Mobil ta'lim
- bu ixcham, ko‘chma, mobil qurilmalar va texnologiyalar
orqali muntazam ravishda olib boriladigan faoliyat bo‘lib, ta’lim oluvchilarga
axborot olish yoki yaratish, muloqot qilish orqali ta’lim jarayonini yanada samarali
bo‘lishiga imkon beradi.
Mobil ta'lim
- bu har qanday formatdagi ma'lumotlarni shaxsiy mobil
qurilmalarga qabul qilib olish yoki taqdim etish imkoniyatidir.
Mobil ta’lim
– bu vaqt va makondan qat’iy nazar mobil texnologiyalar
orqali ta’lim olish imkoniyatidir.
Mobil ta’lim olish amaliyotining kundan – kunga ommalashuvi va rivojlanib
borishi uning qator quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligida desak, xato qilmaymiz:
-
mobil ta’limda makon va vaqt tushunchalarining ahamiyati yo‘q. Ya’ni
mobil ta’lim bu – mobil qurilmalari orqali istalgan joyda va istalgan vaqtda ta’lim
olish imkoniyatidir;
-
mobil texnologiyalaridan ta’limiy maqsadlarda foydalanish talabalarning
o‘quv motivatsiyasini oshiruvchi noyob vosita hisoblanadi;
-
mobil ta’lim – bu o‘quv materiallarini kichik ekranlar ichiga shunchaki
joylashtirish emas, balki innovatsion ta’lim shakllari va usullarini joriy etish
yo‘lidir;
-
mobil ta’lim o‘zida geymifikatsiya elementlarini mujassamlashtiradi;
-
mobil ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarning almashinuvi
jadal tarzda kechadi;
-
mobil qurilmalarning moslashuvchanligi ta’lim oluvchilarning har biriga
individual yondashuvni saqlab qolgan holda, bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli ta’lim
oluvchilarning bilim darajasi va materiallarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini
monitoring qilish imkoniyatini taqdim etadi;
-
mobil ta’lim multimediyali xilma – xillikdagi o‘quv materiallarini
jamlaydi va vizual tarzda taqdim etadi;
-
mobil ta’lim professional va AKT sohasida ko‘nikmalarni rivojlantirish va
malaka oshirishning noyob vositasi hisoblanadi.
O‘qituvchi ta’limning an’anaviy kunduzgi shaklidagi dars mashg‘ulotlarini
loyihalashtirishda mobil texnologiyalardan foydalanish jarayoniga turlicha
yondashishi mumkin. O‘quv jarayonida mobil qurilmalardan foydalanish usullarini
quyidagicha guruhlashtirishgan: multimediyali o‘quv – web resurslar (audio
fayllar, videofilmlar, grafika, xarita va tasvirlar)ni namoyish etish uchun; o‘quv
saytlari, resurslar, ma'lumotnomalar, lug‘atlarga tezkor kirishni ta'minlash; ta’lim
jarayonidagi muloqotni ta’minlash uchun (SMS xabarlar, twitter, telegram, web
seminarlar va boshqalar).
Yu.Shishkovskaya mobil qurilmalardan ta'lim maqsadlarida foydalanishning
bir necha yo‘li haqida gapirganda quyidagilarni sanab o‘tgan:
Birinchidan, mustaqil ta’lim olish. Mobil ta’lim texnologiyalari asosida
quyidagi umumpedagogik tamoyillar: materiallardan foydalanishning qulayligi va
soddaligi, interaktivlik hamda o‘z o‘zini boshqarish va o‘zini o‘zi baholash
imkonini beruvchi maxsus ilovalar yotganligi uchun mustaqil ta’lim olish
imkoniyati yaratiladi.
Ikkinchidan, m-learning g‘oyalari maktablarda, shuningdek, oliy ta’lim
muassasalarida an'anaviy o‘quv jarayonida ham birdek qo‘llanilishi mumkin.
Uchinchidan, mobil ta’lim masofaviy yoki korporativ o‘quv kurslariga
samarali to‘ldiruvchi vazifasini o‘tashi mumkin.
Ta’lim jarayoniga mobil texnologiyalarni joriy etish quyidagi qator
afzalliklarga ega: ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda o‘qish, o‘rganish mumkin
(Mobillik); o‘quv materiallarni turli ko‘rinishda, audio, video, rasm, grafika kabi
multimedik imkoniyatlarga to‘la vizual tarzda taqdim etish imkoniyati
(Multimediyali); mobil ta’lim ko‘pincha o‘yin shaklida amalga oshiriladi
(Geymifikatsion xarakterga egaligi); ishtirok etishni nazorat qilish imkoniyatining
mavjudligi
(Ishtirokni
monitoring
qilish);
ta’lim
jarayonining
ruhlantiruvchi(motivatsion) xarakterga egaligi; ta’lim oluvchilarning bilim
darajasini bir xil nazorat qilish; o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida axborot
almashinuvini jadallashtirish; ta’lim oluvchilarning shaxsiy psixologik va
fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, individual yondashishda mobil
qurilmalarning moslashuvchanligi (Individual yondashuv).
Bundan tashqari:
-
og‘ir kitoblarni o‘zingiz bilan olib yurishga hojat qolmaydi. Barcha zarur
darsliklar, kitoblar va qo‘llanmalar istalgan vaqtda qo‘lingizda bo‘ladi;
-
mobil kitoblar yo‘qolib qolmaydi, yirtilmaydi va eskirmaydi;
-
mobil darsliklar foydalanish uchun juda qulay bo‘lib, ulardan
foydalanganda sozlamalarni o‘zingizga mos holda o‘rnatishingiz mumkin, ya’ni
matnni kattaroq shriftda ko‘rish, rasmlarni kattalashtirish, kerakli joylarda
xatcho‘plar o‘rnatish, mutolaani kelgan joydan davom ettirish va hokazolar;
-
mobil darslik va o‘quv qo‘llanmalar mavzuni mustaqil o‘rganish va
bilimlarni mustahkamlashda ko‘maklashish kabi imkoniyatlari bor.
Bu turdagi mobil kitoblarni yaratib beruvchi texnologiyalar sifatida
quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
Android Book App Maker;
Flip PDF Professional;
Book Creator;
«Go Dev» guruhi tomonidan taqdim etiluvchi onlayn servis
http://www.goforandroid.com/ebook/ va h.k.
Mobil ta’lim uchun quyidagi mobil aloqa muhiti va qurilmalaridan
foydalanish mumkin:
-
Smartfonlar, ayfonlar, planshetlar;
-
mp4 playerlar, Netkitoblar, GPS-navigatorlar va h.k;
-
Portativ komyuterlar (noutbuklar, netbuklar).
Xulosa qilib aytganda, an’anaviy ta’lim amaliyotchilari tomonidan ta’lim
jarayonida smartfon, planshet va shu kabi mobil qurilmalardan foydalanish ta’lim
oluvchilarning muvaffaqiyatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi, ularning diqqat
e’tiborini darsdan butunlay chalg‘itishi haqida ko‘p bora ta’kidlangan. Lekin XXI
asrga kelib, aksincha, texnologiyaning o‘sib borishi va rivojlanishi o‘qituvchilarga
qachonlardir chalg‘ituvchi deya talqin qilingan qurilmalarning afzalliklaridan
foydalanib, yangi va innovatsion uslubda ilmiy yutuqlarga erishishdek noyob
imkoniyatni taqdim etadi.
Shu o‘rinda aytish joizki, endilikda, o‘qituvchilar ta’lim oluvchilarning
e'tiborini jalb qilish uchun doimo kurashishlariga to‘g‘ri kelmaydi, ta’lim
jarayonida mobil texnologiyalardan foydalanish orqali, ularning ishtirokini
avtomatik ravishda rag‘batlantiradigan, ta’lim olishga va har doim o‘z ustida
ishlashga undovchi yangi ta'lim muhiti yaratiladi. Ko‘pchilik amaliyotchilar va
soha mutaxassislari kelgusida mobil ta’limning ta’lim-tarbiya sohasida yangi
standartga aylanishiga, trend darajasiga ko‘tarilishiga ishonishmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkunki, mobil texnologiyalarga asoslangan
o‘quv resurlaridan foydalanish o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil qilish ,
mobil texnologiyalardan unumli foydalanish va eng asosiysi o‘quvchining fanga
bo‘lgan qiziqishini orttirib, fanni yanada chuqurroq o‘zlashtirib, o‘zini-o‘zi va
hattoki ota-onalar farzandining fanni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |