213
Elektr yuritma nazariyasida elektr motor bilan texnologik mexanizm qarshilik momenti orqali
bog‘langan.
Texnologik mexanizmning motor valiga ko‘rsatuvchi ta’siri qarshilik momenti deb aytiladi. Texnologik
mexanizm qarshilik momentini ishchi organ tezligiga bog‘liqlik grafigiga texnologik mexanizmning mexanik
xarakteristikasi deyiladi.
Qarshilik momentlari ikki xil bo‘ladi:
•
Reaktiv;
•
Aktiv.
Aylanish tezligi yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lgan qarshilik momentlari reaktiv momentlar deyladi.
Bunday qarshilik momentlariga asosan ishqalanish kuchlaridan hosil bo ‘lgan qarshilik momentlari kiradi.
Harakat yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan qarshilik momentlari aktiv qarshilik momentlari deb ataladi.
Bu guruhga asosan potentsial kuchlar ta’sirida vujudga keladigan qarshilik momentlari kiradi. Ko‘tarish-
tushirish transport mexanizmlari, siqilgan prujina ta’sirida hosil bo‘lgan momentlar ushbu guruhga misol
bo‘la oladi. Bu momentlar motor valini tormozlashi yoki aylantirishi mumkin.
Qarshilik momentlari motor valiga keltirish formulalari orqali keltiriladi. Bunda tezligi o ‘zgaradigan
har bir bo‘g‘inda uzatish koeffitsienti hisobga olingan holda birin-ketin ishchi mexanizmdan motor tomonga
hisoblab kelinadi. Bundan tashqari har bir bo ‘g ‘indagi isroflar ish koeffitsientlari orqali hisobga
olinadi[3].
Dostları ilə paylaş: