Elektrotehnika va elektronika



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

2.
 
Magnitli ishga tushirgichning asosiy elementlarini sanab bering?
 
3.
Kontaktorlar qanday maqsadlar uchun uchun xizmat qiladi? 
4.
Vaqt relelarining qanday turlari bo’ladi? 
5.
Holat (chegaralivchi) datchiklariga misollar keltiring? 
6.
Rubilniklarga ta’rif bering?
7.
Qayta ulagichlarga ta’rif bering? 
8.
Avtomatik uzgichlarida yoy so‘ndirishning vazifasi nima? 
9.
Issiqlik relesi qanday ishlaydi? 
10.
Eruvchan qo‘yma
-
saqlagichning asosiy elementi qanday materiallardan tayyorlanadi? 


201 
IV bob. 15-mavzu.
ELEKTR YURITMA ASOSLARI 
 
Reja:
15.1.
“Elektr 
yuritma” 
to‘g‘risida 
tushuncha. 
Elektr 
yuritmaning 
tasniflanishi(klassifikatsiyalanishi). 
15.2.
Elektr yuritma mexanikasi. Elektr yuritmaning asosiy harakat tenglamasi. 
15.3.
Turli texnologik jarayonlarda qo‘llanilasdigan ish mashinalarining mexanik 
tavsiflari. 
15.4.
Elektr yuritmalarning ish rejimlari. 
15.4.1.
Uzoq, qisqa va qaytalanuvchi – qisqa ish rejimlari; 
15.4.2.
O‘tkinchi jarayonlar. 
15.4.3.
Elektr yuritmalarni tormozlash usullari. 
15.1.
 
“Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha. Elektr yuritmaning tasniflanishi(klassifikatsiyalanishi). 
“Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha. 
Suv va bug‘ turbinalari hamda shamol, ichki yonuv va 
elektr motorlari bilan harakatlanuvchi yuritmalar mexanik yuritmalar deb ataladi. Mexanik yuritmalardan 
eng afzali elektr motorli yuritma bo‘lgani uchun statsionar ish mashinasi va mexanizmlarining asosiy 
yuritmasi sifatida elektr motorli yuritmadan foydalaniladi. Elektr motorli yuritma qisqacha elektr 
yuritma deb ataladi. 
Elektr yuritma texnologik mexanizmlarni ishchi organini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. 
Elektr yuritma deb elektr motor, uzatuvchi mexanizm va ishchi organdan iborat umumlashgan
qurilmaga aytiladi. Avtomatlashgan elektr yuritma tarkibiga yana elektr energiya o’zgartkichi, datchiklar 
va elektr yuritmani boshqarish tizimi kiradi. Bundan tashqari elektr yuritma tarkibiga aniqlik va tezlikni 
oshiradigan kushimcha elementlar kiritilishi mumkin. Masalan, EHM, raqamli datchiklar, 
muvofiqlashtiruvchi elementlar qo’llanilishi mumkin.
Elektr yuritma bilan elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib, bu mexanik harakatni 
elektr usulda boshqarish imkoni olinadi. Demak, elektr yuritma asosan elektr motori, uzatma va 
motorni boshqaruvchi elektr jihozlardan iborat bo‘ladi. 
Respublikamiz suv xo‘jaligi tizimida hozirgi kunda ko’plab nasos stansiyalari va vertikal quduqlardagi 
nasos agregatlari ishlab turibdi. Ular yordamida 2100 ming gektardan ziyod maydonlar sug‘oriladi.


202 
Ishlab chiqarishning energetik asosini elektr yuritma tashkil qilib, uning texnikaviy darajasi 
texnologik qurilma samaradorligini belgilaydi. Elektr yuritmaning taraqqiyoti, motorlar, uskuna-jihozlar, 
o‘zgartgichlar, analog va raqamli boshqaruv vositalarini yanada takomillashtirish hisobiga uning tejamliligi 
va ishonchliligini orttirishni taqozo etadi. Hozirda ushbu jarayonda, mikroprotsessorlarning ko‘plab 
qo‘llanilishi, elektr yuritmalarning funktsional imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi va uning texnikaviy 
hamda iqtisodiy tavsiflarini yaxshilaydi. Elektr yuritma bajarayotgan funktsiyalarining kengayishi va 
murakkablashishi, unda boshqarishning yangi vositalarini qo‘llanilishi, uning loyihalashtirish, yig‘ish, 
sozlash va ishlatish bilan mashg‘ul bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini talab qiladi.
Har bir takomillashgan mashina uchta asosiy qismdan, ya’ni motor-mashina, uzatma va ish quroli - 
mashinadan iborat bo‘ladi. Bunday takomillashgan mashina ishlab chiqarish agregati deb, uning 
uchinchi qismi ish quroli - mashina esa ish mashinasi yoki ish mexanizmi deyiladi. 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin