Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

ث
), ha: (
ح
), xa: (
خ
), da:t (
ض
), za: 
(
ظ
), ‘ayn (
ع
), fa: (
ف
), ha (
ه
). Ushbu harflar turk tiliga boshqa 
tillardan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydi (KTT.1). 
 
TURKIY SINGARMONIZM 
So‘nggi yillarda tilshunosligimizda o‘zbek tili tarixida, 
xususan, Alisher Navoiy asarlari tilida singarmonizm qonuni 
buzilgan edi, o‘zbek tili tarixi uchun ushbu hodisa ahamiyatli 
emas, 
degan 
fikrlar 
chiqib 
qoldi. 
Butkul 
qo‘shilib 
bo‘lmaydigan fikr. Turkiy tillar tarixida, xususan, eski o‘zbek 
tilida singarmonizm temir qonun sifatida amal qilgan. Eski 
o‘zbek tilining fonetik qurilishi, morfo-fonologik tizimi ana 
shu qonunga bo‘ysungan edi. Navoiy asarlarining tili 
singarmonizmli tildir. Bugina emas, butun o‘zbek mumtoz 
adabiyoti asarlarining tili ayni qonunga asoslanadi.
To‘g‘ri, “singarmonizm” atamasi g‘arb tilshunosligi 
ta’sirida kirib o‘zlashgan. Tarixan bu atama uchramagani bilan, 
turkiy tillarda bu hodisa burundan bor. O‘tmishda yaratilgan 
grammatika va lug‘atlarda ushbu hodisaga ishora etuvchi 
qaydlarga duch kelamiz. O‘sha zamon tilshunoslari muayyan 
harf, so‘z yo qo‘shimchaning talaffuzini sharhlaganda, ularning 
fonetik-fonologik xususiyatini ta’kidlab o‘tadilar. Ularning bu 
ma’lumotlari hozirgi tushunchamizdagi “singarmonizm”ning 
o‘zidir. O‘tmish tilshunosligida qanday atalgani yoki qay holda 


123
ta’riflanganidan qat’i nazar, turkiy tillar tabiatida bu qonun bor, 
bor bo‘lganda ham o‘ta ahamiyatli edi. Hozir ham boshqa 
turkiy tillarda singarmonizm qonuni davom etmoqda. Muhimi, 
so‘zning fonetik-fonologik tabiati shu qonunga moslashadi.
Singarmonizm
deb 
so‘zdagi 
tovushlarning 
hamda 
qo‘shimchalarning talaffuziga ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashuvi, 
moslashuviga aytiladi. Singarmonizm unlilarda ham, undoshlar 
tizimida ham amal qiladi.
Unlilar uyg‘unligi ikki xil: 
1) 
Tanglay uyg‘unligi
: so‘zdagi tovushlarning bir-biriga va 
qo‘shimchalarning o‘zakka qatorda va “yo‘g‘on-ingichkalikda” 
moslashuvi. So‘zning birinchi bo‘g‘inida old qator unlilar 
kelsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator unlilar qatnashadi. 
Yoki, teskarisi, birinchi bo‘g‘inda orqa qator unlisi qatnashsa
keyingi bo‘g‘inlar unlisi ham orqa qator unlilari bo‘ladi. 
Shundan kelib chiqib, so‘zlar “yo‘g‘on” yoki “ingichka” 
talaffuz etiluvchilarga bo‘linadi. 
Mazkur qonunga ko‘ra o‘zak-negizga qo‘shiladigan 
affikslar ham fonetik variantlardan iborat bo‘ladi. Masalan, ot 
yasovchi 
-ğ, -g 
affiksi: 
qapïğ
– eshik, 
bilig
– bilim; jo‘nalish 
kelishigi affiksi -
qa, -kä

qağanqa
– xoqonga, 
äbkä
– uyga; 
yoki 
-ğaru, -gärü
affiksi: 
oğuzğaru
– o‘g‘uzga, 
ilgärü
– 
oldinga (Sharqqa). 
2) 
Lab uyg‘unligi
: birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi 
bo‘g‘indagi unlining yoki o‘zakning oxirgi bo‘g‘inidagi unliga 
qo‘shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvi: 
älimiz 
– davlatimiz, 
sümüz
– lashkarimiz, 
atïm
– otim, 
bodunum
– 
xalqim. 
Bu qonunga ko‘ra ham bir qator affikslarning lablangan 
unlili va lablanmagan unlili variantlari bo‘lgan. Jumladan: 
qaratqich affikslari 
-nïŋ, -niŋ; -ïŋ, -iŋ
larning -
nuŋ, -nüŋ; -uŋ, -
üŋ
variantlari, sifat yasovchi -
lïğ, -lig
ning -
luğ, -lüg
variantlari 
ham bor va b. 


124
Shu bilan bog‘liq yana bir masala. Singarmonizm deganda 
so‘zdagi tovushlarning hamda qo‘shimchalarning talaffuziga 
ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashuvi, moslashuvi tushuniladi. Odatda, 
ushbu qonun asosida unlilar uyg‘unligi, so‘zning birinchi 
bo‘g‘inidagi unlisiga keyingi bo‘g‘inlardagi unlilarning 
moslashuvi nazarda tutiladi. Bu fikr to‘g‘ri, biroq, ta’kidlash 
kerakki, uyg‘unlik unlilar doirasidagina yuz berib qolmaydi. 
Masalan, 
qol
so‘zida [o] unlisi til orqa tovush, unga yondosh 
bo‘lgan [q] undoshi ham “yo‘g‘on”. Ularga uyg‘un holda [l] 
ning ham “yo‘g‘on” varianti qo‘llaniladi. Yoki 
köl
so‘zida [ö] 
old qator unlisi, [k] esa “ingichka” tovush. Shularga mos holda 
[l'] ning ham “ingichka” varianti qo‘llaniladi. Shuningdek, 
tor
so‘zida [o] til orqa unlisi. Shunga muvofiq, [t] va [r] 
undoshlarining “yo‘g‘on” varianti ishlatiladi. “Yuqori o‘rin, 
uyning to‘ri” ma’nosidagi 
tör
so‘zida esa buning aksi: [ö] old 
qator unli bo‘lgani bois, [t'] va [r'] undoshlari ham “ingichka” 
talaffuz etiladi. Boshqa so‘zlarda ham shunday.
Demak, 
singarmonizm
deganda so‘z bo‘g‘inlari tizimida 
tovushlarning (faqat unlilarning emas) uyg‘unlashuvi va so‘z 
bo‘g‘inlarining fonetik-fonologik jihatdan o‘zaro moslashuvini 
tushunmoq kerak. Singarmonizm so‘zning butun bir fonologik 
qurshovida amal qiladi: boshlab o‘zakning fonologik qurumi 
shakllanadi, so‘ngra negiz va keyingi morfemalarga yoyiladi. 
Shu shaklda so‘zning uyg‘un bir morfo-fonologik tizimi 
yuzaga keladi. 
Turkiy tillar tarixida undoshlardagi 
jaranglilik va 
jarangsizlik uyg‘unligi
ham ahamiyatga molik. Mazkur 
qonunga ko‘ra o‘zak-negiz jarangsiz undosh bilan tugasa, 
qo‘shimchaning birinchi tovushi ham shunga moslashadi, ya’ni 
jarangsiz undoshli bo‘ladi: 
otqa
– olovga, 
tiläkkä
– tilakka. 
O‘zak-negiz unli tovush, jarangli undosh yoki sonor bilan 
tugagan bo‘lsa, unda affiksning jarangli undosh bilan 
boshlanuvchi varianti qo‘shiladi: 
yulğuč
– ombir, 
barduq
– 
borgan.


125
Ko‘k turk yodgorliklari tilida o‘zak-negiz unli, jarangli 
undosh yoki sonor bilan tugagan hollarda ham qo‘shimchaning 
faqat jarangsiz undoshli varianti qo‘shiluvi mumkin. Jumladan, 
urxun bitiglarida jo‘nalish kelishigining, asosan, 
-qa, -kä
variantigina qo‘llangan. O‘zak-negizning oxirgi tovushi qanday 
bo‘lishidan qat’i nazar, ayni shakli qo‘llangan: 
tağqa
– toqqa, 
Tämür qapïğqa
– Temir qopiqqa, 
yärkä 
– yerga, 
ögüzkä
– 
daryoga va b. Bu xususiyat keyingi davrlarda ham qisman 
dovom etdi. Jumladan, “Qutadg‘u bilig”da, “Devonu lug‘atit 
turk”dagi turkiy matnlarda ham bu shakl ustun. Shuning bilan 
bir qatorda, uning -
ğa, -gä
varianti ham uchraydi. Ko‘rinadiki, 
turkiy tillar tarixida jaranglilik va jarangsizlik uyg‘unligi 
keyinchalik muqum bir hodisaga aylangan. 
Jaranglilik va jarangsizlik uyg‘unligi qonuniga muvofiq 
holda affikslar ikki xil variantda amal qilgan: biri – jarangi 
undosh bilan boshlanuvchi va ikkinchisi – jarangsiz undoshlar 
bilan 
boshlanuvchi 
variantlar. 
Masalan, 
sifatdosh 
qo‘shimchalari: 
-duq, -dük / -tuq, -tük; -dačï, -däči / -tačï, -täči

ravishdosh qo‘shimchasi -
ğalï, -gali / -qalï, -käli
va b. 
Shu va shuning singari misollar tilimiz tarixida, bizgacha 
yetib kelgan yozma yodgorliklar tilida singarmonizm qonuni 
amal qilganligini isbotlab turibdi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin