Elektrotehnika va elektronika


Avtomatlashgan elektr yuritmalar



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

Avtomatlashgan elektr yuritmalar
- bu elektr yuritmalarda boshqaruv signali inson ishtirokisiz 
hosil qilinadi va boshqariladi. Bunday elektr yuritmalar sanoat robotlari va manipulyatorlarda qo‘llaniladi 
Avtomatlashgan elektr yuritmalar deb ishchi mashinalarning ijrochi organlarini harakatga keltirish 
maqsadida elektr dvigatel, o’zgartgich, uzatuvchi va boshqaruvchi qurilmalardan iborat elektromexanik 
tizimga aytiladi (15.5-rasm.). 


209 
15.5-rasm. Avtomatlashgan elektr yuritmaning funktsional sxemasi.
 
Tok turiga ko’ra elektr yuritmalarni turlari - 
tok turiga qarab elektr yuritmalar quyidagilarga 
bo’linadu:
o‘zgaruvchan;
o‘zgarmas.
Elektr energiya o‘zgartkichi turiga qarab 
- elektr energiya o‘zgartkichi turiga qarab tiristorli va 
elektrmashinali elektr yuritmalarga bo‘linadi.
Tiristorli elektr yuritmalar keng tarqalgan rostlanadigan elektr yuritmalar bo‘lib uning asosan 
quyidagi turlari mavjud: 
1.
Tiristorli o‘zgartgich-o‘zgarmas tok motori (TP-D ). Bunda tiristorli o‘zgartgich o’zgaruvchan 
tokni o’zgarmas tokka o’zgartirib chiqish kuchlanishini noldan nominalgacha o’zgartiradi.
2.
Tiristorli kuchlanish o’zgartgichi – asinxron motor (TPN-AD). Bunda tiristorli kuchlanish 
o’zgartgichi o’zgaruvchan tokni chiqish kuchlanishi o’zgaradigan o’zgaruvchan tokga aylantirib beradi. 
Tezligi rostlanadigan asinxron motorlarni ko’pchiligi ushbu elektr yuritma tizimida ishlaydi. 


210 
3.
Tiristorli chastota o’zgartgichi-asinxron motor (TPCH-AD). Bu o’zgartgich sanoat 
chastotadagi o’zgaruvchan tokni chiqish kuchlanishi va chastotasi o’zgaradigan o’zgaruvchan tokka 
aylantirib beradi. Bu usul eng zamonaviy takomillashgan usul bo’lib oxirgi paytda keng tarqagan elektr 
yuritma turidan biridir. 
4.
O’zgarmas tok generatori-o’zgarmas tok motori (G-D). Bunda o’zgarmas tok generatori 
kuchlanishi uyg‘otish tokini o’zgartirish orqali rostlanadi. Motor tezligi esa asosan yakor kuchlanishini 
o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bu elektr yuritmalar yaqin utmishda rostlanadigan elektr 
yuritmalarni asosini tashkil etar edi. Hozirgi paytda bu elektr yuritmalarni o’rniga chastotali 
boshqariladigan asinxron elektr yuritmalar keng qo‘llanilmoqda[1,3]. 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin