Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


ﻮﮐذاا eδgü – ezgu,  نوذ ﻮﺑ



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

ﻮﮐذاا
eδgü – ezgu, 
نوذ ﻮﺑ
boδun – xalq, 
ﻮﻏﺬﻗ
qaδğu – qayg‘u, 
ذﻮﻗ
qoδ- qo‘y – (fe’l) va b. 
Qadimgi turkiy matnlarda o‘zlashgan so‘zlar tarkibida 
sirg‘aluvchi [ž] tovushi ham uchraydi. Arab yozuvli matnlarda 
ushbu tovush 
ژ
harfi bilan ifoda etilgan: 
نوژ ا
ažun – dunyo. 
Arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan yozuv 
prinsipi amal qilgan. Bunday so‘zlar arabcha matnlarda qanday 
yozilsa, turkiy matnlarda ham shunday yozilavergan. Lekin 
ulardagi arab tiligagina xos bo‘lgan tovushlar turkiy til 
talablariga bo‘ysungan holda talaffuz etilgan. Masalan: 
لﺪﻋ
‘adl 
– adl, 
ﻲﻠﻋ
‘Ali – Ali, 
ﺎﻨﺛ
sana – sano, hamd, 
ﻞﺜﻣ
masal – maqol. 
 
SIG‘NAQ XATI 
“Abushqa” lug‘atida ushbu yozuv to‘g‘risida ma’lumot 
berilgan. Lug‘at tuzuvchisi 
sïğnaq
so‘zini izohlar ekan, u 
muayyan yozuvning oti ekanligi, Zahiriddin Muhammad Bobur 
o‘z g‘azallaridan birida uni tilga olganligini ta’kidlaydi va 
g‘azalning o‘sha baytini misol keltiradi: 
Sïğnaq
– bir nav’ xatdur, Čïğatayda xatt-i bāburiî va ğayri 
kibi-ke, Bābur Mirzā aš’ārïnda kelür. Bayt: 
Xublar xattï nasibïŋ bolmasa, Bābur, ne taŋ, 
Bāburî xatï emäsdür, xat-i sïğnaqîmudur (DDT.278). 
Sïğnaq
atamasi, chamasi, o‘rta asrlar Sirdaryo bo‘yidagi turk 
madaniy markazlaridan biri bo‘lgan shahar otiga bog‘lanadi. 
Ana shu o‘lkada qo‘llanilgan yozuv shunday atalgan bo‘luvi 
mumkin. 
Sig‘naq xatining namunalari hozircha ma’lum emas. Ehti-
mol, u qadimgi turkiy yozuvlardan biridir. Dalillar aniqlan-
gunga qadar bu masala ochiq qoladi. 


108
XATT-I BOBURIY 
Ushbu yozuv Zahiriddin Muhammad Boburning tilshunos 
sifatidagi ulug‘ kashfiyotidir. Bu xatning muayyan doirada 
amal qilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Lekin bu yozuvda 
bitilgan matnlardan bizgacha yetib kelmagan yoki, bor bo‘lsa 
ham, fanga ma’lum emas. 
Muhammad Tohir ibn Qosimning 1645 yili Balxda Said 
Nodir Muhammadxon topshirig‘i bilan yozilgan “Ajoib at-
tabaqot” asarida xatt-i boburiy bilan bog‘liq muhim bir fakt bor 
(Aзимджанова 1963). O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti 
fondida 409- hamda 411- raqamlari ostida asarning qo‘l-
yozmalari saqlanmoqda. 
Kitob yetti bo‘limdan iborat. Ularda olamning yaratilishi
payg‘ambarlar, yer va koinotning holati, ba’zi ajoyib ishlar, 
g‘aroyib ilmlar haqida so‘z boradi.
409-raqamli qo‘lyozmaning 241a–242b- sahifalarida 
Dar 
ta’ayyuni xutut az anvāi o
(“Xatlar va uning turlarini bilish 
haqida”) sarlavhasi ostida muayyan tartibda o‘n to‘rtta alifbo 
keltirilgan. Alifbolarning boshida ularning oti ham yozib 
qo‘yilgan. Shulardan o‘ninchi alifbo xatt-i boburiydir. Uning 
boshlanishiga 
Xatt-i bāburî inas
t deb yozilgan. Shundan so‘ng 
xatt-i boburiyning 28 harfi keltirilib, har biri arabcha harflar 
bilan izohlab chiqilgan. Alifbodagi harflar sirasi quyidagicha 
(o‘ngdan chapga – faqat arabcha harflarni keltiramiz): 
ظ ط ه ض ص ش س ذ د خ ح ج ث ت ب ا
ي ﻻ ه و ن م ل ک ق ف غ ع
 
411- raqamli qo‘lyozmada ham xatt-i boburiy alifbosi bor (u 
qo‘lyozmaning 67b- betida). Biroq, ushbu qo‘lyozmada jami 
o‘nta alifbo namunasi beriladi. Xatt-i boburiy ularning 
o‘ninchisidir. Muhimi shundaki, ushbu alifboda 29 harf 
keltiriladi. Ular ham arabcha harflar bilan izohlab chiqilgan. 
Mazkur alifboda yuqoridagi alifbo harflari qatoriga 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin