267
asosidagi kelishuvni bildiradi. Demak,
bitim
so‘zining
qadimiyligi kishilar
yoki
jamoalar o‘rtasidagi
yozma
kelishuvning, uning huquqiyligini ta’minlaydigan ana shu
hujjat turining eskiligiga dalolat qiladi.
Bundan
tashqari eski bitiglarda
yarlïq~yarlïğ
so‘zi ham
bor. Ushbu atama asli “tangrining yorlig‘i, buyrug‘i, hukmi”
ma’nosini anglatgan. Bitiglarda
Täŋri yarlïqasu
degan tilak-
duo
tez-tez uchrab turadi, bu “tangri yorliqasin;
tangri
buyursin; tangrining buyrug‘i ana shunday bo‘lsin” deganidir.
Yoki
Üzä täŋri yarlïqadï
deyiladi. Bu “yuqorida tangri
yorliqadi; ko‘k-tangri shuni buyurdi; ko‘k-tangri shuni istadi”
degan
ma’nolarni
beradi.
Keyinchalik
hukumdorning
buyrug‘ini ifodalash uchun ham ana shu so‘z qo‘llanilib
ketgan. Rasmiy yozmalarda
yarlïq~yarlïğ
atamasi “yorliq,
farmon” ma’nosini
bildiradi;
yarlïq yarlïqadï
deydi, bu
“farmon berdi” degani. “O‘g‘uzxoqon” dostonida bu so‘z
čarlïğ
ko‘rinishida qo‘llanilgan.
Muhimi, qadimgi turkiy tilda hujjat ishlari, rasmiy-huquqiy
munosabatlarga tegishli butun bir atamalar tizimi ishlab
chiqilgan
edi.
Bu
ham
bo‘lsa
rasmiy
uslubning
takomillashganligini ko‘rsatuvchi belgidir.
Turkiy hujjatchilik tarixi turklar yer yuzida o‘z davlatlarini
qura boshlagan, davlat idoralarida boshqaruv ishlari turkiy tilda
yuritila boshlagan davrlarga ildiz otgan. Bizgacha qadimgi iskif
va xun davlatlarida yaratilgan rasmiy yozmalar saqlangan
emas. Eng eski turkiy rasmiy bitiglar ko‘k
turk xoqonliqlari
davridan qolgan. Shunday esa-da, ushbu matnlar rasmiy
uslubning
davrlar osha yuksalib, ana shu ko‘rinishga
kelganidan dalolat beradi.
Rasmiy yozmalar o‘zining maqsadi, darajasi, huquqiy
mavqei nuqtai nazaridan turlarga bo‘linadi.
Bunday hujjatlar
tuzilishi, matn komponentlariga ko‘ra o‘zaro farqlanib turadi.
Masalan, yorliqlarni olaylik. Ularni tuzilishiga ko‘ra
kirish
268
(начальный протокол),
asosiy
va
yakun
qismiga (конечный
протокол) ajratish mumkin.
Kirish
qismi, ko‘pincha uch komponentdan tuziladi.
Birinchisi – unvon.
Unvon
bitig(söz)ning kimga tegishliligi
(kim tomonidan yozdirilayotganligi)ning qaydi, uning kim
tomonidan yozilayotganligini dalillovchi yorliqdir. Masalan,
Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning 1393
yili polyak qiroli
Yag‘ayliga yo‘llagan yorlig‘i
Dostları ilə paylaş: