Elektrotehnika va elektronika


Yakkalangan elektr yuritma



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

Yakkalangan elektr yuritma.
Har bir ish mashinasiyoki mexanizmning o‘ziga tegishli 
alohida elektr motori bo‘lgan yuritma 
yakka motorli elektr yuritma
deb ataladi. 
Elektr motori ish mashinasidan alohida yoki uning tuzilishiga o‘zgartirishlar kiritmasdan 
o‘rnatilgan yuritma oddiy yakka motorli elektr yuritma deb ataladi. 
Bunday elektr yuritmada quvvat isrofi transmissiyaliga nisbatan ancha kam bo‘lsa ham, ammo 
unda uzatish mexanizmining murakkabligi saqlanib qoladi. 
Individual elektr yuritma bunday kamchiliklardan holi qilingan. 


204 
Individual elektr yuritmada elektr motori va ish mexanizmi konstruktiv jihatdan yaxlit va ishlash 
uchun qulay bo‘lgan tashqi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Individual elektr yuritmalar o‘z navbatida oddiy va 
maxsus individual yuritmalarga bo‘linadi. 
Elektr motori bilan ish mexanizmi orasida ba’zi bir uzatma elementlari (tishli g‘ildirak, mufta, 
krivoship, shatun va shu kabilar) saqlanib qolgan yuritma oddiy individual elektr yuritma deb ataladi. 
Elektr motori bilan ish mexanizmi orasida uzatish mexanizmi bo‘lmagan va motorning ba’zi bir 
qismlari ish mexanizmining uzviy organi sifatida qo‘llaniladigan yuritma maxsus individual elektr 
yuritma deb ataladi. 
Shu sababli maxsus individual elektr yuritmali ish mashinalari shovqinsiz, engil, sodda 
konstruktsiyali, ishlashga qulay, yuqori foydali ish koeffitsienti va avtomatlashtirish uchun katta 
imkonlarga ega bo‘ladi. 
Bunday elektr yuritmalarda elektr motorning ahamiyati ish mashinasining nomida ham o‘z 
ifodasini topadi, ya’ni ularga "elektr" so‘zi qo‘shib yoziladi, masalan, elektr pardozlagich, elektr shpindel, 
elektr urchuq va hokazo[1,3]. 
Ko‘p motorli elektr yuritmalar.
Murakkab ish mashinasining ayrim ish organlariga 
mexanik energiyani bir markazdan taqsimlash har tomonlama noqulaylik tug‘dirib, undagi quvvat
isrofining katta bo‘lishiga olib keladi. 
Murakkab stanoklar yoki mashinalarning har bir ish organi alohida elektr motori bilan harakatga 
keltirilsa, ularni avtomatlashtirish va ishga tushirish ancha engillashadi va qulaylashadi, uzatmaning 
konstruktsiyasi esa soddalashadi. Irrigatsiya va melioratsiya ishlarida qo’llaniladigan EKG-5 
ekskovatorining rekuperativ, datchiksiz, tranzistorli chastotali-rostlanuvchi elektr yuritmasi bunga misol 
bo’la oladi(15.2-rasm.). 
15.2-rasm. EKG-5 ekskovatorining rekuperativ, datchiksiz, tranzistorli chastotali-rostlanuvchi elektr 
yuritmasi. 


205 
Ushbu yuritma EKG-5 ekskovatorining ko’tarish(1), bosim(2), platformani aylantirish(3), zanjirli 
gildirak(4) va kovsh(cho’mich)ning tagini ochish(5) yuritmalariga mo’ljallangan 5 ta o’zgarmas tok 
dvigatellarini qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellarga alishtirishni ta’minlaydi. Bu o’z navbatida EKG-
5 ekskovatorining elektr yuritmasi FIK ni 90% gacha, quvvat koeffitsientini esa 95% gacha orttirish 
imkonini yaratadi. 
Elektr motorlari ish organidan alohida o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday mashina yoki mexanizm 
yuritmalari oddiy ko‘p motorli elektr yuritmalar deb ataladi. Elektr motorlari murakkab mashinaning 
ish organlariga bevosita o‘rnatilsa, bunday yuritmani individual ko‘p motorli elektr yuritma deb ataladi. 
Bunday elektr yuritma maxsus stanoklarda, agregat va nusxa olish stanoklarida keng qo‘llaniladi. 
Elektr motorlari sistemasiga ega bo‘lgan bir necha ish mashinalarining kompleks ishlab chiqarishda 
o‘zaro mos ishlashini ta’minlaydigan yuritmani agregatlangan ko‘p motorli elektr yuritma deb ataladi. 
Bunday elektr yuritmalar to‘qimachilik, qog‘oz
ishlab chiqarish, bosmaxona mashinalari va 
stanoklarning avtomat liniyalarida keng qo‘llaniladi. 
Boshqarish apparatlari bilan avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to‘xtatiladigan va berilgan 
chastota, tok yoki momentni o‘zgartirmay saqlab turadigan yuritmani avtomatlashtirilgan elektr yuritma 
deb ataladi. 
Texnologik talablarga binoan chastotasi keng miqyosda o‘zgartiriladigan yuritma rostlanuvchi 
elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanuvchi elektr yuritmada yuqoridagi uch asosiy 
qismlardan tashqari o‘zgartgich deb ataladigan qism ham bo‘lishi mumkin. 
Avtomatlashtirilgan elektr yuritma bilan texnologik jarayonni takomillashtirish, uning talablarini 
to‘la qondirish, ish unumini ko‘tarish, mahsulot sifatini yaxshilash, uning tannarxini pasaytirish 
imkonlari yaratiladi. 
Funktsional sxemalarda funktsional birlik sifatida alohida qurilma olinadi va ularni ishlash tamoyili 
bilan bog‘lab beriladi. Prinsipial sxemalarda esa elektr yuritmaning kuch va boshqaruv zanjiridagi elektr 
bog‘lanishlar bir chiziqli elektr sxemada beriladi. Elektr sxemadagi elementlar (kontaktlar, kommutatsion 
apparatlar rele va h.k.) shartli belgilar orqali ko‘rsatiladi.

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin