197
richaglar hamda tayanchlardan iborat. Ulash paytida harakat dastadan richaglar orqali kontaktli richagga
uzatiladi, bu richag avval yoy so‘ndiruvchini, so‘ngra esa bosh-kontaktlarni tutashtiradi. Avtomat
ulanganda, richaglar «o‘lik» holatga o‘tadi, tayanch ularning pastga harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar
ulash vaqtida qisqa tutashuv mavjud bo‘lsa, unda ajratkich ta’sirida mexanik bog‘lanish richaglarni
sharnirli birikma bo‘yicha «sindiradi» va uzuvchi prujina ta’sirida kontakt tizim chapga suriladi, dasta
orqali ulanishga kuch berilishiga qaramay, bu tizimda o‘chirilish amalga oshadi.
Issiqlik relesi
-
bu elektromagnit yoki bimetall mexanizmlar bo‘lib, ular zanjirning berilgan
parametrini nazorat qiladi va parametr belgilangan qiymatidan oshib ketganda avtomatni o‘chiradi.
Bimetall (issiqlik) ajratkich tarmoqqa shunt orqali ulangan qizdirgichdan issiqlik oladi. Turli chiziqli
keygayishi koeffitsientlariga ega bo‘lgan ikki metalldan tashkil topgan bimetall plastinka qiziganda egilib,
erkin ajratish mexanizmi richagini sindiruvchi tortqiga kuch beradi. Issiqlik ajratkich yordamida
o‘tayuklanishdan muhofaza qilinadi. Ishlab ketish vaqti o‘tayuklanish tokiga bog‘liq: tok qancha katta bo‘lsa,
bimetall plastinka shuncha tez qiziydi va uzish tezroq amalga oshadi. Issiqlik inertsiyasi katta bo‘lganligi
sababli issiqlik ajratkichlar elektr dvigatellarning ishga tushiruvchi toklari ta’sirini sezmaydi.
14.13-rasm. Issiqlik relesining umumiy ko’rinishi.
Issiqlik relesi – barcha elektr jihozlar(elektr dvigatellar, elektr isitgichlar va h.k.) ni o’ta yuklanish
tokidan himoya qilishga mo’ljallangan. Uning ishlash tamoyili o’tkazgichdan tok o’tganda uning qizishiga
asoslangan. Issiqlik relesini asosiy qismi bu bimetall plastina bo’lib undan o’ziga hisoblangandan yuqori
qiymatda tok oqib o’tganda egilib tegishli kontaktni ajratib qo’yadi.
Dostları ilə paylaş: