Ktq-40,9 “ipak yo’li mobile” mobil ilovasidan foydalangan holda onlayn mikroqarz taqdim etish to’G’risidagi ommaviy oferta



Yüklə 52,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix13.12.2023
ölçüsü52,08 Kb.
#175861
1   2   3   4   5   6   7
227 microloan offer 36 uz

4.3. Mijoz quyidagi huquqlarga ega: 
4.3.1. MBXK tizimida qarzdorlik va Onlayn mikroqarzni so’ndirish shartlari to’g’risida axborot 
olish. 
4.3.2. Oldinda turgan va muddati o’tgan to’lovlar to’g’risida xabar berish bo’yicha MBXK tizimida 
Bankning elektron xizmatlaridan foydalanish. 
4.3.3. Onlayn mikroqarz bo’yicha qarzdorlikni to’liq yoki qisman muddatidan ilgari so’ndirish.
4.4. Mijoz quyidagi majburiyatlarga ega

4.4.1. To’lovlar grafigiga muvofiq mazkur Ommaviy oferta shartlarida nazarda tutilgan to’lovlarni 
o’z vaqtida kiritish. 
4.4.2. Mazkur Ommaviy oferta shartlariga muvofiq kreditni muddatidan ilgari qaytarish to’g’risida 
Bankdan talab olingan taqdirda, olingan Onlayn mikroqarzni qaytarish va undan foydalanganlik uchun 
hisoblangan foizlarni va boshqa to’lovlarni to’lash. 
4.4.3. Bankka 3 kalendar kun ichida mobil telefon raqami, yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki 
ismi, Mijoz tomonidan mazkur Ommaviy oferta bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishga ta’sir qiladigan 
boshqa holatlarning o’zgarganligi to’g’risida xabar berish.
4.4.4. Agar Mijoz tomonidan olingan Onlayn mikroqarz Bank ixtiyoriga ko’ra Onlayn mikroqarz 
so’ndirilmaslik xavfining sug’urta polisi bilan ta’minlangan bo’lsa, unda sug’urta tashkiloti tomonidan 
Bankka Mijozning qarzdorligi bo’yicha sug’urta tovoni to’langanda, Mijoz sug’urta tashkilotiga Mijozga 
nisbatan amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq regress tartibda pul mablag’larini qoplashni talab 
qilish huquqi o’tishiga o’z roziligini bildiradi. 
V. ONLAYN MIKROQARZNI SO’NDIRISH TARTIBI 
 
5.1. Mijoz olingan Onlayn mikroqarz va unga hisoblangan foizlarni MBXK tizimida ko’rsatilgan 
Onlayn mikroqarz to’lovlari Grafigida ko’rsatilgan muddatlarga muvofiq so’ndirish majburiyatini oladi.
5.2. Onlayn mikroqarz bo’yicha foizlar har kuni asosiy qarz qoldig’iga nisbatan hisoblab boriladi. 
Foizlarni hisoblash uchun yilni 365 kun deb hisoblash metodidan foydalaniladi.
5.3. Asosiy qarzning muddati o’tgan qismi uchun foiz stavkasi muddati o’tgan birinchi kundan 
Onlayn mikroqarzning muddati o’tgan qismi to’liq so’ndirilgunga qadar hisoblab boriladi. Asosiy qarz 
bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlikka nisbatan foizlar mazkur Ommaviy ofertaning 2.5-bandida 
ko’rsatilgan stavkada hisoblanadi. 
5.4. Onlayn mikroqarz bo’yicha qarzdorlikni so’ndirish Mijoz tomonidan qonun hujjatlari bilan 
taqiqlanmagan istalgan usullar orqali to’lash yo’li bilan, xususan MBXK tizimi orqali to’lash bilan ham 
amalga oshiriladi. 
5.5. Agar To’lovlar grafigi bo’yicha istalgan to’lov kuni dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda 
to’lov dam olish kunidan keyingi kunga ko’chiriladi.


2023 yil 07 Noyabrdagi talqin 

Yüklə 52,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin