoq kishilik hisob-kitob
tushunchalarining kelib chiqishidan boshlab uning tugal bir
tizimga aylanishiga qadar davom etgan uzoq asrli taraqqiyotini
o‘zida aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |