III. ONLAYN MIKROQARZNI TAQDIM ETISH TARTIBI 3.1. Onlayn mikroqarz olish uchun Mijoz MBXK tizimi interfeysida mazkur Ommaviy oferta bilan
tanishib chiqishi va uni akseptlashi (qabul qilishi) hamda Dastlabki arizani taqdim etish yo’li bilan
Onlayn mikroqarz taqdim etish imkoniyati to’g’risida so’rashi lozim.
3.2. Dastlabki ariza olinganidan so’ng Bank Mijozga MBXK tizimi interfeysida mazkur Ommaviy
oferta shartlarida moliyalashtirish mumkin bo’lgan summa to’g’risida yoki verifikatsiya jarayoni
muvafaqqiyatsiz o’tkazilganligi yoxud Mijozning kredit to’lov qobiliyati yetarli emasligi sababli Onlayn
mikroqarz taqdim etish imkoniyati mavjud emasligi to’g’risida xabar beradi.
3.3. Mazkur Ommaviy ofertani akseptlash orqali Mijoz Onlayn mikroqarzni ko’rib chiqish, taqdim
etish va so’ndirish jarayoni bilan bog’liq maqsadlarda “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida” gi
O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq zarur hajmdagi Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini
rasmiy manbalardan so’rash, olish, qayta ishlash va berishga o’z roziligini bildiradi va bu borada Bankka
vakolat beradi.
3.4. Mijozni moliyalashtirishning mumkin bo’lgan summasi Mijoz to’g’risidagi Bankda mavjud
bo’lgan axborot asosida Mijozning kredit to’lov qobiliyatini baholash orqali aniqlanadi. Mijozning kredit
to’lov qobiliyatini baholash metodikasi Bankning tijorat siri hisoblanadi va sir saqlanadi.
3.5. Dastlabki arizani taqdim etishda Mijoz o’zining bir yoki bir necha bank kartalarini ko’rsatadi
va muddati o’tgan qarzdorlik hisobiga nizosiz tartiba ulardan pul mablag’larini yechib olishga o’z
roziligini bildiradi hamda bankka ushbu huquqni taqdim etadi.
3.6. Mijoz mazkur Ommaviy oferta shartlarida kreditni so’ndirish sanasini ko’rsatgan holda Bank
tomonidan taklif etilgan moliyalashtirish mumkin bo’lgan summadan oshmaydigan summada Kredit
olish to’g’risida ariza berish yoki Onlayn mikroqarz olishni rad qilish huquqiga ega.
3.7. Mijozning Kredit olish to’g’risidagi arizasi kredit summasini, muddatini, foiz stavkasi va
Onlayn mikroqarzni so’ndirish sanasini o’z ichiga oladi va Mijoz tomonidan akseptlangan mazkur
Ommaviy ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.
3.8. Kredit olish to’g’risidagi arizaning taqdim etilishi Mijozning Kredit olish to’g’risidagi arizada
ko’rsatilgan shartlarda Onlayn mikroqarz olishga rozi ekanligining tasdig’i hisoblanadi, shundan so’ng
Onlayn mikroqarz shartlari Bank va Mijoz o’rtasida kelishilgan hisoblanadi.
3.9. Onlayn mikroqarz taqdim etish to’g’risidagi shartnoma mazkur Ommaviy oferta Mijoz
tomonidan akseptlangan paytdan e’tiboran va Kredit olish to’g’risidagi arizani taqdim etish orqali
Onlayn mikroqarz shartlari kelishilganidan so’ng tuzilgan hisoblanadi.