O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   362
Аудит УМК

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8-MAVZU:AUDITORLIK TEKSHIRUVI VAQTIDA ICHKI 
NAZORAT TIZIMINI O’RGANISH HAMDA BAHOLASH 


8-mavzu:Auditorlik tekshiruvi vaqtida ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash 
 
REJA: 
1.
 
Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o’rganish 
2.
 
Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish 
3.
 
Korxona hisob siyosatini o’rganish 
4.
 
Ichki nazorat tizimini o’rganish 
5.
 
Ichki nazoratni boshqarish faoliyati komponentlari 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Tekshiriladigan mijoz faoliyatini o‘rganish, buxgalteriya 
hisobini tashkil etilishini o‘rganish, korxonani hisob siyosati va uni o‘rganish, ichki nazorat tizimi, 
nazorat muhiti, nazorat amallari, ichki nazorat tizimini baholash me’yorlari. 
1. Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o’rganish. 
Auditorlik tekshiruvni rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o’rganishdan 
boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi: a) audit 
o’tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iqtisodini yaxshilashga 
qaratilgan amaliy maslahat yordami ko’rsatish. Buning uchun korxona faoliyatiga ta’sir qiladigan 
ichki hamda tashqi omillar haqida ma’lumotlarni to’plash zarur.
Auditor birinchi navbatda e’tibor berish lozim bo’lgan, korxona iqtisodiga ta’sir qiladigan 
ichki omillarga quyi-dagilar kiradi: mulkchilik shakli va boshqaruv tuzulmasi, korxonaning qanday 
maqsadda tashkil etilganligi, korxona faoliyatida amalga oshiriladigan asosiy muomalalar, moliyasi, 
xodimlari, hisob yuritish siyosati, korxonaning uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlari. Tashqi 
omillarga mijoz faoliyat qiladigan tarmoq, mamlakatdagi iqtisodiy holat kiritiladi.
Tekshiriladigan korxonaning maqsadlarini tahlil qilish, uning muomalalarini yaxshi 
tushunishga imkon berib, tekshiriladigan hisobot haqida to’g’ri fikr shaklllantirilishi uchun zarurdir. 
Chunonchi, agar auditor ishini rejalashtirish chog’ida mulk egalarining korxonani tugatmoqchi 
ekanliklari aniqlansa, bunda u korxona hisobotiga nisbatan faoliyat qilayotgan korxona printsipini 
qo’llamasligi haqida auditorlik hisobotiga izoh kiritishga tayyorlanishi zarur.
Mijozning muomalalari haqidagi ma’lumotlar auditorga o’zining xatarli holatlarini to’g’ri 
baholash, samarali tekshirish dasturi tuzish va uni o’tkazishga ketadigan vaqtni tejashda yordam 
beradi. Korxonaning moliyaviy tuzilmasini bilish auditorga korxonaning mablag’larga bo’lgan 
talabi va ularning kelish manbalarini, korxonaning haqiqiy to’lov qobiliyatini aniqlash va shu bilan 
birga u kelgusida o’z muomalalarini amalga oshira olishini aniqlashda yordam beradi.
Tekshiriladigan korxonaning hisob yuritish siyosatini bilish auditorga har xil schyotlarni 
tekshirishning samarali metodlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hisob yuritish siyosatini 
tushunish uchun quyidagilarni ko’rib chiqish zarur: hisob yuritish siyosatini qabul qilish tartibi; 
hisob yuritish siyosatiga o’zgartirishlar kiritish; talab etishi mumkin bo’lgan, korxona faoliyatida 
ruy berishi kutilayotgan o’zgarishlar; hisob yuritish siyosatining amaldagi qonunchilikka mosligi, 
hisob yuritish siyosatining mazkur tarmoq uchun xosligi. (hisob yuritish siyosatini tekshirish tartibi 
3, 4-mavzuda batafsil bayon qilingan).
Korxonaning uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqishda quyidagilarni 
tahlil qilish zarur: korxona da’vosi, shuningdek unga qarshi qo’zg’atilgan da’vo bo’yicha mavjud va 
bo’lishi mumkin bo’lgan sudlashuvlar; korxonaning mulklari va mas’uliyatlari sug’urta qilinganligi; 
korxonaning soliq maqomi (soliqlar bo’yicha imtiyozlar va sh. o’.).
Auditor tarmoqda qanday xatarli holatlar bilan to’qnashishi va mazkur tarmoqning o’ziga 
xos muammolarini hal qilishga layoqatliligini, unga notanish va o’ziga xos murakkab masalalarni 
xal etish uchun tegishli mutaxassislar jalb qilish talab qilinishini tasavvur qila olishi lozim. Buning 
uchun u mazkur tarmoqdagi raqobatchilik shart-sharoitlarini (asosiy raqobatchilarning ro’yxatini 
tuzishi lozim); baholarning o’zgarishini, tarmoqda ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladigan 
sharoitlarni o’rganadi.
Auditor axborotlarni to’plashni o’ziga tushunarli metodlar bilan amalga oshirishi lozim.


 
Korxona rahbariyati va bosh mutaxassislardan so’rab-surishtirish yo’li bilan asosiy 
muammolarni, xususan, raqobat, soliq masalalari, korxonaning moliyaviy ahvoli, korxonaning yirik 
muomalalari, biznesdagi, rahbariyatdagi, mulkchilik shakllaridagi o’zgarishlar, ichki nazoratning 
tashkiliy tuzilmasi va metodlari, rahbariyatning auditor maxsus e’tibor qaratishini istagan o’ziga xos 
muammolarini aniqlashi mumkin. Bo’linmalar, ishlab chiqarish urinlari va omborlarga borib, 
mijozning amalga oshiradigan muomalalari, ishlab chiqarish tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi 
haqida tasavvurga ega bo’lishi mumkin.
Shuningdek, korxona faoliyati haqidagi uning hisobotida (buxgalterlik hisobotlari va analitik 
yozuvlar; direktorlar, boshqaruv va aktsiyadorlik kengashining majlis bayonnomalari; ichki 
auditorning va taftish komissiyasining hisobotlari, lavozim yo’riqnomalari), tashqi axborot 
manbalari (matbuotda chiqqan nashr mahsulotlari, ma’lumotlar bazasi, analitik nashrlar, 
qonunchilikka oid va boshqa me’yoriy byulletenlar) keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilishi lozim.
Auditor olingan ma’lumotlarni yozib boradi va korxonaga ta’sir qiluvchi omillar hamda 
aniqlangan tahlikali holatlar bayon qilingan holda bo’limlarga bo’lingan maxsus yozuv ko’rinishida 
rasmiylashtiradi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin