O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   362
Аудит УМК

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-MAVZU AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA FIRIBGARLIKNI 
ANIQLASH
 


 
7-MAVZU. AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA FIRIBGARLIKNI ANIQLASH 
 
REJA: 
1.
 
Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi 
2.Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi 
3.Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklar 
4.Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning munosabati 
 
 
Tayanch so’z va iboralar
: firibgarlik, xato, jiddiy va jiddiy bo’lmagan xatolar, mas’ul yoki 
moddiy javobgar shaxslar, o’zlashtirishlar, o’g’irlik va kamomadlar, hujjatlarni soxtalashtirish, 
firibgarlikni yashirish, chalg’itishlar, auditorlik riski va muhimlik darajasi. 
1. Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi
Firibgarlik bu qalloblikni qo’llash bilan bog’liq oldindan bilib amalga oshirilgan harakatdir. 
Firibgarlik moliyaviy hisobotini jiddiy o’zgartirib yuboradi. Noto’g’ri o’zgartirishning ikki turi 
auditorlik xulosada firibgarlik sifatida ko’rib chiqiladi: a) aktivlarni noqonuniy o’zlashtirishni 
noto’g’ri ko’rsatish natijasida yuzaga kelgan firibgarlik; b) moliyaviy hisobot tuzilayotganda 
firibgarlik natijasida yuzaga kelgan noto’g’ri ko’rsatishlar. Firibgarlikni xatodan farqlalab turuvchi 
jzihatlarini ataylab chalqashtrish. Auditorlar odatda o’z mijozlari kitoblarida moliyaviy xatolar 
topishadi, ammo bu xatolar ataylab qilingan xatolar qatoriga kirmaydi.
Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirib olish natijasida yuzaga kelgan noto’g’ri ko’rsatishlar. 
Tashkilot aktivlarini aybdor tomonidan ug’irlansa yoki noto’g’ri ishlatilsa aktivlarni noqonuniy 
o’zlashtirish yuzaga keladi. Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirib olish firibgarlikning asosiy 
ko’rinishidir. Bunday firibgarlik kichik biznes korxonalariga nisbatan qo’llaniladi va odatda 
ayibdorlar korxona xodimlari tarkibiga mansub bo’ladi. Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish turli 
usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu firibgarlikka tushgan pullarni o’zlashtirib olish, 
aktivlarni o’g’irlash kiradi. Bundan tashqari olinmagan tovar va xizmatlar uchun kompaniyani 
to’lashga majbur qilish firibgarlikning bir ko’rinishidir. Odatda aktivlarni noqonuniy o’zlashtiirish 
quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin.
-
Pul o’g’irliklarni qoplash uchun naqd pul olishga imkon bo’lish va hisoblar bilan noto’g’ri 
ishlash imkoniga ega bo’lish;
-
Sohta kompaniyalar orqali naqd pullar to’lovini boshqarish; 
-
Firibgarlikni yashirish maqsadida zaxiralar va boshqa aktivlarni o’g’irlash va moliyaviy 
hisobotlarni o’z manfaatida ishlatish. Noto’g’ri ko’rsatishlarning yuzaga kelishi, moliyaviy 
hisobotni ataylab noto’g’ri ko’rsatish
Moliyaviy natijalarni ataylab o’zgartirish, tashkilotning moliyaviy ahvolini sohtalashtirish 
moliyaviy hisobotning ataylab o’zgartirib ko’rsatishga kiradi.“The Great Salad Oil Swindle of 
1963” ni auditorlik tekshirish moliyaviy aktivlarni ataylab noto’g’ri ko’rsatishga misol bo’la oladi. 
Mazkur firibragalik ijrochisi aktsiyalar kotirovkasining o’sishi orqali o’zining mutonasib ravishda 
boyiligini ortirishga intilgan. Ba’zida jinoyatchi shaxsiy manfaatin ko’zlamay, korxonani 
inqirozdan qutqarish yoki boshqa salbiy moliyaviy natijalardan qutulish maqsadida moliyaviy 
hisbotni ataylab o’zgartiradi. Moliyaviy hisobotning ataylab o’zgartrishning uchta keng tarqalgan 
uch usuli quydagilarni o’z ichiga oladi:
1. Hisob yozuvlari yoki xujjatlarni manipulyatsiya qilish, sohtalashtrish yoki o’zgartirish.
Berni Medoff Ponzi chizmasi. 
Oldingi investorlar depozitlaridan olingan daromadni to’lash 
uchun hozirgi investorlar depozitlari ishlatilganda Ponzi chizmasi yuzaga keladi. Bunda xech 
qanday real investitsiyalar qilinmaydi. Agar oldingi investorlarga tegishli mablag’larni to’lash 
uchun yangi investorlar qo’shilmasa yoki ularning depozitlari juda oz bo’lsa Ponzi chizmasi buzilib 
ketadi. Ponzi chizmasi ikkita asosiy tamoyillarga asoslangan: ishonch va ochko’zlik. Potentsial 
mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatish ishonch asosini tashkil qiladi. Ponzi chizmalarida 
firibgarlikni amalga oshirgan kishi quyidagi holatlarda ishonchni qo’lga kiritadi: a) boshqalarning 
bevosita haratkatlari, b) professional yoki boshqa ko’shilib kelishlar; v) o’zining boshqalarga 


qilingan ishoralari. Ochko’zlik investrlarga xos bo’lishi mumkin. Chunki ular odatda oddiy 
foydadan ko’proq foyda oishga intilishadi. Shuning uchun ular o’z me’yoriy vazifalarini 
bajarmaganda iishonch yo’qoladi. Medofffning chizmasida ishonch va ochko’zlik keng o’rin olgan. 
2009 yil mart oyida Medoff 11 federal okrugida jinoyatda ayiblandi. Ayib shundan iborat ediki, u 
farovonlik boshqaruv biznesni yirik Ponzi chizmasiga aylantirib, minglab investorlardan milliard 
dollarni umarib oldi. Medoffninng gapicha, u Ponzi chizmasini 1990 yillarning boshida boshlagan. 
Biroq tergovchilarning fikricha, firibgarlik 1909 yillarning boshida rivojlana boshlangan. Uning 
investitsion operatsiyalari xech qachon haqoniy bo’lmagan. Mijozlarning hisobida mavjud 
bo’lmagan summa, shu jumladan olingan foyda deyarli 65 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2009 yil 29 
iyun kuni Medoff 150 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Doff qonuniy brokerlik firmani boshqarib, ishonchga kirib oldi. U o’tgan davrda 
NASDAKda raislik qilgan. U ko’p marta CNBCda chiqib, qimmatli qog’ozxlar industriyasi 
to’g’risida gapirgan. Medoff investitsiyalarni rag’batlantirish maqsadida investitsion hamjamiyat 
bilan o’rnatgan aloqalaridan samarali foydalandi. U o’z kompaniyasiga investitsiya qilish g’oyasini 
eng qo’lay imtiyozlar stifatida sotgan.
Medoff o’zining kitobidagi bitimlar chizmasini keltirgan. U o’z kitobini tekshirtirish 
uchchun CPA firmani yodlaydi. Biroq bu firma faqat bir xodimdan iborat bo’lgan. CPA biror bir 
vaqtda Medoff ofisiga kelganligi va biror bir marta jiddiy audit o’tkazganligi haqida xech qanday 
dalillar mavjud emas. Biroq investorlar xech qachon bunday auditorlik hisobotlarni talab qilmagan. 
Bu ularning ochko’zligi bilan ham izohlanishi mumkin. Investorlar o’zlarining omadli shaxs 
ekanligiga ishonch qilib, investitsiyalardan ko’p daromad oishga o’rganib qolishgan edilar. Shuning 
uchun uldar Medoffga ishonib, undan tashqi audit to’g’risida xech qandayq xujjat talab qilmas 
edilar.
Bu narsa isbotlanmagan bo’lsa ham, Medoff taslim bo’lib, barcha ayiblarini o’z bo’yiniga 
olmoqchi bo’lgan. Chunki investorlardan biri rus mafiyasi bilan bog’liq bo’lgan. Medoff o’z 
farzandlari va o’zining hayotidan havfsiragan edi. Medoff bugungi kunda federal kamoqxonasida 
bir umrga jazoni o’tamoqda. Uning bir o’g’li firibgarlik fosh qilingandan so’ng o’z hayotiga kasd 
qildi. Firibgarlik jarayonida PCAOB Medoffning xedj-fondi PCAOBda ro’yxatdan o’tgan 
auditorlar firmalari tomonidan tekshirilishini talab qilmagan. Bedoffning firibgaroligidan so’ng 
Kongress PCAOBga ro’yxatdan o’tgan SEC- brokerlar va dilerlarni tekshirishga ruxsat bergan.
1. Ahamiyatli bo’lgan voqelik, operatsiyalar va boshqa ahamiyatli bo’lgan holatlarni 
noto’g’ri ko’rsatish.
2. Buxgalterlar tomoyillarini ataylab noto’g’ri qo’llash.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin