O’zbekiston respublikasioliyva o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko'ra



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/45
tarix13.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#175845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Kitob 3944 uzsmart.uz

Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko'ra
barcha xususiy kapitallar faol 
va faol bo'lmagan xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Odatda, aylamna 
mablag'lar, asosiy vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar) korxona 
faoliyatida faol ishtirok etadi va ko'proq foyda keltiradi. Hisob-kitoblar bo'yicha 
boshqa mijozlarda bo'lgan xususiy kapital, ya'ni Debetorlik qarzlar korxona 
faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 
Turgan joyiga ko'ra xususiy kapital
ekspluatatsiyadagi, ya'ni 
foydalanishdagi va zaxiradagi (konservatsiya qilingan) xususiy kapitalga 
bo'linadi. Foydalanishdagi kapital - bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy - 


11 
xo'jalik faoliyatini yuritishda qatnashayotgan kapitaldir. Zaxiradagi kapital esa 
vaqtinchalik qurilishi tugatilmagan binolar, sexlar, ishlab chiqarishga 
mo'ljallanib sotib olingan, lekin mablag' yetishmasligi sababli vaqtincha 
omborda turib qolgan uskuna va jihozlardan iboratdir. 
Turi va ko'rinish belgisiga ko'ra xususiy kapital
real moddiy-tovar 
boyliklaridan iborat bo'ladi, ya'ni u, bino, inshootlar, materiallar, tayyor 
mahsulotlar, tovarlar, pul mablag'lari va boshqalar hisobiga shakllanadi. Bular 
ham buxgalteriya balansida o'z aksini topgan. 
Korxona, tashkilot, turli jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi 
manbalar hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya'ni: mulk egalarining
mablag'laridan, ta'sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib 
bermaslik sharti bilan olingan mablag'lardan va hokazolardan. 
1.2. Korxona ustav, qo’shilgan va rezerv kapitalining tarkibi va
uni shakllantirish manbalari 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi tashkil etilayotgan korxonalar o'z 
moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, 
odatda, korxona ta'sischilari tomonidan o'z xususiy mulklarini ustav kapitaliga 
ulushi sifatida qo’shish bilan yaratiladi. 
 Ustav kapitali
- huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari 
tomonidan ta'sis hujjatlariga muvofiq qo'shilgan (to'langan) hamda korxonaning 
xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moddiy boyliklar, pul 
mablag'lari va xarajatlar majmuidir. 
Ustav kapitalining xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 

Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga 
muvofiq belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning 
birlamchi miqdorini o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan 
qayta o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi; 


12 

Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegeralanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, korxonalar ustav kapitalini 
shakllantirishning oxirgi muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir yil; 

Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar 
bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy 
investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan kiritilishi 
mumkin; 

Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini
hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har 
biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida 
sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga 
yo‘naltiriladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin