111
izohlar ekan, “inčkä ün bilä yïğlağaylar” deb yozadi (ML.172).
Yoki dovush balandligiga nisbatan biyik so‘zini qo‘llaydi:
ökürmäk
so‘zining ma’nosini izohlar ekan, “biyik ün bilä
yïğlağaylar” deb yozadi (ML.171).
Turk tilshunosligida orqa qator unlilar
kalın sesliler
(qalin
unlilar) deb yuritiladi.
Old qator unlilar esa
ince sesliler
(ingichka unlilar) deb yuritiladi.
Unlilar
qatorini
hozirgi
tilshunosligimizda
qanday
ataganimiz ma’qul, degan savolning tug‘iluvi tabiiy. Shu
o‘rinda bir misol. Hozirgi o‘zbekchada “yo‘g‘on dovushli
kishi”, “yo‘g‘on dovushda so‘zladi” yoki “ingichka dovushda
so‘zladi” deymiz.
Shundan kelib chiqib, orqa qator unli
tovushlarga nisbatan
qalin, qattiq
emas,
balki
yo‘g‘on
yoki old
qator unlilarga nisbatan
yumshoq
emas, balki
ingichka
sifatini
qo‘llaganimiz ma’qul.
Old qator unlilari “ingichka”, orqa qator unlilari esa
“yo‘g‘on” talaffuz qilinadi. Masalan,
asïğ, adağ, bar-, qağan,
yarlïqa-, qara
- so‘zlaridagi [a] unlisi orqa qator, “yo‘g‘on”
tovush bo‘lib eshitiladi;
ädgü, täŋri, birlä, bilgä
so‘zlaridagi [ä]
fonemasi
esa old qator, “ingichka” tovush bo‘lib eshitiladi.
Buni boshqa unlilarning aytilishida ham yaqqol kuzatish
mumkin. Tovushlarning hosil bo‘lish jarayonidagi ushbu
hodisa fonologik xarakterga ega, ya’ni ular ma’no farqlaydi:
at
(ot, hayvon) –
ät
(et, go‘sht);
tïl
(til, nutq) –
til
(nutq a’zosi);
ot
(olov) –
öt
(o‘t qopchasi),
bol
- (bo‘lmoq) –
böl
- (bo‘lmak),
tor
(tuzoq) –
tör
(to‘r, yuqori o‘rin);
uč
- (uchmoq, o‘lmoq) –
üč
(3,
son).
Muhimi, so‘zning fonetik-fonologik
tabiati ana shu
unlilarga moslashadi. So‘zning birinchi bo‘g‘inida old qator
unlilar kelsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator unlilar
qatnashadi. Yoki, teskarisi, birinchi bo‘g‘inda orqa qator unlisi
qatnashsa, keyingi bo‘g‘inlar unlisi
ham orqa qator unlilari
bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, so‘zlar “yo‘g‘on” yoki
“ingichka” talaffuz etiluvchilarga bo‘linadi.
112
Yodgorliklarning yozuv va fonetik o‘zgachaliklari qadimgi
turkiy tilda sakkizta unli fonema amal qilganidan dalolat
beradi. Bular: [a], [ä], [ï], [i], [o], [ö], [u], [ü]. Bulardan:
[a] – orqa qator, “yo‘g‘on”, keng, lablanmagan unli;
[ä] – old qator, “ingichka”, keng, lablanmagan unli;
[ï] – orqa qator, “yo‘g‘on”, tor, lablanmagan unli;
[i] – old qator, “ingichka”, tor, lablanmagan unli;
[o] – orqa qator, “yo‘g‘on”, keng, lablangan unli;
[ö] – old qator, “ingichka”, keng, lablangan unli;
[u] – orqa qator, “yo‘g‘on”, tor, lablangan unli;
[ü] – old qator, “ingichka”, tor, lablangan unli.
Qadimgi turkiy tilning unlilar
tizimi tovushlar qatori, tor-
kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra o‘zaro qarama-qarshi
juftliklarni yuzaga keltirgan: orqa qator “yo‘g‘on” [a], [ï], [o],
[u] unlilari old qator “ingichka” [ä], [i], [ö], [ü] unlilariga; keng
[a], [ä], [o], [ö] unlilari tor [ï], [i], [u], [ü] unlilariga;
lablanmagan [a], [ä], [ï], [i] unlilari lablangan [o], [ö], [u], [ü]
unlilariga qarama-qarshi turadi.
[a] unlisi [ä] unlisiga qarama-qarshi turadi. [a] unlisi
“yo‘g‘on” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi:
Dostları ilə paylaş: