Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


ko‘nikmasiga ega bo‘lishi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
-
turkiy yozma yodgorliklarni o‘qib, matn ma’nosini to‘g‘ri 
anglashi va hozirgi o‘zbek tiliga o‘gira olishi;
-
klassik turkiy matnlardagi, adabiy asarlardagi ilg‘or 
g‘oyalarni, kishilikning yuksalishiga xizmat qiluvi fikrlarni uqib, 
ularni to‘g‘ri talqin qila olish 
malakasiga ega bo‘lishi kerak.
 
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 
va uslubiy jihatdan uzviyligi 
“Turkiy til tarixi” ixtisoslik fanlari qatorida turadi. Ushbu fanini 
o‘zlashtirish uchun o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan gumanitar va 
ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy fanlar 
(eski turkiy yozuvlar, asosiy sharq tili, tilshunoslikka kirish, 
qo‘shimcha sharq tili v.b.) va ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim 
hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi.
 
Fanning gumanitar fanlar tizimidagi o‘rni 
Maktabgacha ta’lim muassasasi, o‘rta umumta’lim maktabi, 
akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida hamda O‘zR FA 
Sharqshunoslik instituti, Til va adabiyot instituti, Tarix ilmiy 
tekshirish institutlarida faoliyat olib borilganda “Turkiy til tarixi” 
kursidan olingan bilimlar asqotadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy 
ixtisoslik fani sanalib, mumtoz filologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 
bakalavr tayyorlash bosqichining ajralmas bo‘g‘inidir.
 
Fanni o‘qitishda yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llash
 
Ilmi toliblarning “Turkiy til tarixi” fanini o‘zlashtirishlari uchun 
o‘qitishning ilg‘or va yetakchi usullarini qo‘llash, yangi pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning 
bilan birga, mumtoz filologiya mutaxassislarini tayyorlashda 


358
o‘tmishda ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan ilg‘or ta’lim 
usullari, notiqlik san’ati, balog‘at bilimi masalalarini egallash, yozma 
adabiy til, adabiy tilning uslubiy imkoniyatlaridan ustalik bilan 
foydalanish mahoratini singdira borish talab etiladi.
Fanni o‘qitish jarayonida darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, 
ma’ruza matnlari, dars yo‘rug‘lari, tarqatma materiallar va 
ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin