M min = (1,1 ÷ 1,2)M n gacha kamayganida
R ishg.t qarshiligining bir
pog‘onasi shuntlanadi. Bunda tok va, demak, aylantiruvchi moment nominalga nisbatan yana ikki marta
ko‘payishi darkor. Shu singari chastota ortib borishi bilan ishga tushiruvchi rezistorning qarshiligi
kamayib boriladi va
R ishg.t ning oxirgi pog‘onasi shuntlanganda (rezistor qarshiligi nolga
tenglashtirilganda) chastotaning qiymati
n c gacha ortib boradi. Momentlar muvozanati tiklanib, ya’ni
M = M c va
n = n c bo‘lishi bilan ishga tushirish jarayoni ham tugaydi.
Ishga tushirish jarayonining davri bir necha sekunda tugashi sababli
I ishg.t , va
M ishg.t qiymatlarining
nominalga nisbatan 2-2,5 marta katta bo‘lishi motor uchun xavfli bo‘lmaydi.
Nazorat savollari 1.
O‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishini aytib bering?
2.
O‘zgarmas tok mashinasining ishlash tamoyilini aytib bering?
3.
O‘zgarmas tok generatorning qanday tavsiflari bor?
4.
O‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli generatorlarni qanday qo‘zg‘atish usullsri mavjud?
5.
O‘zgarmas tok mashinalarida kollektorning vazifasi nima?
6.
Aylantiruvchi moment o‘zgarishi bilan motor chastotasining o‘zgarish darajasiga qarab qanday
mexanik tavsiflar bo‘ladi?
7.
Mutlaqo qattiq tavsifga ta’rif bering?
8.
Qattiq tavsifga ta’rif bering?
9.
Yumshoq tavsifga ta’rif bering?.
10.
Ishga tushirish toki va momentining nominalga nisbatan 2-2,5 marta katta bo‘lishi motorga
qanday ta’sir qiladi?