Elektrotehnika va elektronika


Nochiziqli kamayib boruvchi mexanik tavsif



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

Nochiziqli kamayib boruvchi mexanik tavsif. 
Bunday tavsifga ba’zi bir tokarlik, frezerlik 
va metall kesuvchi dastgohlar kiradi. Bunda tezlik kamayishi bilan qarshilik giperbola bo‘yicha ortib 
boradi.
X = -1
bo‘lsa, qarshilik momentining qiymati chastotaga teskari proportsional ravishda 
o‘zgaradi. Bunday mexanik tavsifga ko‘pchilik transport mexanizmlari, metall qirquvchi stanoklar 
ega bo‘ladi (15.6-rasm, 4-chiziq).
15.6-rasm. Elektr yuritmalarning mexanik tavsiflari.
 


215 
15.4
 
Elektr yuritmalarning ish rejimlari. 
15.4.1
 
Uzoq, qisqa va qaytalanuvchi – qisqa ish rejimlari; 
Uzoq muddatli ish rejimida dvigatelning yuklanish bilan ishlash davri uzoq vaqt davom etadi, shuning 
uchun uning barcha qismlari haroratning barqaror qiymatigacha qiziydi. Bunda dvigatelning yuklamasi 
ishlash vaqti davomida o‘zgarmasligi (15.7 – rasm, a) yoki o‘zgarib turishi mumkin (15.7 – rasm, b).
15.7 – rasm. Elektr yuritmaning uzoq muddatli ish rejimi. 
Qisqa muddatli ish rejimida
elektr yuritmaning nominal yuklamada ishlash davrlari dvigatelni 
vaqtincha elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish vaqti bilan almashinib turadi. Ana shu vaqt davomida dvigatel 
atrof-muhit haroratigacha sovushga ulguradi (15.8 rasm).
15.8 – rasm. Elektr yuritmaning qisqa muddatli ish rejimi. 
Bu rejimda juda kam miqdordagi mexanizmlar(to‘g‘on zatvorlari, ajraluvchi ko‘priklar, quvurlar 
zadvijkasi va boshqalar) ishlaydi. Shuning uchun mazkur rejimda ishlayudigan dvigatellar maxsus 
qurilmalar uchungina ishlab chiqariladi [1,3]. 
Takrorlanadigan qisqa muddatli ish rejimida elektr yuritmaning nominal yuklamada qisqa muddatli 
ishlash davrlari (t
i
) dvigatelni tarmoqdan uzib qo‘yishi(pauza) davrlari (t
0
) bilan yoki dvigateldan 
yuklamani olib qo‘yish bilan almashtirib turiladi (15.9 – rasm).


216 
15.9 – rasm. Elektr yuritmaning takrorlanadigan qisqa muddatli ish rejimi. 
Bu rejimda yuklama ulangan davrda dvigatel qismlarining qizish harorati barqaror qiymatgacha 
ko‘tarila olmaydi, pauza vaqtida esa atrof-muhit haroratigacha sovushga ulgurmaydi. Takrorlanadigan 
qisqa muddatli ish rejimi ulashning nisbiy davomiyligi (UD) deyiladigan kattalik bilan tavsiflanadi: 
%
100
%
100
0
s
i
i
i
t
t
t
t
t
UD
(15.6) 
bunda t
s
– butun sikl vaqti. 
Sanoat korxonalarida UD 15, 25, 40 va 60 % bo‘lgan turli quvvatdagi dvigatellar ishlab chiqariladi. 
Bularga siklning davomiyligi 10 daqiqadan oshmaydi. Uzoq davom etadigan rejimlarda UD – 100 % bo‘ladi 
va bunday dvigatellarning ishlashi uzoq muddatli ish rejimiga taalluqli bo‘ladi. 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin