butunligicha ham, qisman ham tekshirishga tayyor ekanligi mijozning ushbu tekshirishni texnik
jihatdan qay darajada ta’minlay olishi so’raladi.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining tashkil etilishi hamda holatini tekshirishda
quyidagilardan foydalanadi:
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»
gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, Mahsulot (ish,
xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)
xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom, yuqori
tashkilotlarning yo’riqnoma, Nizom va ko’rsatmalari; Korxonaning hisob yuritish siyosati.
Hukumat, moliya va statistik organlarining me’yoriy hujjatlari bilan bir qatorda,
o’rganilayotgan sohadagi tekshirilayotgan korxonalarning xususiyatlarini ifodalaydigan ta’sis
hujjatlariga alohida ahamiyat beriladi.
Mazkur masala bo’yicha auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
Buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga doir yo’riqnomalar va ko’rsatmalar
schyotlar rejasini qo’llashning to’g’riligi: hisobning jurnal-order yoki jadval avtomatlashtirilgan
shakllaridan qo’llaniladigan shaklni yuritish qoi-dalariga rioya qilinishi; dastlabki hujjatlarning
buxgalteriyaga o’z vaqtida kelib tushishi va hujjatlar tashkil etilishi: hisob registrlarining o’z
vaqtida va to’g’ri qo’llanilishi sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga mos
kelishi: dastlabki hujjatlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish usullarining qo’llanili-shi (ish haqi,
materiallar, ishlab chiqarish xarajatlari va sh. k.) ishlab chiqarish xarajatlarini
hisobga olishning
to’g’riligi; davr xarajatlarini hisobga olishning to’g’riligi; ishlab chiqarishga sarflangan
materiallarni baholashning to’g’riligi; balansdagi barcha moddalarning inventarizatsiya qilinishini
to’g’ri tashkil etilishi, shuningdek, inventarizatsiyani va uning natijalarini hisob va hisobotda o’z
vaqtida hamda to’liq aks ettirilishi: bosh buxgalter tomonidan materiallar, moliyaviy va mehnat
resurslaridan foydalanish, buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishning qonuniyligi ustidan
nazorat o’rnatilishi; banklarga, soliq organlariga, aktsiyadorlarga va boshqalarga taqdim etiladigan
balans va boshqa hisobot shakllariga buxgalterlik hisobi ma’lumotlarining to’g’ri kelishi; byudjet
bilan hisob-kitoblarning to’g’riligi va o’z vaqtidaligi; foyda (daromad)ni aniqlashning to’g’riligi;
foydani taqsimlash va rezervlar yaratishning to’g’riligi.
Bulardan tashqari auditor quyidagilarni ham tekshirishi zarur:
buxgalteriya apparati ishining to’g’ri tashkil etilganligi;
buxgalteriya xodimlari lavozim yo’riqnomalarining mavjudligi;
bajarilgan ish uchun har bir
xodim javob beradigan qilib, xizmat vazifalarining
buxgalteriya xodimlari o’rtasida taqsimlanganligi;
auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan tashkilot (firma) rahbariyati tomonidan ishni
bajaruvchi mansabdor shaxslar, ombor mudirlari, mexaniklar va boshqalar)ning dastlabki hisobotlar
va hujjatlarni taqdim etish grafigining tasdiqlanganligi, grafikka rioya qilish ustidan nazorat
o’rnatilishi va uni buzgan aybdor shaxslarga nisbatan intizom choralari va boshqa choralarning
qo’llanilishi; buxgalteriya ichida ayrim ish turlarining bajarilish muddatlari ko’rsatilgan, hujjatlar
aylanishi grafigining borligi (ish haqi hisob-kitobi vedomostlari, moddiy qiymatliklar harakatining
yig’ma vedomosti, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash vedomosti, hisob
registrlarini yakuniy (yillik) hisobotlari tuzish); buxgalteriya xodimlari joriy ish jarayonida zarur
bo’lgan, tegishli qo’llanmalar, yo’riqnomalar va hisob-kitob jadvallari bilan ta’minlanganligi;
bosh buxgalter tomonidan unga to’liq berilgan moliyaviy nazoratchilik huquqlarining
amalga
oshirilishi, buxgalterlik hisobi va hisobotiga doir bosh buxgalterning farmoyishlari,
shuningdek, xususan moliya-xo’jalik muomalalarini rasmiylashtirish va talab qilinadigan huj-jatlar
va ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiyligi
kabi korxonadagi ichki tartibga rioya qilinishi, yuqorida ko’r-satilgan hisob, hisobot va moliyaviy
nazorat masalalariga doir bosh buxgalter farmoyishi va ko’rsatmalarining bajarilmaganligi yoki
buzilganligi uchun aybdor xodimlarga nisbatan audit o’tkazilayotgan korxona rahbariyati
tomonidan xayfsan yoki mukofotdan (to’liq yoki qisman) mahrum etish choralarining qo’llanilishi;
buxgalteriya xodimlari bilan boshqa bo’linmalar o’rtasida o’zaro munosabatlarining to’g’ri yo’lga
qo’yilganligi, bosh buxgalter boshqa bo’linmalar rahbarlari bilan hamkorlikda audit o’tkazilayotgan
korxona moliyaviy xo’jalik hisobi, hisobo-ti ma’lumotlariga asosan tahlil qilishi;
balansning asosiy materiallar, pul mablag’lari va hisob-kitob moddalarini
inventarizatsiya qilish; buxgalteriya hisobotlari va balanslari to’g’risidagi Nizomda belgilangan
tartibi va muddatlariga rioya qilinishi; o’tkazil-gan inventarizatsiya va uning sifati qandayligi,
inventarizatsiya natijasida barcha balans moddalari haqqoniy-ligining ta’minlanganligi;
buxgalterlik hisobi va nazoratning tashkil etilishi pul mablag’lari
va material
qiymatliklar kamomadi, etishmovchiligi va noqonuniy sarflanishi va boshqa kamchilik hamda
suiste’mol qilishlarning oldini olishni ta’minlashi, dastlabki hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish va
ularning ishonarliligi ustidan puxta nazorat o’rna-tish; xo’jalik muomalalarini, pul mablag’lari va
mulklar, material qiymatliklar mavjudligi va saqlanishini davriy inventarizatsiyasi va to’satdan
o’tkazilgan tekshirishlar natijalari va shu kabilar;
tuzilgan davriy va yillik hisobotlar ma’lumotlarining buxgalterlik va statistik hisobot
ma’lumotlariga to’g’ri kelishi.
Har bir auditor, garchi bitta auditorlik tekshiruvida to’liq ishtirok etgan bo’lsa ham,
buxgalteriya hisobini tartibga solish va soliqqa tortishning mavjud tizimida istalgan xo’jalik
yurituvchi sub’ekt buxgalterlik (moliyaviy) hiso-botining u yoki bu darajadagi xatolarga yo’l
qo’ymasligi o’ta murakkab ekanligini tushunib etadi.
Auditor bunday xatolarni aniqlaganida quyidagi vazifalarni hal etishi lozim:
buxgalterlik hisobotidagi xatolarning bayonini yozish;
buxgalterlik hisobi va hisobotini tashkil etish hamda yuritishning qonunchilik bilan
belgilangan qoidalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari tomonidan bilmasdan yoki ataylab
buzilgan hollar aniqlanganida auditorlik tashkiloti qanday ish tutishi xususiyatlarini aniq-lash;
buxgalteriya hisobotining ishonchliligiga ta’sir qiladi-gan xatolar auditor tomonidan
aniqlanganligi munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti mas’uliyatlarini
bir-biridan ajratib belgilash;
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning buzib ko’rsatilish xavf-xatari omillarini
aniqlash.
Ko’pincha auditor audit o’tkazish chog’ida buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarga qanday
maqsadlarda ataylab xatolar kiritilganligini
aniqlashga urinib, unga xos bo’lmagan funktsiyalarni
zimmasiga olishga harakat qiladi (balki buxgalterlik hisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni
chalg’itish uchun g’arazli maqsadlar ko’zlangan bo’lishi mumkin).
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining buxgalterlik hisobotida xatolar paydo bo’lishiga
olib keladigan, ataylab qilingan hatti-harakatlari (yoki loqaydliklari) to’g’risida xulosa qilish faqat
vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini auditor hisobga olishi zarur. Auditor
uchun aniqlangan xatolarning ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligini aniqlash ham muhim
hisoblanadi.
Har bir auditor o’z tajribasidan kelib chiqib, muayyan tekshiriladigan korxona uchun
buxgalterlik hisobining qaysi bo’limlari eng xatarli ekanligini yaqqol tasavvur qilib, auditni
rejalashtirishda o’z ishini shunday tarzda ehtiyotkorlik bilan qilishi kerakki, noto’g’ri auditorlik
xulosasi tuzish va taqdim qilish xavf-xatari imkon qadar kamaysin.
Agar rahbariyatga taqdim qilingan axborotlar natijalari bo’yicha buxgalterlik hisobotiga tegishli
o’zgartishlar kiritilmagan bo’lsa, u holda auditor audit jarayonida aniqlangan buxgalterlik hisobotidagi
buzib ko’rsatilgan faktlar to’g’risidagi ma’lumotlarni auditorlik xulosasiga kiritishi kerak.
Auditorlar ham, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ham,
shuni
unutmasliklari zarurki, buxgalterlik hisobotlarini ataylab yoki bilmasdan buzishlarning yuzaga
kelishi uchun; shunday xatolarning oldini olish bo’yicha choralar ko’rilmaganligi uchun; ularni
bartaraf qilmaganligi yoki kechikib to’g’rilaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari
javobgardir.
Auditorlik tashkiloti esa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma ravishda taqdim
qilinadigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasida buxgalterlik hisobotining ishonchliligi
to’g’risida ob’ektiv va asoslangan fikr bildirganligi uchun javobgar hisoblanadi.
Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim:
-
korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi;
-
ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati maqsadlariga muvofiq
ishlatilishi;
-
korxonada mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini
ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish
majburiyatlarining bajarilishini hisobga olgan holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan
tartibga rioya qilinishi;
-
mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan yo’qotishlar
(jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar);
-
chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan
tadbirlarning bajarilishi;
mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib berganlik uchun ko’rilgan zararlar;
-
mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar bajarilmasligi oqibatida
ko’rilgan zararlar;
-
xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona foydalanish;
-
korxona jamoasi maqsadlarning tizimi, har bir xodimga vazifalarning oqilona taqsimlanishi;
-
ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga etishishda barcha xodimlar (ishchidan tortib bosh
direktorgacha) iqtisodiy manfaatlarni ta’minlaydigan mehnatga haq to’lash tizimi;
-
mahsulot chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining buxgalterlik hisobi va
dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi;
-
mahsulotlar hisobotiga hisobot davrida tayyorlanib tugallanmagan mahsulotlarning
kiritilmaganligi va hisobotlarda boshqa qo’shib yozish hamda chalkashliklarga yo’l
qo’yilmaganligi.
Dostları ilə paylaş: