Firibgarlik kompaniya tomonidan quyidagicha amalga oshirilgan:
-
Birinchidan, u tsisternalarni katta hajmdagi suv bilan to’ldirigan.
-
Ikkinchidan, oqibatda suvning sathi yog’ bilan qoplanadi. Buning natijasida auditor
tsisternani tekshirganda uning yuqori, ya’ni yog’li sathini ko’rgan.
-
Uchinchidan, kompaniya auditorning tekshiruv marshrutini hisobga ollib, bir tsisternadan
ikkinchi tsesternaga suvni haydab turgan.
Mazkur firibgarlik bugungi kunda ham ayrim firibgarlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Chunki
nopok
shaxslar
firibgarlikni
amalga
oshirish
maqsadida
inventirizatsiyadagi
kamchiliklardan foydalanmoqda.
Mazkur elementlar bilan bog’liq omillar firibgarlik yoki qizil bayroqlar riski omillari deb
nomlanadi.
Oddiy misol sifatida qurilish kompaniyada sodir bo’lgan firibgarlik ko’rsatiladi.
Kompaniya
yo’l qoplamasi tagidan kanalizatsiya va suv oqish bilan bog’liq ishlarni amalga oshirdi. Dastlab bu
ishlar uncha katta bo’lmagan summadan boshlanib, ish yakunida bir yilda undan olingan daromad
30 mln dollarni tashkil qildi. Qurilish ishlari Michigan va Kolorodo shtatlarining turli xududlarida
amalga oshirlgan. Kompaniyalar ko’p holatlarda qurilish materiallarini ish bajarilayotgan joydan
sotib oladi. Bitimga qurilish vakilari imzo qo’yyadi va to’lovni amalga oshirish uchun u
buxgalteriyaga yuboriladi.
Firibgarlik uchburchagi mazkur holatda qanday ishlashini ko’rib chiqamiz. Firibgarlikning
mohiyati shundan iboratki, buxgalter sohta ta’minot uchun qalbaki xujjat tayyorlaydi. To’lovni
amalga oshirish maqsadida hisob yozuvini, kvitantsiyani va xaridga buyurtma tayyorlaydi.
Birinchidan, firibgarlik amalga oshirilishi uchun qandy rag’batlar mavjud bo’lgan?
Buxgalter ko’p sonli moliyaviy muammolar bilan duch kelgan. Bu muammolar qarib qolgan ota-
onalarini boqish, ularning dori-dormonga ketgan xarajatlarini o’z zimmasiga olish kabilardan iborat
bo’lgan. Ikkinchidan, yangi prezident xarajat moddalarini hali belgilashga o’lgurmagan. Chunki
imkoniyat bu uchun mavjud emas edi. Uchinchidan, oqilona harakat qilish ancha murakab bo’lgan.
Firibgar bunday firibgarlikda bir marta qo’shimcha daromad olish va u xech qachon fosh
etilmasligiga ishonch hosil qilgan. Bundan tashqari, bu firibgarlik keyincha yanada foyda keltirish
mumkinligi to’g’risida o’ylagan. Bu ishning boshqa bir nozik tomoni shundan iborat ediki, yangi
prezident barcha vitse-prezidentlarni takdim qilgandan so’ng superrvizorlar yangi pikaplarga ega
bo’lgan. Buxgalter esa bittasiga ham ega bo’lmadi. U xatto bonus ham olmadi.
Buxgalterning
fikricha, u olgan pullar raxbariyat va vitse-prezidentlar olayotgan puldan
uncha farq qilmagan. Boshqacha qilib aytganda u o’z xatti-xarakatini oqilona bilib, to’lovlarni
haqiqiy olayotganligiga o’zini ishontirdi. Agar firibgarlikning mazkur uch elementlarining biri (
tibbiy muxtojlik, nazoratning ichki vositalariniing yomon holatda bo’lganligi, ratsionalizatsiyalash)
bo’lmaganda edi, uning sodir etilish ehtimoli mavjud bo’lmas edi.
Shunday qilib, auditor firibgarlik sodir etilishi ehtimolini ko’rib chiqqayotganda –aktivlarni
noqonuniy o’zlashtirilishi, moliyaviy hisobotni ataylab noto’g’ri ko’rsatilishi – firibgarlik
uchburchagining elementlarini hisobga olib, ish boshlashi lozim.
Firibgar sodir etilishiga sababchi bo’lgan rag’bat yoki bosim.
Auditorlik guruh har bir tadbir bo’yicha firib sodir etilishiga bo’lgan rag’bat yoki bosimni ,
shu jumladan firibgarlik sodir etililshi mumkin bo’lgan ehtimoliy sohalarni ham ko’rib chiqishi
lozim. Bu rag’batlar quyidagilarni kamrab oladi:
-
kompensatsiyaning boshqaruv chizmasi;
-
har qanday yaxshi foyda yoki yaxshilangan balans uchun
boshqa moliyaviy bosimlar;
-
qarz shartnomalari;
-
aktsiyalar optsioni qo’llashining oxirigacha yoki muddati tugaguncha;
-
moliyaviy natijalar , kompaniya faoliyatining og’ir ahvoli yoki kompaniya faoliyatining
davom etilish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy farofonlik;
Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish rag’batlari quyidagilarni kamrab oladi:
-
jiddiy moliyaviy ishlar kabi shaxsiy omilllar;
-
shaxsiy daromad imkon bermagan farovon hayot
kechirish uchun oila, do’stlar tomonidan
ko’rsatilgan bosim;
-
Qimor o’yinlarga va norkotiklarga moyillik.
Firibgarlikni sodir etish imkoniyati. Firibgarlikni sodir etish imkoniyati firibgarlik
tadqiqotlarining asosiy va izchil jihatlari hisoblanadi. “Har bir kishi firibgarlikni sodir etish
mumkin” tushuncha o’z oydinligiga qaramasdan u aslida ko’p ma’nolarni bildiradi.
Bu degani nafaqat firibgarlik sodir etish uchun imkoniyat borligini, balki nazorat yo’qligini
yoki bitimlar bilan bog’liq murakabliklar mavjudligini va bunday holatda jinoyatchi qo’lga tushish
imkonniyati past ekanligini bildiradi.
Auditor ko’rib chiqishi kerak bo’lgan firibgarlikni amalga oshirish imkoniyatlari
quyidagilarni kamrab oladi:
-
Ishtirokchilar bilan katta bitimlar tuzish;
-
Kompaniyaning tanlagan munosabati ta’minotchi va mijozlarga muddat va shartlarni
qo’yish imkoniyatining mavjudligi yoki mavjud emasligini bildiradi. Bu holat shaxslarga firibgarlik
operatsiyalarni amalga oshirish uchun
imkon beradi evi bermaydi;
-
Rahbariyatning aktivlar yoki buxgalteriya baholarida kelisha olmasligi.
-
Murakab yoki nobarqaror tashkiliy tuzilma.
-
Nazoratnin kuchsiz yoki mavjud bo’lmagan ichki vositalari.
Firibgarlikni ratsionalizatsiyalash.
Katta firiibgarikda ratsionaliziyalash asosiy tarkibiy element hisoblanadi. Ratsionalizatsiya
o’g’irlik kabi noqonuniy yoki etika me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan xati-xarakatni tekshiruvchi
shaxsni o’z tarkibiga oladi. Firibgarlik bilan bog’liq moliyaviy hisobot uchun ratsionalizatsiya
“kompaniyani saqlab qolishdan” shaxsiy ochko’zlikgacha tebranib, quyilagilarnii o’z ichiga oladi:
Barchalar moliyaviy hisobot bo’yicha oz-oz aldaydi; biz hamm usha o’yinni o’ynaymiz.
XYZ kompaniyani sotib olish yoki xodimlarimizni aktsiyalar optsioni orqali saqlab qolish
uchun aktsiyalarning yuqoriroq kursini talab qilamiz.
Quyidagilar aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish uchun ba’zi bir umumiy ratsionalizatsiya
bo’ladi:
-
oila a’zosini yoki sevimli kishini moliyaviy inqirozdan qutqarib
qolish maqsadida amalga
oshirilgan firibgarlik o’zini oqlaydi;
-
agar pulni qo’lga kiritmasak, unda biz barcha narsalardan (oila, avtomobil, uy va
boshqalardan) mahrum bo’lamiz;
-
tiashqaridan xech qanday yordam kelmaydi;
-
bularning barchasi qarz olish, ularnii birinchi imkoniyat tug’ulganda qaytaramiz;
-
biz o’z xarakatimizning oqibati to’g’risida yoki qabul qilingan odob va ishonch to’g’risida
o’ylamaymiz.
Dostları ilə paylaş: