korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;
-
quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati.
Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar:
hisob siyosatini shakllantirishda tanlab olinadigan, o’tgan yilgidan farq qiladigan
buxgalteriya hisobini yuritish usullari;
hisobot yilida yoki hisobot yilidan keyingi davrlarda buxgalteriya hisobotlaridan
foydalanuvchilarning baholash va qaror qabul qilishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan hisob
siyosatidagi o’zgarishlar;
hisobot sanasidan keyin sodir bo’lgan hodisalar va xo’jalik faoliyatining shartli faktlari,
muomalalarni to’xtatish, bitta aktsiyaga yoki 1 so’mlik paytga to’g’ri keladigan foyda.
Ushbu ma’lumot manbalarini o’rganish va tahlil qilish
natijasida mijoz-korxona
ma’muriyatining
hisob
siyosatini
shakllantirish
hamda
uni
bajarishga
yuzaki
yondashmayotganligini aniqlash (baholash) zarur. Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish)
va uning bilan bog’liq bo’lgan, o’z vaqtida chiqarilgan va to’g’ri rasmiylashtirilgan farmoyish
hujjatlarining mavjudligi - hisob siyosatidan korxonani boshqarish mexanizmi sifatida
foydalanilayotganligi haqida etarli darajada guvohlik bera olmaydi. Masalan, har xil foyda solig’i
stavkalarini qo’llaydigan faoliyat turlari bilan shug’ullanadigan korxonalar ushbu soliqni eng yuqori
stavka bo’yicha hisob-kitob qilgan. Ushbu holat hisob siyosatini shakllantirish masalasiga
korxonada yuzaki yondashilayotganligidan dalolat beradi. Chunki, bunda hisob siyosatining uslubiy
jihatlaridagi imkoniyatlaridan foydalanilmaydi. Har xil stavkalarda soliqqa tortiladigan faoliyatlar
turlari bo’yicha xarajatlarni alohida hisobga olish uslubini ishlab chiqish va tasdiqlash soliq yukini
engillatishga imkon bergan bo’lar edi. Auditor tomonidan korxona ma’muriyatining hisob
siyosatiga munosabatini baholashni korxonada ichki nazoratning ahvolini umumiy baholashda
e’tiborga olish zarur. Chunki hisob siyosati o’z-o’zidan ichki
nazorat tizimining muhim
unsurlaridan biri hisoblanadi.
Hisob siyosatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi - «Hisob siyosati va
moliyaviy hisobot» nomli №1 BHMS talablaridan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriya
hisobotining ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzishdan iborat bo’lib, hisob siyosati №1 BHMSga
muvofiq ularni bajarishni ta’minlashi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobo-tining ishonchliligi
to’g’risida fikr shakllantirishda quyi-dagi holatlar ham inobatga olinishi zarur:
-
korxonalarning mulkiy holisligi;
-
hisob siyosatini qo’llashning izchilligi;
-
xo’jalik faoliyati faktlarining aniqligi.
-
Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda quyidagilarni ham aniqlash zarur:
-
hisob siyosatiga doir farmoyish hujjatlarining mavjudligi va ularning tarkibi;
-
hisob siyosatiga doir hujjatlar shakllari va qabul qilish muddatlarining me’yoriy hujjatlar
talablariga muvofiqligi;
-
me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan hisob usullaridan farq qiladigan, lekin korxonaning
mulkiy holatini va moliyaviy natijalarini ishonarli aks ettirishga imkon beradigan usullar
mavjudligi;
-
hisob
siyosatini shakllantirish chog’ida tanlangan, buxgalteriya hisobotlaridan
foydalanuvchilar tomonidan korxona moliyaviy holatini baholash va qaror qabul qilishga sezilarli
ta’sir ko’rsatadigan buxgalteriya hisobini yuritish usullarining mohiyati to’liq ochib
berilganligi;
-
hisob siyosatiga rioya qilish.
-
Auditor №1 BHMS da belgilangan, hisob siyosatini qabul qilish tartibiga rioya
qilinayotganligini tekshirishi lozim: unda:
-
hisob siyosatini qabul qilish to’g’risida korxona rahbarining buyrug’i (farmoyishi)
chiqarilganligi) (№1 BHMS 55 bandi).
-
ishchi schyotlar rejasi, namunaviy qabul qilinmagan dastlabki hujjatlar shakllari, hujjatlar
aylanishi reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasi, inventarizatsiya o’tkazish
va xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi va boshqalar tasdiqlanganligi.
-
hisob siyosatiga kiritiladigan qo’shimcha va o’zgartishlar to’g’risida buyruq chiqarilganligi
(№1 BHMS 56. 1, 56. 2, 56. 3, 56. 4 bandlari).
Shuningdek, yangidan tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tanlagan hisob yuritish
siyosatini moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon
qilgunga qadar, lekin yuridik shaxs huquqini
olgan (davlat ro’yxatidan o’tgan) kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan rasmiylashtirishi lozim.
Korxona tomonidan tanlangan hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro’yxatidan
o’tgan) kundan boshlab yuritiladi.
№1 BHMS 56-bandiga muvofiq hisob siyosati kalendar yili davomida o’zgartirilmaydi.
Faqat xo’jalik yurituvchi sub’ektni qayta tashkil etilish (birlashish, bo’linish, qo’-shib olish),
mulkdorlar almashishi, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki O’zbekiston Respublikasida
buxgalteriya hisobining o’zgarishi va buxgalteriya hisobining yangi uslublari ishlab chiqilgan
hollarda hisob siyosati o’zgartirilishi mumkin (№1 BHMS 56. 1, 56. 2, 56. 3, 56. 4).
Hisob siyosatiga kiritilgan o’zgartishlar asoslangan bo’lishi va tegishli tartibda
rasmiylashtirilishi lozim (№1 BHMS 55 bandiga muvofiq). O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lmagan hisob siyosatidagi o’zgartishlar
oqibatlari
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan buxgalteriya hisobining o’zgartirilgan uslublari qo’llanilib
boshlanadigan sanaga (oyning birinchi sanasiga) tekshirilgan ma’lumotlar asosida qiymat ifodasida
baholangan bo’lishi lozim.
Hisob siyosati to’g’risidagi buyruqni tahlil qilish chog’ida auditor quyidagilarni aniqlaydi:
haqiqatan ham buyruqning barcha bandlari hisob siyosatiga taalluqli ekanligi;
hisob siyosatining barcha jihatlari (tashkiliy-texnik, uslubiy, soliqchilikka doir)
buyruqda aks ettirilganligi.
Ushbu maqsadda hisob siyosati to’g’risidagi taqdim etilgan buyruq (farmoyish) test
sinovidan o’tkaziladi. Buning uchun auditor tekshiriladigan korxona rahbariga taxminan quyidagi
mazmundagi anketani to’lg’azishni tavsiya qiladi.
Hisob siyosati to’g’risidagi buyruqlarni auditorlar tomonidan test sinovidan o’tkazish
amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bu hujjatga hisob siyosatiga
taalluqli bo’lmagan narsalarni ham kiritadilar. Masalan, xodimlarga ish haqi berish muddatlari,
ta’tillar davomiyligi, me’yoridan oshiq xizmat safari xarajatlari va hokazo. Bunday axborotlar
korxonaning boshqa ichki hujjatlarida aks ettiriladi. Ayrim korxonalar
bux-galteriya hisobining
barcha mumkin bo’lgan unsurlari bo’yicha buxgalteriya hisobi uslublarini, ular oldin qo’llanganligi
va keyinchalik qo’llanishi zarurligiga qaramasdan buyruqqa kiritishlari oqibatida xato-
kamchiliklarga yo’l qo’yadilar.
Dostları ilə paylaş: