Enzimlarning faollanish energiyasi. Biokatalizator oksireduktazalar


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 57,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü57,51 Kb.
#175646
1   2   3   4   5   6
95-100

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00165 
Academic Research, Uzbekistan 97 www.ares.uz 
fermentlari, ribosomalarda oqsil sintezi uchun kerakli fermentlar, yadroda nuklein 
kislotalarni sintezini amalga oshiruvchi fermentlar bo’ladi. Fermentlarning substrat 
bilan ta’siri faol markaz yordamida amalga oshadi. Odatda bu markaz ferment 
molekulkasining kata bo’lmagan qismi bo’lib, unda ikkita zona: bog’lovchi va 
katalitik zonalar mavjud. Faol markaz tarkibiga polipeptid zanjirning alohida qismlari 
va kofaktorlar kiradi.
Kundalik turmushda enzimologiya biokimyoning eng muhim sohalaridan biri 
hisoblanib, bu fan yutuqlaridan dorishunoslikda, oziq-ovqat sanoatida, xalq 
xo’jaligida va tibbiyotda keng qo’llaniladi. Bizga ma’lumki kimyoviy reaksiyaning 
borishi boshlang’ich va oxirgi mahsulotlarning erkin energiyalari orasidagi farq bilan 
belgilanadi. Agarda boshlang’ich moddada mahsulotga nisbatan erkin energiya 
yuqori bo’lsa, bunda reaksiya o’zi borishi mumkin. Bunday reaksiyalar ekzergonik 
reaksiya deyiladi. Erkin energiyaning aksincha bo’lgan qiymatlarida reaksiya 
endergonik reaksiya bo’lib, reaksiya borishi uchun energetik imkoniyat bo’lmaydi, u 
boshqa bir ekzergonik reaksiya bilan bog’langan holda o’tadi. [2, 75-80 ]
MUHOKAMA 
Fermentlar faollanish energiyasini pasaytirish bilan kimyoviy reaksiyalarni 
tezlatadilar. Ma’lumki molekulalar reaksiyaga kirishish oldidan faollashgan holatda 
bo’lishi kerak. Bunday holatda molekulalar normal sharoitdagiga nisbatan ko’proq 
energiyaga ega bo’ladi. Bu faollanish energiyasi deb ataladi. Reaksiyaning faollanish 
energiyasi qanchalik yuqori bo’lsa reaksiya shuncha sekin boradi, faollanish 
energiyasi qanchalik kam bo’lsa reaksiya shu qadar tez boradi. Tabiiyki savol paydo 
bo’ladi – faollanish energiyasi nima uchun zarur? Faolanish energiyasi 
molekulalarning yaqinlashishi va reaksiyaga kirishiga to’sqinlik qilib turadigan 
kuchlarni ya’ni energetik to’siqni yengish uchun zarur. Bundan xulosa qilish 
mumkinki, reaksiyaga shu reaksiyaning energetik to’sig’idan ortiqroq energiyaga ega 
bo’lgan molekulalar kirishadi. Bu holatdagi molekulalarning faollantirish uchun esa 
energiya sarf qilish zarur. Katalizatorlarning vazifasi faollanish energiyasini 
pasaytirishdan iborat. [3, 42-45 ]
Ferment substrat bilan ta’sirlashuvi faol markaz orqali amalga oshiriladi. Bu 
markaz ferment molekulasining kata bo’lmagan qismi bo’lib, unda ikki qism: 
bog’lovchi va katalitik zonalar mavjud. Faol markaz tarkibiga polipeptid zanjirining 
alohida qismlari va kofaktorlar kiradi. Ferment mexanizmining zamonaviy 
tushunchasiga ko’ra, katalitik reaksiyada enzim (E) u ta’sir etadigan fermentativ 
kinetikada substrat nomi bilan yuritiladigan modda – S bilan ferment substrat 



Yüklə 57,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin