Elektrotehnika va elektronika


Elektr yuritmalarning motor turiga qarab turlari



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

Elektr yuritmalarning motor turiga qarab turlari. 
Elektr yuritmalar motor turiga qarab 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 


206 
asinxron elektr yuritma

o‘zgarmas tok elektr yuritmasi; 
sinxron elektr yuritma; 
chiziqli elektr yuritma. 
Ba’zi elektr yuritmalar texnologik mashina turiga qarab tasniflanadi. Masalan: vibroelektryuritma
va shunga o‘xshashlar.
Funktsional va printsipial sxemalar
-Elektr yuritma murrakab elektromexanik tizim bo’lib 
odatda ular elektr yuritma elementlaridan tashkil topadi. Elektr yuritma nazariyasida bu elementlar 
bajariladigan vazifasiga ko’ra tasniflanadi. Elektr yuritmalarni o‘rganishda odatda tarkibiy (strukturaviy) 
sxemalardan foydalaniladi. Bunda har bir element alohida to’rtburchak shaklida va kirish hamda chiqish 
signallari bilan beriladi. Undan tashqari har bir elementning boshqa elementlar bilan boshlanishlari 
ko’rsatiladi. Har bir element odatda tarkibiy sxemalarda uzatish funktsiyalari bilan yoki uzatish 
koeffitsientlari bilan xarakterlanadi.
Elektr yuritmalarni ishlash prinsiplari funktsional va prinsipial elektr sxemalarda ifodalanadi(15.3 va 
15.4-rasmlar.).
15.3-rasm. Funktsional sxemaga misol. 
Funktsional sxemalarda funktsional birlik sifatida alohida qurilma olinadi va ularni ishlash tamoyili 
bilan bog‘lab beriladi.
Printsipial sxemalarda esa elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr bog‘lanishlar bir 
chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar, kommutatsion apparatlar rele va 
h.k.) shartli belgilar orqali ko‘rsatiladi.


207 
15.4-rasm. Printsipial sxemaga misol. 
Elektr yuritma harakatni uzatilishiga qarab turlari. 
Elektr yuritma harakatni uzatilishiga qarab 
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Transmissiyali, bunda harakat bir motordan bir necha ishchi mexanizmga uzatiladi.
2. Individual (yakka), bunda har bir ishchi organ alohida motorga (yuritmaga) ega bo‘ladi.
3. O‘zaro bog‘langan (ko‘p motorli), bunda elektr yuritma tizimi bir texnologik jarayonda yagona 
boshqarish tizimi orqali bir necha (o‘nlab) motorlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin