34
8310-“Oddiy aktsiyalar”
8320-“Imtiyozli aktsiyalar”
8330-“Pay va qo’yilmalar”.
Ushbu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi hamda davlat korxonalari
ustav
fondining, aktsionerlik jamiyatlar va shirkatlar ustav kapitalining
shakllanishi va uning harakatini hisobga oladi. Aktsiyadorlik sarmoyasi
ro’yxatga
olingan hajmda, biroq hali tugallanmagan emissiya sifatida hisobda
aks ettirilar ekan, e’lon qilingan (chiqarilishga ruxsat etilgan),
joylashtirilgan
(ularga aktsiyadorlar obunasi amalga oshirilgan) hamda muomaladagi, ustavga
muvofiq qo’shimcha joylashtirilgan oddiy aktsiyalarning analitik hisobini
yuritish lozim.
Misol. Karimov o’zining 1000000 sumlik miqdordagi ulushini Ergashevga
sotdi:
Debet 8330
-“Ustav kapitali Karimov kuyilmasi”-1000000 sum
Kredit 8330
-“Ustav kapitali Ergashev qo’yilmasi”-1000000 sum.
Ikkinchi xolatda yangi muassis mavjud sarmoyaga qo’shimcha
sifatida
ustav kapitaliga o’z ulushini qo’shganda muassislar ulushlarining foiz nisbati
o’zgaradi.
Misol
. 5000000 sum miqdorida ruyxatga olingan ustav kapitaliga ega
bo’lgan va muassislari ulushi: Karimovniki-60%, Juraevniki 40% bo’lgan
“Bobur” MCHJ yangi a’zo Xasanov B.ni jalb etish hiosbiga o’z
ustav
kapitalini 6000000 so’mgacha oshirishga qaror qildi. Mazkur xolatda ulushlar
nisbati o’zgaradi va quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi:
Karimov-50% (3000000/6000000);
Juraev-33,3% (2000000/6000000);
Hasanov-16,7% (1000000/6000000).
MCHJ ustav kapitali miqdorining ko’payishi taqsimlanmagan foyda
hisobidan ham bo’lishi mumkin. Bu xolatda quyidagicha yozuv qilinadi:
Dostları ilə paylaş: