KTQ-40,9% 5.6. MBXK tizimida Onlayn mikroqarz bo’yicha qarzdorlikni grafik bo’yicha yoki muddatidan
ilgari so’ndirish imkoniyati taqdim etiladi.
Mijoz tomonidan MBXK tizimi interfeysida “Grafik bo’yicha so’ndirish” opsiyasi tanlanganda pul
mablag’lari jamg’arma hisobvaraqqa kirim qilinadi va to’lov muddati kelishi bilan jamg’arma
hisobvaraqda mavjud bo’lgan summa doirasida, to’lanishi lozim bo’lgan summada Onlayn mikroqarzni
so’ndirishga yo’naltiriladi. Bunda grafik bo’yicha so’ndirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- asosiy qarzga hisoblangan foizlar;
- asosiy qarz summasi.
“Muddatidan ilgari so’ndirish” opsiyasi tanlanganda pul mablag’lari birinchi navbatda to’lov
muddati yetib kelmagan amalda hisoblangan foizlarga, to’lovning qolgan qismi esa Onlayn mikroqarz
bo’yicha asosiy qarzni so’ndirishga yo’naltiriladi. “Muddatidan ilgari so’ndirish” opsiyasi Mijozda
Onlayn mikroqarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik bo’lmaganda mavjud bo’ladi. MBXK tizimi orqali
Onlayn mikroqarz so’ndirilganda hisoblangan foizlar grafik bo’yicha to’lovlar muddati kelganda
so’ndiriladi.
5.7. Mijoz Bank tomonidan Onlayn mikroqarz bo’yicha to’lovlar dastlabki arizani berishda Mijoz
tomonidan ko’rsatilgan uning bank kartasidan, mobil hamyonidan va Bankda ochilgan istalgan
hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda yechib olinishiga o’z roziligini bildiradi.
5.8. Onlayn mikroqarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlikni undirish Bank tomonidan asosiy qarz
va foizlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik summasini mobil hamyondan, bank kartasidan va Bankda
ochilgan istalgan hisobvaraqlardan nizosiz tartibda yechib olish yo’li bilan quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
- muddati o’tgan asosiy qarzga hisoblangan foizlar;
- muddati o’tgan foizlar;
- muddati o’tgan asosiy qarz.
VI. TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI 6.1. Bank so’ndirilmagan Onlayn kredit bo’yicha mablag’larning qaytarilishini, barcha
hisoblangan foiz to’lovlarini va boshqa qo’shimcha talablarni, shuningdek Mijoz tomonidan Bankka
yetkazilgan barcha ziyon va zararlarni qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
6.2. Neustoykaning to’lanishi taraflarni ularga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan va
huquqbuzarlikni bartaraf etishdan ozod etmaydi.
6.3. Mazkur Ommaviy ofertada nazarda tutilmagan Mijoz va Bankning javobgarlik choralari
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qo’llaniladi.
6.4. Sug’urta tashkiloti tomonidan Bankka Onlayn mikroqarz bo’yicha Mijozning qarzdorligi
bo’yicha sug’urta tovoni to’langanda, sug’urta tashkilotiga Mijozga nisbatan amaldagi qonun hujjatlari
talablariga muvofiq regress tartibda pul mablag’larini qoplashni talab qilish huquqi o’tadi.
6.5. Ushbu shartnomadan yoki u bilan bog'liq holda kelib chiqadigan barcha nizolar va
kelishmovchiliklar Taraflar tomonidan o'zaro kelishuvlar yo'li bilan hal qilinadi. Nizolarni o'zaro
kelishuvlar yo'li bilan hal qilish imkoni bo'lmagan taqdirda, barcha nizolar Bank yoki Filial joylashgan
joydagi vakolatli sudda ko'rib chiqiladi.