Toxtamïš sözüm Yağaylağa
,
Temur Qutlug‘ning 1397 yili bitilgan yorlig‘i esa
Temür
Qutluğ sözüm
deb boshlangan.
Shu o‘rinda ko‘k turk bitiglariga murojaat qilamiz. Bilga
xoqon ulug‘ bitigi
Täŋri-täg täŋri yaratmïš türk Bilgä qağan
sabïm
jumlasi bilan boshlangan. Bu boshlama xoqonning el-
ulusga yo‘llagan yorlig‘ining unvoni (preambulasi)dir. Unvon
uch komponentdan tuzilgan: birinchisi yaratganning e’tirofi
(
Täŋri-täg täŋri yaratmïš
), ikkinchisi xoqonning oti va unvoni
(
türk Bilgä qağan
), uchinchisi esa
sab
(“so‘z, farmon,
yorliq”)ning xoqonga qarashliligini anglatuvchi bo‘lak (
sabïm
).
Birinchi qismga kiruvchi
Täŋri-täg
(“ko‘kday”) so‘zi
täŋri
(“yaratgan, tangri”)ning sifati bo‘lib, uning ko‘kday ulug‘ligiga
ishoradir. Ikkinchi qismda
Bilgä qağan
ismidan avval
qo‘llangan
türk
so‘zi ulug‘ shaxs, yurt egasining sifatidir.
O‘rta asrlarda bitilgan turkiy yorliqlarning boshlamasida
ham ba’zan yorliq yo‘llovchi yurt egasining darajasi, unvoni
qo‘shib yozilgan. Masalan Shohruh Mirzoning 1422 yili
yozilgan nishoni
Šāhruh bahadur
shaklida keladi. Ushbu
birikmadagi
bahadur
so‘zi yuqori tabaqa kishilariga beriluvchi
nisbani, unvonni bildiradi. Qiyos uchun turkiy yorliqlar
boshlamasida
qo‘llangan
abu-l-muzaffar,
abu-l-ğāzi:
unvonlarini eslash yetarli. Bilga xoqon unvonidagi
sabïm
–
“mening so‘zim” degani emas, balki “mening murojaatim,
mening yorlig‘im” ma’nosidadir. Turkiy tilning keyingi
bosqichida
sab (~saw)
so‘zi iste’moldan chiqib, uning o‘rnida
söz
kalimasi qo‘llana boshladi. Endi rasmiy hujjatlar
269
boshlamasida ham qadimgi
sab(~saw)
o‘rnini
söz
egalladi. Bu
ham tarixiy an’anaga uyg‘un holda “buyruq, farmon, yorliq”
ma’nolarini beradi.
Yuqoridagilarga tayanib, Bilga xoqon ulug‘ bitigi
boshlamasini shunday talqin etish mumkin: “Ko‘kday (ulug‘)
tangri yaratgan qudratli Bilga xoqon so‘zim”. Bilga xoqon ana
shu unvon bilan xalqiga, kelajak o‘g‘il-qizlarga murojaat
qilgan. Ushbu boshlamada barcha komponentlarning to‘la-
to‘kis, lo‘nda, ixcham holda muayyan qolipga joylashganligi
ko‘k turk hujjatchiligida rasmiy hujjat unvonlarining uslub
jihatdan anchayin takomillashganidan darak beradi.
O‘rta asrlarning yorliqlari (jumladan temuriylar zamonidan
qolgan yorliqlar) unvonlarining qolipi qadimgi turk davriga
ildiz otgan deyishga to‘la asos bor. Turkiy unvonlar qolipi ko‘k
turk xoqonliqlari davrida ishlab chiqilib, zamonlar osha yozma
til (
bitig söz
) uslublari bilan tengma-teng yuksalib kelgan.
Kirishning ikkinchi komponenti –
adresat (inscriptio)
,
qabul qiluvchi tomon. Ushbu komponentda xat yo‘llanayotgan
kishining oti, uning kimga yuborilayotgani qayd etilgan.
Kirishning uchinchi komponenti –
salomlashish (salutatio)
.
Bu komponentda xat yo‘llovchining salomi bayon qilingan.
Bildirilgan salomdan keyin maqsadga (asosiy qismga)
ko‘chiladi.
Yorliqlarning so‘nggi – yakuniy qismida ta’rix va
yorliqning yozilgan yeri qayd etilgan.
O‘tmishdan narsani yoki yerni ishlovga olish uchun
berilgan tilxatlar ham yetib kelgan. Bunday tilxatlarning matn
komponenti yorliqlardan ajralib turadi. Ortig‘i bilan qaytarish
evaziga olingan narsa yoki tushumidan ulush olish sharti bilan
ishlovga olingan yer uchun yozilgan rasmiy hujjatlar (tilxatlar),
odatda, o‘sha narsa nasiyaga olingan sanani qayd etish bilan
boshlanadi. Muhim belgilaridan biri, tilxatlarda (odatda, uning
oxirida) tilxat berayotgan kishi, hatto xatni yozgan kotib,
guvohlar ham qayd etiladi.
270
Ortig‘i bilan qaytarish evaziga olingan narsa uchun
yozilgan tilxatlarning boshlamasi uchta komponentdan tuzilgan
bo‘ladi: 1) qarzga olinayotgan sana; 2) sabab: qarz oluvchiga
qanday shart asosida kerak bo‘lgan narsa; 3) oqibat: kimdan va
qancha narsa olinganligi.
Albatta, bunday matnda ikkinchi va uchinchi komponentlar
(sabab va oqibat) muhimdir. Birinchi komponent esa ana shu
hodisaning paytini ko‘rsatishga xizmat qiladi va uning yuridik
maqomini mustahkamlaydi. Matnning birinchi komponentini
tashkil etuvchi sana yil, oy va kun ketma-ketligida ifoda etiladi.
Ikkinchi komponentda qarz olinishining sababi, qarz
oluvchi va unga qanday shartga rozi bo‘lgan sharoitda nima
kerak bo‘lganligi ta’kidlanadi. Ushbu komponentda qayd
etilayotgan qarz oluvchining ismi, odatda,
mäŋä
aniqlovchi-
izohlovchisi bilan qo‘llanadi.
Matnning ushbu komponentida, ko‘pincha,
tüškä
so‘zi
ishlatiladi. Bu “ortig‘i (foizi) bilan qaytarish evaziga” degan
ma’noni anglatadi. Biror shart asosida kerak bo‘lgan narsa esa
kärgäk bolup
birikmasi bilan keladi.
So‘nggi – uchinchi komponentda kimdan va qancha narsa
olinganligi qayd etiladi. Bunday matnning kesimi o‘tgan
zamon shaklidagi
aldïm
so‘zi bilan tugaydi.
Shu o‘rinda Berlin fondida saqlanayotgan U 5252 raqamli
kunjit olinganligi xususidagi o‘n bir qatorli hujjatning
boshlamasidagi jumlani ko‘rib chiqsak. Uni tarkibiy qismlarga
(komponentlarga) shunday ajratishimiz mumkin:
Bičin yïl
törtünč ay on yaŋïqa / mäŋä Qïmïrqa tüškä künčit kärgäk bolup
/ Qïyïmtudïn tört qap künčit aldïm.
Yuqoridagi matnning birinchi komponentida qayd etilgan
sana “Maymun yili, to‘rtinchi oyning o‘ninchi kunida” degan
ma’noni bildiradi. Ikkinchi komponent “Menga – Qimirga,
ortig‘i bilan qaytarish evaziga kunjit kerak bo‘lib” degani.
Uchinchi komponent “Qayimtudan to‘rt qop kunjit oldim”
degan ma’noni anglatmoqda.
271
Yoki U 5254 raqamli tariq (
yür
) olinganligi xususidagi o‘n
to‘rt qatorli hujjatning boshlamasini komponentlarga shunday
bo‘lamiz:
Qoyn yïl ikinti [ay] biš yaŋïqa / mäŋä Tuğamqa tüškä
yür kärgäk bolup / Qayumtudïn bir q[…]ïn yür aldïm.
Bunday hujjatlarda keltiriluvchi ta’rix uchta komponentdan
tuzilgan bo‘ladi: yil, oy, kun. Yil, odatda, muchalyil otlari bilan
keltiriladi.
Rasmiy uslubning muhim belgilaridan biri, ularda
mubolag‘a, o‘xshatish, sifatlash, ortiqcha ta’riflar, yo‘q. Ularda
fikr aniq va lo‘nda bayon etiladi. Qolaversa, yorliqlar uslubi
badiiy epistolyar matnlardan ham ajralib turadi. Epistolyar
janrda, odatda, badiiylik ustivor bo‘ladi. Yorliqlar esa rasmiy
uslubda yozilgan.
Rasmiy yorliqlar tilida muayyan qolipdagi birikmalar ham
uchrab turadi. Shulardan biri
Teŋri ‘ināyatï bulup
birikmasidir.
U “Tangridan inoyat topib; Tangridan inoyat bo‘lib; Tangridan
inoyat yetib” degan ma’noni anglatadi (
bulup
– “topib,
yetishib” anglamidadir). Bu birikma
Teŋri ‘ināyat qïlïp, Teŋri
‘ināyatïğa sïğïnïp, Teŋri ‘ināyatïdïn, Teŋri ‘ināyatï birlä
shakllarida ham uchraydi. Shuningdek, rasmiy matnlarda
o‘ziga xos atamalar ham mavjud. Masalan, o‘rta asr
maktublarida o‘ziga tobe kishilarga, yurt egasi uchun esa
o‘ziga qaram yurtning egasiga nisbatan
ini-oğulluq
so‘zi
ishlatilgan.
O‘tmishdan qolgan ayrim hujjatlarda biron ma’lumotlar
qayd etib qo‘yilgan, xolos. Shu o‘rinda Dunxuandan topib
keltirilgan qog‘ozdagi ko‘k turk yozuvli bir hujjatga e’tibor
qarataylik (Orkun 1987,288,292).
Qizig‘i shundaki, urxun va yenisey bitiglarida, imlo
qoidasiga ko‘ra,
Dostları ilə paylaş: |