O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


-chizma. Auditda riskni paydo bo’lish shartlari



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   362
Аудит УМК

9-chizma. Auditda riskni paydo bo’lish shartlari. 
Ushbu cheklovlardan xalos bo’la olmaslik auditorlik teshiruvida auditor tomonidan 
moliyaviy hisobotdagi muhim xato va kamchiliklarni aniqlay olmasligi natijasida auditorlik riskini 
nol darajaga tushirish imkoni yo’qligi bilan ifodalanadi.
Birinchidan, auditor moliviy hisobotdagi muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emasligini etarli 
ishonch bilan ta’kidlaydi, mutloq ishonch bilan emas. Ushbu cheklovning yuzaga kelishi asosiy 
sabablari: 
-
auditorlik tekshiruvida testlash va tanlash amallarini qo’llanilishi; 
-
mijoz-korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi mukammal emasligi, ya’ni 
korxona faoliyatida xato va kamchiliklar yo’qligini kafolatlay olmaydi. 
Ikkinchidan, mijoz-korxona faoliyat yuritish muhitidagi noaniqliklar (tashqi muhit). Bu 
noaniqliklar va ularni bartaraf eta olmaslikka quyidagi holatlar ta’sir o’tkazadi: 
-
tekshirilayotgan sub’ekt faoliyat yuritayotgan muhit bo’yicha to’liq va ishonchli 
ma’lumotlarni cheklanganligi
-
etkazib berilayotgan ma’lumotlarni auditor tomonidan qayta ishlash va baholash 
ko’nikmasining cheklanganligi; 
-
tekshirilayotgan sub’ekt tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy holatlarning 
tasodifiy paydo bo’lishi; 
-
mijoz-korxona ichidagi xar xil toifadagi ziddiyatlar. 
Uchinchidan, auditorlik riskini aniqlash va baholash auditorning bilim darajasi, malaka va 
ko’nikmasi asosida shakllanadigan professional muloxazasi natijasidir.bunda asosiy muammo 
auditorlarning bilim saviyasi va malaka hamda ko’nikmalarining turli darajadaligi auditorlik riskini 
aniqlash va baholashda turli yondoshuvlarga olib kelishidadir. 
To’rtinchidan, auditorlik faoliyati tadbirkorlik faoliyatidir, ya’ni uning faoliyati foyda 
olishga 
qaratilganligidadir. 
Auditorlik 
tashkiloti 
mijoz-korxona 
munosabatlarida 


 
kelishmovchiliklarni yuzaga kelishi oqibatida uni yo’qotishi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek auditorlik riski va uning komponentlarini baholash bo’yicha 
yagona metodika mavjud emas. Buning asosiy sababi auditorlarning xo’jalik faoliyati bo’yicha 
professional mulohazalarining turlichaligi, mijoz faoliyati xususiyatlarining takrorlanmasligi, hisob 
va ma’lumotlarni taqdim etish tartib qoidalarining o’ziga xos xususiyatlarining mavjudligidadir. 
Shular qatori auditorlik riski va uning komponentlarini aniqlash va baholash bo’yicha auditorlik 
faoliyatining milliy standartlarida ham auditning xalqaro standartlarida aniq tavsiyalar 
keltirilmagan. Lekin auditorlik riskini baholashda auditorlar tomonidan ishlab chiqilgan testlar, 
savolnomalar keng qo’llaniladigan metodlar 
hisoblanadi

Auditorlik riskini miqdor va sifat ko’rsatkichlarida ifodalash mumkin. Auditorlik riskini 
baholashning empirik, ehtimoliy, balli to’g’ri(multiplikativ), egri modellari 
mavjud

Empirik modeldan foydalanilganda yuqori, o’rta, quyi darajada risklar baholanadi. Agar 
moliyaviy hisobot uchun umumiy buzib ko’rsatish ehtimoli mavjud bo’lsa aniqlangan risk yuqori 
deb baholanadi. Agar schetlardagi qoldiqlar, ma’lumotlarni ochib berishda muhim buzib ko’rsatish 
ehtimoli mavjud bo’lsa aniqlangan risk o’rtacha deb baholanadi. Agar aniqlangan risk boshqa 
turdagi muhim buzib ko’rsatishlarga olib kelsa, uni quyi darajada deb baholash mumkin. 
Auditorlik riskini baholashning ehtimoliy modelida risk darajalarini koeffitsient yoki foiz 
ko’rinishida ifodalanadi.
Riskni baholashning ball modelida sifat xususiyatlar miqdor ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. 
Masalan, auditorlik riskining quyi darajasi – 1 ball, o’rta darajasi – 3 ball, yuqori darajasi - 5 ball 
qilib belgilash 
mumkin

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin